К содержанию
РецензированоRU2021

Педагогико-психологические проблемы развития адаптивных процессов детей дошкольного возраста

Nodima ORIPOVA (processes of preschool children) · Mohinur OMONOVA (processes of preschool children)

Общество и инновации · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В статье рассматриваются педагогические основы адаптация, совершенствования адаптационных процессов дошкольников, адаптационный синдром, его основное содержание, проблемы, возникающие у детей в стресс, этом процессе. семья, телесная терапия. Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Ta’lim sohasini isloh qilish bugun hukumatimiz diqqat e’tiborida turgan dolzarb sohalardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. So‘ngi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan qonunlar, qarorlar qabul qilinib amaliyotga joriy etilmoqda, bunga birgina misol: “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017–2021 yillarga mo‘ljallangan Dasturi” hamda Respublikada maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” asosida misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirilishidir. Sohada yig‘ilib qolgan muammolarni hal etish 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning to‘laqonli ta’lim tarbiya olishini ta’minlash masalasi Davlatimiz rahbari tomonidan kechiktirib bo‘lmas vazifa sifatida ilgari surilmoqda. Bu esa o‘z navbatida har bir tarbiyachidan kasbiy mahoratga ega bo‘lishni hamda bolalarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida kechadigan turli xil adaptatsion muammolarni xal etishni taqazo etadi. Xo‘sh adaptatsiya nima? Bolalarda adaptatsion muammolarni mahoratli tarbiyachilar qanday bartaraf etadilar. Pedagogik adabiyotlarda yosh bolalarning maktabgacha tarbiya tashkilotlariga moslashish masalalari asosan A.I. Jukova, N.I. Dobreitser, R.V. Tonkova – Yampolskaya, N.D. Vatutina tomonidan yoritilgan. N.M. Aksarina, A.I. Mushkis kabilar adaptatsiya birinchi navbatda tibbiy-pedagogik muammo sifatida belgilanadi, uning yechimi uchun bolalarning muloqotdagi ehtiyojlarini qondiradigan sharoitlar yaratilishi, oila va maktabgacha ta’lim o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, bolalarga yaxshi tibbiy yordam ko‘rsatish va o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil etish zarur deb aytgan. G‘arbiy va Sharqiy Yevropa olimlari K. Grosh, M. Zeydel, A. Atanasova – Vukova, V. Manova – Tomova, E. Xabinako va o‘zlarining zamonviy tadqiqotlarida bolalarni ijtimoiy tarbiya sharoitlariga moslashtirish muammosiga katta e’tibor qaratishmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish ular shaxsiyatdagi sezilarli, salbiy hissiy va psixologik o‘zgarishlar bilan bog‘liqligi isbotlangan, ularni tuzatish maqsadli ta’lim ta’sirini talab qiladi. Rus olimlari I.V. Ilyenkov, A.V. Petrovskiy, L.S. Vegotskiy, D.I. Felashteyn kabilar shaxsiyatni rivojlantirish psixologiyasi va pedagogikasi bilan bog‘liq nazariy muammolarni ko‘rib chiqishda moslashishga nisbatan barqaror ijtimoiy jamiyatga kiradigan shaxsning shaxsiy shakllanishi bosqichi sifatida ekanligini ta’kidladilar. Adaptatsiya bu ijobiy moslashuvchanlik ya’ni tanadagi va psixikadagi barcha foydali o‘zgarishlarning umumiyligi natijalariga yoki salbiy stressga olib keladigan faol jarayon. Olimlarning ta’kidlashicha muvaffaqiyatli moslashish ikkita mezonga ajratiladi. 1. Ichki qulaylik (hissiy qondirish). 198 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415 2. Xulq atvorning tashqi yetarliligi (yangi talablarni osonlikcha va aniq bajarish qobiliyati). Yosh bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish, uning yangi shart- sharoitlarga moslashishi muammosi bilan birga keladi, chunki moslashish imkoniyatlari cheklangan. Bolada “Adaptatsiya sindromi” deb ataladigan kasallikning paydo bo‘lishiuning oilani tark etishni psixologik istamasligini bevosita natijasidir. Bu o‘zgarishlarning barchasi bolani bir vaqtning o‘zida turib, unga stressli vaziyatni keltirib chiqaradi, bu esa maxsus tashkilotsiz kayfiyat, qo‘rquv, ovqatdan bosh tortish kabi nevrotik reaktsiyalarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga moslashtirish bo‘yicha ishlarning tamoyillari quyidagilardan iborat: 1. Rivojlanayotgan guruhlardagi tarbiyachilarni sinchkovlik bilan tanlash. 2. Ota-onalarni maktabgacha ta’lim tashkilotining mehnat sharoitlari bilan oldindan tanishtirish. 3. Guruhlarni bosqichma-bosqich to‘ldirish. 4. Bolalarning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda moslashishning dastlabki davrida bolalarning moslashuvchan rejimi. 5. Dastlabki 2-3 hafta ichida bolalarda mavjud bo‘lgan odatlarni saqlab qolish. 6. Adaptatsiya xaritalari asosida ota-onalarga har bir bolaning moslashuvining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumot berish. Bolani maktabgacha ta’lim tashkilotiga moslashish jarayonida ular bolalarni quyidagi shakl va usullaridan foydalanadilar: tana terapiyasining elementlari (quchoqlash, qontomir). Bolalik davrida muvofiqlashtirish, moslashuvchanlik va chidamlilikni rivojlantirish kerak. Maxsus mashqlar to‘plami bolada iroda kuchini rivojlantirishga, sezgirlikni oshirishga va uning tanasi haqida ko‘p narsalarni o‘rgan

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье рассматриваются педагогические основы адаптация, совершенствования адаптационных процессов дошкольников, адаптационный синдром, его основное содержание, проблемы, возникающие у детей в стресс,…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье рассматриваются педагогические основы адаптация, совершенствования адаптационных процессов дошкольников, адаптационный синдром, его основное содержание, проблемы, возникающие у детей в стресс,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
adaptation, adaptation syndrome, adaptatsiya, телесная терапия, стресс, адаптационный синдром, oila, family, stress, tana terapiyasi, adaptatsiya sindromi, семья, Адаптация, body therapy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники