К содержанию
РецензированоRU2021

Aнализ динамики объема и качества технико-тактических действий юных футболистов

Dilshod CHORIYEV

Общество и инновации · 2021

Аннотация

Ключевые слова: Данная статья будет посвящена анализу динамики юный футболист, технико-тактических движений и качественных быстрая мощь, показателей юных футболистов, а также дальнейшему качество, повышению их физических качеств, таких как сила, техника, развитие, быстрота, выносливость, ловкость и всестороннее развитие тренировка, их физических способностей, освещению результатов время выдержки, тестов по техническим движениям на основе графиков и способность ускоряться, диаграмм количества и эффективности технико- нагрузка, тактических движений, выполняемых игроками. тренировка. O‘zbekistonda futbolning ommaviyligi va unga katta qiziqish borligini, uning aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashdagi va jismoniy tarbiyani yaxshilashdagi muhim ahamiyatini, xalqaro maydondagi sport aloqalarini kengaytirishdagi keng imkoniyatlarini e'tiborga olish, futbolni rivojlantirish uchun yordam ko‘rsatish va zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan futbol klublarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, stadionlarni FIFA talablariga muvofiqlashtirish, O‘zbekiston Futbol federatsiyasini va futbol klublarini o‘zini o‘zi mablag’ bilan ta'minlashga va o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashga o‘tkazish, jaxon va Osiyo qit'asi chempionatlarida, xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishga qodir bo‘lgan yuqori malakali futbolchilar tayyorlashni ta’minlash, shuningdek, mamlakatimiz futbolining ommaviylik darajasini oshirish maqsadida qarorlar qabul qilindi. Xalqimiz e'zozlab kelayotgan futbol Davlatimiz siyosatining ustivor yo‘nalishi doirasidan joy olgan. 2018-yil 17-martdagi “Futbolni rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori va hozirgi kungacha chiqarilgan qarorlar, O‘zbekistonda futbol stort turini rivojlanishiga katta ahamiyat berilayotganiga sabab bo‘la oladi [1]. Hozirgi futbolda himoyachilarining vazifalari kengayib ketdi. Ularning vazifasi endilikda raqib hujumini “buzish” dangina iborat bo‘lmay, balki himoyada ishonchli va mohirona o‘ynash bilan o‘z jamoasining hujum harakatlariga faol qo‘shilishni uyg‘unlashtirib olib borishdan iborat bo‘lib qoldi. Ish hajmining juda ortib, harakat turlarining ko‘payib ketishi himoyachilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi ortishini – kuchi, tezkorligi, chidamliligi, epchilligi, sakrovchanligi, start tezligining yuksakligi rivoj topishini talab qiladi. Bu o‘yinchilarning harakat muvofiqligi yaxshi bo‘lishi, yerda va havoda mohirona yakkama-yakka tortisha olishlari kerak. Ular jamiki texnik usullarni yaxshi bilishlari, raqiblarga mohirona bas kelib, himoya va hujumni uyushtirishda kerak vaqtida, bilib birgalashib harakat qilishlari kerak [2]. Himoyada o‘ynashning umumjamoa uslubi shaxsiy, zona va aralash bo‘lishi mumkin. Biroq qisman bo‘lsa ham boshqa uslub elementlaridan foydalanmasdan birgina uslubda o‘ynayverish xato. Chunki bu hol himoya taktikasini oddiylashtirib qo‘yadi. Himoyada o‘ynash uslublarini himoyachilarning individual xislatlari va imkoniyatlarini hisobga olib tanlash kerak. 217 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415 Himoyada o‘ynashning taktik san’ati raqibni qachon o‘z holiga qo‘ymasdan ta’qib etishni, qachon sheriklardan biriga berib yuborish va qachon zonada o‘ynashni bilishdan iborat. Mudofaa qilayotgan jamoa harakatlarining hammasi hujum qilayotganlar harakatiga javob tariqasida bo‘lib, raqiblar taktikasining xususiyatlariga qarab uyushtiriladi. Mudofaaning yaxshi uyushtirilganligi jamoaga hujum harakatlarini ham muvaffaqiyatli bajarish imkonini beradi [3]. Himoyada o‘ynash xilma-xil va ko‘p planli bo‘lib, darvozani mudofaa qilishga, to‘pni qo‘lga kiritish uchun faol kurashish va hujum uyushtirishga qaratilgan bo‘ladi. Himoyadagi o‘yin ham hujumdagi singari individual, guruh va jamoa harakatlaridan iborat. Jahon va yevropa chempionatlarda himoyachilarning terma jamoa o‘yindagi harakatlari raqibga qarshilik ko‘rsatishlarida yuqori texnik-taktik harakatlarni, raqibdan to‘pni olib qo‘yishdagi harakatlari, ikkinchi qavatdagi amalga oshirilgan harakatlari yuqoriligini kuzatamiz. O‘zbekiston chempionatida ishtirok etayotgan yosh futbolchilarning o‘yin davomida himoya chizig‘ida bajariladigan harakatlari samarasiz harakatlarini ko‘rishimiz mumkin. Bundan keyinchalik terma jamoalarimizning o‘yinlarida ham raqibga qarshilik ko‘rsatishlarida himoya chizig‘ida o‘yin olib boruvchi futbolchilarni kamayib ketishiga olib kelishi asosiy sabablar bo‘lib kelmoqda. Bu himoyachilarimizdan to‘pni olib qo‘yishda pozitsiyani to‘g‘ri tanlay bilmaslik, jamoaviy o‘yinda himoyachilarning bir-birini tushunmasligi, havoda to‘p uchun kurashda ko‘pincha raqibga boy berish, bosh bilan o‘yindagi xatolar yaqqol ko‘rinib turganligini bildirish mumkindir. Bundan biz o‘sib kelayotgan yoshlarimizning himoya chizig‘ida o‘yin olib borish harakatlarini kuchaytirishimiz ularni malakali himoyachilar bo‘lib yetishishida xizmat kilishimiz kerak deb o‘ylaymiz. O‘quv-tay

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Данная статья будет посвящена анализу динамики юный футболист, технико-тактических движений и качественных быстрая мощь, показателей юных футболистов, а также дальнейшему качество, повышению их физичес…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Данная статья будет посвящена анализу динамики юный футболист, технико-тактических движений и качественных быстрая мощь, показателей юных футболистов, а также дальнейшему качество, повышению их физичес… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
young footballer, время выдержки, yuklama, тренировка, mashg‘ulot, sifat, load, юный футболист, training, качество, способность ускоряться, technique, техника, rivojlantirish, развитие, ability to accelerate, быстрая мощь, tezkor-kuch, нагрузка, trenirovka, fast power, usuliyat, development, tezkorlik qobiliyati, ta’sir vaqti, quality, yosh futbolchi, endurance time
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники