К содержанию
РецензированоRU2026

Развитие научно-исследовательских компетенций ветеринарных специалистов

VETERINARIYA TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALARNING · INTEGRATIV YONDASHUVI HAMDA TADQIQOTCHILIK · KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH · Narziyeva Nargiza Norkuziyevna · Suvanova Dilnura Kurbanovna · Sultonova Ozoda Rajabovna

in Library · 480 · 151-154 · 2026

Аннотация

Hozirgi kunda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan oliy ta’limning davlat ta’lim standartini qabul qilinishi oliy ta’lim, talaba, fan va ishlab chiqarishdan iborat bo‘lgan integratsiyalashuv natijasida kompetentli fikrlovchi yoshlar vujudga kelganliklari bilan izohlanadi. Kalit so‘zlar: veterinariya, integratsiya, integrativ funksiya, integratsiyalash, integrativ yondashuv, talabaning ijodiy faolligi, tadqiqotchilik kompetensiyalari. INTRODUCTION. Ta’lim sifatiga zamonaviy yondashuvning tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, talabalarni hayoti davomida o‘qib-o‘rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish, ma’lumotlar bazasini yarata olish, asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila bilish samarali omillardan hisoblanadi. Ushbu holat talabalarning ijodiy faolligini oshiradi, tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirishga asos yaratadi, bu esa talabalarning o‘z kasb yo‘nalishini tanlashlarida o‘ta muhimdir. Undan tashqari, butun dunyoda bo‘layotgan ta’lim sohasidagi islohotlar ham, xususan Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari, Yevropa va Amerika qit’alaridagi 10-15 yildan buyon amalga oshirilayotgan ta’limga oid islohotlar ta’sirida O‘zbekistonning kompetensiyali ta’lim strategiyasi yaratildi. O‘quv jarayoniga ta’limning interfaol shakllari, texnologiyalari – integrativ dars, integrativ kun, o‘quvchini tanqidiy fikrlashga undovchi metodlar jadal joriy qilinmoqda. Ta’limning globallashuvi hamda sog‘lom va muammoli ta’lim muhitini www.pedagogs.uz Volume-53, Issue-2, March -2024 78 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 tashkil etish orqali bolalarni birgalikda o‘qitish maqsadiga xizmat qiladigan integrallashgan ta’limni tashkil qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Integrallashgan kasblar paydo bo‘lmoqda. Talabalarni tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirishda esa integrasiyalashgan ta’limning o‘rni ayniqsa, muhimdir. Research Methodology. Talabalarda tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoniga integrativ yondashuvni qo‘llash va unda axborotlarni qayta ishlash texnologiyasidan foydalanish pedagogikada o‘ziga xos innovatsion yondashuv bo‘lib, uning yordamida tadqiqot jarayonida ijobiy sifat o‘zgarishi va yuqori samaradorlikka erishiladi. Bu talablarni hal qilish esa ijtimoiy, texnologik islohotlarga bog‘liq. Bu islohotlarning barchasi talabalarda tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirishga asoslangan. Ma’lumki, Integratsiya(lot. integratio — tiklash, to’ldirish, integer — butun so‘zidan olingan) — 1) sistema yoki organizmning ayrim qismlari va funksiyalarining o‘zaro bog‘liqlik holatini hamda shunday holatga olib boruvchi jarayonni ifodalaydigan tushuncha; 2) fanlarning yaqinlashishi va o‘zaro aloqa jarayoni, differensiatsiya bilan birga kechadi; 3) 2 va undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini o‘zaro muvofiqlashtirish va birlashtirish. Integrativ yondashuv – axborotlarni tashkil qiluvchi cheksiz ko‘p kichik qismlarning o‘zaro ajralmas bog‘liqligi, ularning yaxlitligi, bir butunligi asosida yagona to‘g‘ri xulosani aniqlash jarayonidir. Bu yondashuv o‘rganilayotgan bilimlarning didaktik tizimi chuqur mazmunga ega bo‘lishi, bilimlarga tizimli yondashish, talabalar bilimlarini egallashning eng maqsadga muvofiq yo‘llarini o‘rgatishdan iborat. Integrativ yondashuv ta’lim-tarbiya jarayonlariga kompleks yondashuv, tizimiy yondashuv, tizimiy tahlil tadqiqot metodlarini joriy etishda va bilishning induksiya hamda deduksiya metodlaridan foydalanishda qo‘l keladi. Integrativ yondashuv ta’lim va tarbiyani iyerarxik tizim sifatida qarab, ular ustida olib boriladigan tadqiqotlar olib borishda ijobiy samaralarni kafolatlaydi. O‘quv jarayoni professor-o‘qituvchining o‘qitish vositalari yordamida ta’lim oluvchilarga ma’lum bir sharoitda, muayyan ketma-ketlikda ko‘rsatgan ta’sirini va ta’lim natijasini nazorat jarayonida baholab beruvchi, texnologiyalashgan ta’limiy tadbirlar olib borishda rivojlanib boradi. Integrativ yondashuv bilimlarni o‘zlashtirishning hamma jihatlarini qamrab oluvchi muammoni tahlil qilish va rejalashtirish, muammoning yechimini baholash faoliyatni tashkil qilish metodlarini o‘z tarkibiga oladigan kompleks integrativ jarayondan iborat. Integratsiya – ta’lim jarayonida ta’lim berishning maqsad va vazifalarini bir butunlikda birlashtirishdir. www.pedagogs.uz Volume-53, Issue-2, March -2024 79 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 Integrativ funksiya – bu funksiya oliy ta’lim va ishlab chiqarishni bog‘lovchi bo‘g‘imdir. Bunda oliy ta’lim mazmunidagi barcha tashkil etuvchi elementlar majmuasini – bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, me’yor, pedagogik tizimlarni o‘zida mujassamlab: bilimlarni tizimlashtirishni tashkil etish, talabalarda har xil predmetlarda o‘tiladigan va texnik, texnologik jarayonlarda sodir bo‘ladigan hodisalar, tushunchalar, g‘oyalar, nazariyalar orasidagi o‘zaro integrasiya va har

Доказательный фрагмент

«Hozirgi kunda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan oliy ta’limning davlat ta’lim standartini qabul qilinishi oliy ta’lim, talaba, fan va ishlab chiqarishdan iborat bo‘lgan integratsiyalashuv natijasida kompetentli f…»

Образец извлечения

Демо-превью

Hozirgi kunda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan oliy ta’limning davlat ta’lim standartini qabul qilinishi oliy ta’lim, talaba, fan va ishlab chiqarishdan iborat bo‘lgan integratsiyalashuv natijasida kompetentli f… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
didaktik imkoniyatlar, интерактивное образование, interactive education, klaster, кластер, blis-game technology, pedagogical technologies, pedagogik texnologiyalar, graphic organizers, baliq skeleti, blis-o‘yin texnologiyasi, ветеринарное образование, veterinary education, педагогические технологии, fish skeleton, технология блис-игр, дидактические возможности, скелет рыбы, interfaol usul, mutaxassis, эксперт, интерактивный метод, expert, графические органайзеры, veterinariya ta’limi, grafik organayzerlar, interactive method, cluster, didactic possibilities, interfaol ta’lim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники