Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ALAMO‘YNAQ DUTORINING KELIB CHIQISHI HAQIDA
Raushan Saparbayeva · Asatillo Sunnatillayev (Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa va san’ati instituti)
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article is about the origin of the Alamo'ynaq dutor, which is the national instrument of the Karakalpak people, how it was originally made by which masters, why it is called Alamo'ynaq, and who are its players. Key words: Alamoynaq dutor, bakhshi, musician, master, performer, people, heritage, instrument, history, sound, string. О ПРОИСХОЖДЕНИИ АЛАМОЙНАКА ДУТОРА Аннотация. В данной статье речь идет о происхождении аламойнакского дутора, который считается национальным инструментом каракалпакского народа, о том, как и какими мастерами он был первоначально изготовлен, почему он называется аламойнак и кто считается его исполнителем. Ключевые слова: Аламойнак дутор, бахши, музыкант, мастер, исполнитель, народ, наследие, инструмент, история, звук, струна. Qoraqalpoq xalqi eski xalqlardan biri bo‘lib, Markaziy Osiyodagi boshqa xalqlar singari o‘zining boy tarixiga, shuningdek o‘z zamoniga loyiqli yuqori madaniyatiga ega bo‘lgan xalqlarning biri hisoblanadi. Tarixiy ma‘lumotlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, qoraqalpoq xalqi o‘z turmush tarzining ko‘rinishi sifatida turli janrlarda boy adabiyot me’rosiga, milliy soz va qoshiqlariga, qahramonlik va oshiqliq dostonlariga, turli mazmundagi og‘zaki asarlar shuning bilan bir qatorda o‘zining milliy soz asboblariga boy xalq ekanligini ko‘ramiz. Bu me’roslarning barchasi xalqning, millatning boyligi, bebaho g‘azinasi bo‘lib hisoblanadi. Qoraqalpoq musiqa madaniyatining yuqori darajada rivojlanishida milliy soz asboblarimiz azaldan salmoqli o‘rin egallab keldi. Ular haqida to‘xtaladigan bo‘lsak tortqich yordami bilan chalinadigan torli asboblardan qo‘biz va g‘ijjak, barmoq bilan chalinadigan asboblardan dutor va changqo‘biz, dam solib chalinadigan- bulomon, sirnay, uchpalak, bundan tashqari doira asboblari bizgacha yetib kelgan. 5 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ota-bobolarimizning qoldirib ketgan ajoyib asarlari, durdona dostonlarini, xalq nomalarini hisob sanog‘i yo‘q. Bu asarlarning dostonlar, nomalarning qaysi vaqtta va kim tomonidan yaratilganligiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, albatta dutor qoraqalpoq xalqining hayoti bilan chambarchas bog‘liq ekanligini sezamiz. Milliy Dutor asbobi qoraqalpoq xalqi orasida juda keng taralib, faxrli milliy me’rosimizga aylanib, asrlar davomida har qanday tarixiy sharoitlarda, baxtli va qayg‘uli kunlarida, to‘y-yig‘inlarida birga yashab kelayotgan milliy boyligimiz bo‘lib hisoblanadi. Bu asbob “Qoraqalpoqlarda XV asr oxiri, XVI asrning boshlarida juda keng tarqalgan soz asbob qatoriga kiradi, degan tahminlar ham bor. XV asrning oxiri, XVI asrning boshlarida qoraqalpoq dutori ikki xil bo‘lib yasalgan. Birinchi turi pardasiz bo‘lsa, ikkinchi turi pardali bo‘lgan”, deb keltirib o‘tadi Q. Ayekeev o‘zining “Dutor tarixi. Dutor chalish va uni yasash usuli” nomli kitobida. Bu asbobning kelib chiqishi haqida boshqa asboblar singari ko‘pgina rivoyatlar uchratamiz. “1906-yili tug‘ilgan urush va mehnat veteran 90 yashar Qurbaniyoz Yusuf o‘g‘li soz asbobining qudrati haqida shunday deydi: “Payg‘ambarimizning uch oti va shu uch otni boqadigan uchta xizmatkori bo‘lgan ekan. Bu uch odamning vazifasi o‘ziga bekitilgan otga o‘t-yem, suv berib, otni semirtirib bog‘ishdan iborat edi. Payg‘ambarimizning o‘zi uzoq yo‘lga chiqqanda minadigan Dul-dul degan to‘ri oti bo‘lganga o‘xshaydi. Payg‘ambarimiz shu otini juda yaxshi ko‘rar ekan. Sababi, ot juda ajoyib ot bo‘lgan, shuning uchun bu otni shu eldagi eng bilgir otboqar G‘ayip qora degan seyis odamga boqtiradi. Bu odamning ustachilik uqubi ham bor sozanda ekan. Qo‘li bo‘sh paytlarida sirnay, uchpalak va dutorga o‘xshagan soz asboblarini yasab, chalib yurgan. Ko‘p hollarda dutorni har xil muqomga solib chaladigan uqubi bor ekan. Har kuni tongda, kechqurun otga o‘t-yem berib, o‘zi ham ovqatlanib bo‘lgandan keyin, yasagan soz asbobini chalib charchog‘ini chiqarar ekan. G‘ayip qoraning mehnatkashligini sezgan payg‘ambarimiz bu odamga boshqacha ko‘zqarashda bo‘libdi. Buni qizg‘ongan yonidagi ikki otboqar har xil mish-mish, g‘iybat gaplar aytib, G‘ayip qorani payg‘ambarimizga yomonlab bora beribdi. Dul-dulni o‘zimiz boqamiz_deb, G‘ayip qorani ot baqish yumushidan bo‘shatibdi. Shundan boshlab bu ot o‘tlamapti ham, suv ham ichmabdi. Buni sezgan payg‘ambar ko‘pni ko‘rgan yoshi katta qishloq oqsoqollarini yig‘ib, Dul- dulning o‘t-yem yemay suv ham ichmay kun o‘tgan sari ozib borayotganini aytibdi. Shunda oqsoqollarning bittasi- G‘ayip qoraning o‘zini chaqirtirib gaplashish kerak debdi. Bu so‘z payg‘ambarimizgaham ma’qul tushib, G‘ayip qorani chaqirtib olibdi. Oqsoqollarning bittasi G‘ayip qoraga qarab: -to‘g‘risini ayt chirog‘im,_deb orqasiga to‘n yopib quyidagi to‘rt qator bayitni aytgan ekan: To‘ri ot uchun ot boqarini, O‘lganicha savadi. Otning ozib ketishi, Nimadan ekan chirog‘im? Shunda G‘ayip qora oqsoqollarga quyidagicha javob beribdi: Yolg‘on gapka oqsoqol Suvham o‘rga oqadi. Yolg‘on aytib otboqar, 6 Intern
Доказательный фрагмент
«This article is about the origin of the Alamo'ynaq dutor, which is the national instrument of the Karakalpak people, how it was originally made by which masters, why it is called Alamo'ynaq, and who are its players.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is about the origin of the Alamo'ynaq dutor, which is the national instrument of the Karakalpak people, how it was originally made by which masters, why it is called Alamo'ynaq, and who are its players. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Alamoynaq dutor, bakhshi, musician, master, performer, people, heritage
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026