Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
CHAQALOQLIK DAVRI FIZIOLOGIYASI VA PATOLOGIYASI
Mamurjanova Maftuna Sirojiddin qizi
Современная наука и исследования · 2024
Аннотация
In this thesis, the scientific information about the physiology of infancy, caring for babies, the importance and composition of breast milk is widely covered. Key words: Babies, breastfeeding and care, infection, skin care, breastfeeding, nurses, respiratory disorders. ФИЗИОЛОГИЯ И ПАТОЛОГИЯ РАННЕГО ВОЗРАСТА Аннотация. В данной дипломной работе широко освещены научные сведения о физиологии грудного возраста, уходе за младенцами, значении и составе материнского молока. Ключевые слова: дети, грудное вскармливание и уход, инфекция, уход за кожей, грудное вскармливание, медсестры, респираторные заболевания. Chaqaloqlar gavda tuzilishi va funksional xususiyatlari bilan kattaroq bolalardan va katta yoshli kishilardan anchagina farq qiladi. Chaqaloqlarda ko‘p a’zo va tizimlar, jumladan markaziy asab tizimining taraqqiyoti tugamagan bo‘ladi. Chaqaloqlar organizmining to‘qimalari sersuv, funksional jihatdan to‘la yetilmagan, oson jarohatlanadigan, noqulay ta’sirlarga chidamsiz bo‘ladi. Ayniqsa chala tug‘ilgan chaqaloqlarda termoregulatsiya takomillashgan emas. Chaqaloqlar shuning uchun salga sovqotadi va qizib ketadi. Chaqaloqlar infeksiyaning ko‘p turlariga chidash bermaydi; ular, ayniqsa, septik infeksiyaga moyil, bu infeksiya kindik qoldig‘i, teri, burun-halqum, me’da-ichak yo‘llari orqali organizmga kiradi. Chaqaloqlar organizmi infeksiyaga qarshilik ko‘rsatish imkoniyati kam, shunga ko‘ra mikroblar qon va limfa tizimiga osongina kirib oladi va butun organizmga tarqaladi. Chaqaloqlik davri ona qornidan tashqaridagi yangi muhit sharoitiga moslanish 89 30-AVGUST, 2024-YIL davridir. Tashqi muhit sharoiti qulay, yaxshi bo‘lsa, chaqaloq organizmi bu sharoitga oson moslashadi. Noqulay sharoitda moslanish jarayoni buziladi va chaqaloq turli kasalliklarga osongina chalinadi. Chaqaloqlarni emizish va parvarish qilishda ularning infeksiyaga, sovish va qizib ketishga, ovqatlanish sharoitining buzilishiga sezuvchan ekanligini esda tutmoq kerak. Hamma yirik tug‘ruq komplekslarida chaqaloqlar uchun maxsus bo‘limlar bor, ularda yetilib tug‘ilgan sog‘lom bolalar palatasi, chala tug‘ilgan, tug‘ruq vaqtida jarohatlangan chaqaloqlar palatasiga ajratiladi. Infeksiya yuqqan deb gumon qilingan chaqaloqlar boksli palataga, kasallanganlari esa izolatorga yotqiziladi. Ikkinchi (shubhali) akusherlik bo‘limida chaqaloqlarning maxsus palatasi bo‘ladi. Tug‘ruqda yordam beruvchi kichik muassasalarda chaqaloqlar uchun bo‘limlar emas, balki palatalar tashkil etiladi. Chaqaloqlarni parvarish qilish uchun tibbiyot hamshiralarining maxsus shtati ajratiladi. Chaqaloqlar parvarishida ularning rivojlanishi uchun qulay sharoit tug‘dirishga yordam berish kerak. Chaqaloqlarni tashqi muhitning noqulay ta’siridan, ayniqsa infeksiyadan saqlash parvarishning asosiy qoidalaridan hisoblanadi. Tug‘ruq bo‘limidan chaqaloqlar palatasiga keltirilgan chaqaloqqa isitilgan ko‘ylak kiygiziladi, krovatchaga yotqiziladi va ahvoli diqqat bilan kuzatiladi. Chaqaloq qusishi, nafas olishi buzilishi (sianoz), kindigi qonashi mumkinligini esda tutmoq kerak. Teri parvarishi juda katta ahamiyatga ega. Bolaning nozik terisi noto‘g‘ri parvarish qilinsa, osongina bichiladi, chaqalanadi va boshqa shikastlarga uchraydi, bulardan esa infeksiya kiradi. Shu sababli terida yiringli jarayonlar paydo bo‘lib, septik kasallik ro‘y berishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mezonlariga mos ravishda chaqaloqni tug‘ilgan zahotiyoq tanadan issiqlikni yo‘qotmaslik uchun issiqlik zanjiri tamoyiliga amal qilgan holda tezda artib quritiladi va ona qorniga yotqiziladi. Onasi bilan birga issiq ko‘rpa (adyol) yopiladi, boshiga qalpoqcha kiydiriladi. Chaqaloqni sovqotishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Chaqaloqda emishga tayyorlashning birinchi belgilari (birdaniga tez nafas olishi, so‘rish harakatlari, ko‘krakni qidirish) paydo bo‘lgach, 30–60 daqiqa davomida ko‘krakdan emizish mumkin. Chaqaloqlar uchun normal ovqat – ona sutidir. Bola emizib boqilgandagina tamomila to‘g‘ri o‘sadi va yetiladi. Emizib boqilayotgan bolalar o‘rtasida kasallanish va 90 30-AVGUST, 2024-YIL o‘lim sun’iy boqilayotgan bolalarga nisbatan bir necha marta kam uchraydi. Ona suti bilan boqish bolani oziqa bilan ta’minlashdan tashqari boshqa ko‘pgina afzalliklarga ega: infeksiya xavfini kamaytiradi, allergiya rivojlanishining oldini oladi, bola bilan ruhiy aloqani taraqqiy ettiradi, laktatsion amenoreya usuli sifatida istalmagan homiladorlikning oldini oladi. Shuning uchun tibbiyot xodimlari emizishning ahamiyatini ayollarga tushuntiradilar va har bir ona o‘z bolasini emizishi uchun barcha chorani ko‘radilar. Tug‘ruqdan keyingi dastlabki kunlarda sut hali kam bo‘ladi, shuningdek sut sekretsiyasi susayganligi (gipogalaktiya) qayd qilinadi, faqat o‘sha kunlari ikkinchi emchakni ham solish mumkin. Har bir emizish 15–20 daqiqa davom etadi, yaxshi emadigan bola zarur miqdordagi sutning qariyb yarmini dastlabki 5 daqiqada so‘rib oladi. Har bir emizishda ko‘krak bezi sutdan batamom bo‘shashi kerak. Sut bezlari chala bo‘shaganda sut k
Доказательный фрагмент
«In this thesis, the scientific information about the physiology of infancy, caring for babies, the importance and composition of breast milk is widely covered.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this thesis, the scientific information about the physiology of infancy, caring for babies, the importance and composition of breast milk is widely covered. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Babies, breastfeeding and care, infection, skin care, breastfeeding, nurses
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026