К содержанию
РецензированоRU2024

DIALEKTLARDA ERKAK VA AYOL NOMLARINING BERILISHI

Yulduz Nazarova

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

This article pays special attention to issues of gender analysis of lexemes of male and female names. The purpose of the study is to study the giving of male and female names in dialects. Key words: gender, man, husband, woman, mother, aya, grandmother, aba. ПРИДАЧА МУЖСКИХ И ЖЕНСКИХ ИМЕН В ДИАЛЕКТАХ Аннотация. В данной статье особое внимание уделяется вопросам гендерного анализа лексем мужских и женских имен. Цель исследования - изучить наделение мужских и женских имен в диалектах. Ключевые слова: пол, мужчина, муж, женщина, мать, ая, бабушка, аба. Oʻgʻil va qiz farzandlar oʻzlarini tugʻib oʻstirgan ayol shaxsga nisbatan ona leksemasidan tashqari dialektlarda – oyi, aya, acha, buvi, aba atamalarni ham ishlatadilar. Bu atamalarning maʼno doiralari ona atamasining maʼno doirasiga nisbatan ancha chegaralangandir. Ularning genezisi toʻgʻrisida quyidagi fikrni aytish mumkin: Apa, aba variantlarining genezisi esa bir-biri bilan bogʻliqdir. Chunki turkiy tillarning koʻpchiligida, shu jumladan, oʻzbek tilida p tovushining b ga va p ning b tovushiga almashinish hodisasi mavjuddir. Shuning uchun ham, shevalarda aba (ona) so‘zi bilan birga uning fonetik variantlari u yoki bu shevada tor maʼnoda mustahkamlanib qolgan. Shunday qilib, bu yuqoridagi fonetik variantlar, ayniqsa, oʻzbek tilida ona leksemasini aya, oyi atamalari bilan baravar teng maʼnoda ishlatila beradi. Masalan, oʻzbek tilida: Uyga kelsam ayam kutib oʻltirgan ekanlar. 93 30-AVGUST, 2024-YIL Ona qon-qarindoshlik termini sifatida turkiy tillarda umum maʼnoga ega boʻlib, oʻzbek tilida umum dialektal termin hamdir. Uning maʼnosi, fonetik variantlaridan qatʼiy nazar, adabiy tildagi ona maʼnosini ifodalaydi. Ona termini biror begona oʻrta yoshlardagi ayol kishiga (shaxsga) nisbatan murojaat qilish uchun qoʻllaniladi. Masalan, – Qayerdan keldingiz, ona? – dedi Yoʻlchi. Elmurod kampirning samimiy muomalasini koʻrib: – Salomat boʻling, onajon! – dedi. Bizning onamiz boʻladilar, – dedi Abdurasul (P.Tursun, Oʻqituvchi). Oʻzbek tilidagi bu aya termini ona maʼnosidan tashqari (aya terminini ishlatuvchi shevalarda) tarbiya muassasalarida – maktablarda, bogʻcha va yaslilarda, bolalarning oʻz tarbiyachisiga, oʻqituvchisiga nisbatan murojaat qilishi uchun ham qoʻllaniladi. Bulardan tashqari, oʻz qarindoshlariga nisbatan oʻzidan kichik shaxslarning murojaatida ishlatiladi. Ona, aya terminlari ayol shaxs otlaridan keyin kelib, murojaat va u shaxsni hurmatlash ottenkasini kuchaytirib keladi. Jamila Hoji onaga: Onajon! Boy ota bir oydan beri, seni olaman, deb hol-jonimga qoʻymaydi. Hozirgi zamon oʻzbek adabiy tilida ham yuqorida aytganimizdek, ona terminining sinonimi sifatida ishlatilib, onani ulugʻlash, uni yuqori darajaga koʻtarish, ulugʻ inson, siymo sifatida tasvirlash jarayonida volida atamasi ona atamasi termini bilan barobar ishlatiladi: Mehrigiyo volidam meni ardoqlab oʻstirdi. Shunday qilib, ona termini umum turkiy va umum dialektal soʻz boʻlib, uning maʼno doirasi sinonimlariga, dialektlardagi yoki adabiy tilidagi “ona” maʼnosini ifodalovchi variantlariga nisbatan juda ham kengdir. Bu ona termini yordamida turkiy tillarda toʻgʻridan-toʻgʻri qoni qoʻshilmagan baʼzi qarindoshlik va yaqinlik nomlarini, yangi maʼnodagi boshqa soʻz turkumlarini yasash mumkin: qayin ona, oʻgay ona, ona-bola kabi. Yoki: ona tili, Ona-Vatan, ona qalbi boshqalar. Bu kabi xususiyatlar oyi, apa, acha, buvi, aya atamalarida koʻrinmaydi. Turkiy tillarda katta, kichik sifatlari bilan kelgan oyi, aya, buvi terminlari turkiy tillarning baʼzilarida ona maʼnosida boʻlsa, baʼzilarida oʻzbek adabiy tilidagi buvi yangi qarindoshlik terminini ifodalaydi. Oʻzbek tilida katta oyi, kichik oyi yoki shevalardagi katta ena, katta buvi, kichik buvi anaformalari asosan ona maʼnosida ishlatilish xususiyatiga ham egadir. Boshqa turkiy tillarda esa oʻzbek tilidan butunlay farq qilgan holda. oʻzbek tilidagi buvi (otasining, onasining onasi) maʼnosida ishlatiladi. 94 30-AVGUST, 2024-YIL Oʻzbek tilidagi ota soʻzi va shu maʼnodagi terminni ifodalovchi soʻzlar boshqa turkiy tillarda ham mavjud boʻlib, ular deyarli bir-birlaridan unchalik katta farq qilmaydilar. Oʻzbek tilidagi ota formasi uygʻur, turkman, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq adabiy tillarida ata formasida shakllangan. Oʻzbek klassik adabiyotida hamda “Boburnomada”da ata “Shayboniynoma”da ato formalari mavjud. Ota, ata, dada, ake, kaka soʻzlari qon-qarindoshlik termini sifatida turkiy tillarda asosan bolasi bor yoki biror shaxsning bolasini asrab olgan shaxs (erkak)ga nisbatan aytiladigan termindir. Jins maʼnosini ifodalovchi soʻzlarda quyidagi maʼno taraqqiyoti kuzatiladi: Maʼno kengayishi. Qalliq soʻzi maʼno kengayishi hodisasiga uchragan. “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da qayd etilishicha, mazkur soʻz hozirda “biror yigitga unashtirilgan qiz (shu yigitga nisbatan)” va “kuyov boʻlmish yigit (unashtirilgan qiz yoki xotiniga nisbatan)” [7, 228] maʼnolarini bildiradi. Ammo qadimda u faqat “unashtirilgan qiz” maʼnosini bildirgan. Buni soʻzning etimologik maʼnosi

Доказательный фрагмент

«This article pays special attention to issues of gender analysis of lexemes of male and female names.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article pays special attention to issues of gender analysis of lexemes of male and female names. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
gender, man, husband, woman, mother, aya, grandmother, aba
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники