Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Деловые и коммерческие термины и их особенности
Dilnoza NASRIYEVA · Malohat JURAYEVA
Общество и инновации · 2021
Аннотация
Ключевые слова: После появления человечества экономика стала терминология, неотъемлемой частью общества. В древнейшие времена с лексикология, постепенным ростом личности, затем родства, государства картель, и общества важную роль начинали играть и экономические клиринг, торговля, процессы. Поэтому без экономики невозможно представить мелкая собственность, развитие. Изучение экономики находится в центре выделение средств, внимания не только экономических организаций, экономика. институтов и движений, но также лингвистов и переводчиков. В статье рассматриваются экономические термины и их особенности. Tabiat va jamiyatdagi har bir hodisa o‘zining kelib chiqishi va rivojlanish tarixiga egadir. Shu boisdan muayyan tadqiqotda ma’lum bir voqea-hodisa o‘rganilar ekan, u o‘sha voqea-hodisaning tarixini, uning kelib chiqishini o‘rganishdan boshlanadi. Binobarin, mazkur maqolada ham uning asosini tashkil etuvchi iqtisodiyotga oid terminologiyasini tahlil qilishga kirishilar ekan, avvalo uning shakllanish tarixiga nazar tashlab o‘tish zarurati tug‘iladi. Xalqning turmushiga, ishlab chiqarish faoliyati, usuli atrof-muhit bilan munosabatiga qarab qadimdanoq xilma-xil lug‘aviy qatlamlar tarkib topa boshlagan. Terminologlar, umuman, leksikologiya bilan shug‘ullanuvchi olimlarning tadqiqotlaridan ma’lum bo‘ladiki, insonturmush, kundalik faoliyati, bilan bevosita bog‘liq bunday til birliklari va qadimiyligidan tashqari o‘zining barqarorligi, turli lisoniy o‘zgarishlarga moyil emasligi bilan ajralib turadi. Ishlab chiqarish qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qarindosh- urug‘chilik nomlari, tabiat hodisalarini ifodalovchi leksemalar shular jumlasidandir. Ta’kidlash joizki, terminlar masalasi bilan shug‘ullangan deyarli barcha olimlar mazkur tushunchaning ta’rifini berishga urinib ko‘rishgan. Ularning barchasigina emas, ayrimlarini, ham namuna tariqasida keltirib o‘tish ko‘plab sahifani egallagan bo‘lardi. Shuning uchun ularni jamuljam etgan holda “termin” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: termin kasbiy ma’no bildiruvchi, kasbiy tushunchani ifodalovchi va shakllantiruvchi ayrim obyektlar va ular o‘rtasidagi aloqalarni muayyan kasblar nuqtai nazaridan bilish hamda o‘zlashtirish jarayonida ishlatiladigan so‘z yoxud birikmadir. Haqiqatdan ham shunday. Chunki har bir sohaning, tarmoqning termini borki, u o‘sha soha, tarmoq doirasida qo‘llanadi, aniqroq qilib aytganda, kasb-hunar egasining nutqini shakllantiradi, o‘zaro nutqiy muomala uchun shart-sharoit yaratadi. Bu o‘rinda shuni qayd etish lozimki, muayyan kasb-hunar yoxud mutaxassislikka ega bo‘lgan kishilar ko‘pincha u yoki bu sohaning o‘ziga xos maxsus terminlari bilan ish ko‘radi. Masalan, biznesmen va tijoratchilarning yozma yoki og‘zaki nutqida kartel, kliring, tovaroboroti, maydamulkchilik, mablag‘ ajratish, renta kabi tor doiradagina qo‘llaniladigan terminlar ishlatilishi tabiiy bir holdir. O‘z-o‘zidan ayonki, bu xildagi terminlar biznes va iqtisodiyotdan uzoqroq biror kasb egasining nutqida ishlatilmaydi. Shu bilan birga, iqtisodiyot sohasining qator terminlari ham borki, ular muayyan til egalarining deyarli barchasi nutqida bab-baravar ishlatilaveradi: bozor, mol, savdo, savdo-sotiq, pul, xaridor, bozorchi, olib-sotar, chayqovchi kabilar shular jumlasidandir. 298 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415 Biznes va tijoratga oid terminlarni yuqoridagi qatlamlar qatoriga kiritmaslikning iloji yo‘q, chunki inson insonligini tanib, birinchi navbatda “iqtisod” tushunchasiga duch kelgan. Aniqroq qilib aytganda, turmushning ertasini o‘ylagan har bir kishi birinchi galda nimanidir topishni va uni g‘amlashni, undan qay yo‘sin bilan foydalanishni, uni tejab- tergashni o‘ylagan va shu asosda ish yuritgan. Quyida biznes va tijoratga oid keng ishlatiladigan bir nechta terminlarni keltiramiz. Ularning ba’zilari o‘zbekcha so‘zlar bo‘lsa, ba’zilari esa boshqa tillardan bevosita kirib kelib tilimizda qo‘llanilmoqda. ARALASH MULK – buturli shakldagi mulklarning o‘zaro qo‘shilib, ishlashda o‘zlashtirilishi asosida tashkil topadi. Uning yaqqol ko‘rinishi aksionerlik jamiyatlardir. AUDIT – 1) yillik moliya hisobotini tekshiruvchi va tasdiqlovchi ixtisoslashgan tashkilot (tashkil etish A.). 2) aksionerlik jamiyatining tafti hay’ati (ichki A.) AUDITOR – revizor-taftish o‘tkazuvchi, idoraning, tashkilotning, aksionerlik jamiyatining muomala-xo‘jalik tekshiruvi, taftish o‘tkazuvchi shaxs. AUKSION – (lat.auction) – “kimoshdi” savdosi, ochiq savdo qilish. Bu savdo xizmati mahsulotni eng yuqori narxga ko‘targan xaridor sotib oladi. AHOLI DAROMADLARI – aholining ma’lumot vaqtini kamaytirish pul va natura sharoitida olingan daromadlari miqdoridan iborat. AD ga ish xaqi, tadbirkor daromadi, pensiya, nafaqa, stipendiya, kapitaldan olinadigan foyda, puldan olingan foiz, devidend, renta, ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jalik mahsulotini, hunarmandchilik buyumlarini sotish va har xil xizmatlar ko‘rsatmasidan olingan daromadlard
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: После появления человечества экономика стала терминология, неотъемлемой частью общества.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: После появления человечества экономика стала терминология, неотъемлемой частью общества. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- terminology, малый бизнес, tovar oboroti, allocation, kliring, leksikologiya, картель, лексикология, mablag‘ ajratish, economics, iqtisod., mayda mulkchilik, kartel, trade, terminolgiya, cartel, clearing, small business, терминология, торговля, экономика, клиринг, размещение, lexicology
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026