К содержанию
РецензированоRU2024

“DUNYONING ISHLARI” ASARIDAGI TOPONIMLARNING LEKSIK - SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Ismoilova Gulmira · Havasxon Solixoʻjayeva

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

The lexical-semantic, functional-stylistic features of place names in O'tkir Hashimov's short story "Works of the World" were highlighted. Key words: Onomastics, toponymy, toponym, toponymic unit, onomastic unit, place names, urbononym, choronym, godonym, hydronym, agronym. ЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ТОПОНИМОВ В ПРОИЗВЕДЕНИИ «ДЕЛА МИРА» Аннотация. Выделены лексико-семантические, функционально-стилистические особенности топонимов в рассказе Откира Гашимова «Произведения мира». Ключевые слова: Ономастика, топонимия, топоним, топонимическая единица, ономастическая единица, топонимы, урбоним, хороним, годоним, гидроним, агроним. Badiiy asar tilining onomastik tadqiqi orqali – atoqli otlarning leksik-semantik xususiyatlarini aniqlash, yozuvchining badiiy mahoratini ochib berish, onomastik birliklarning linvostlistik, funksional xususiyatlarini belgilash imkoniyati yaratiladi. Bu esa onomastik birliklar superko‘lamining boyishi uchun xizmat qiladi. Badiiy asar qiymatini belgilashda toponimik birliklarning o‘rni beqiyosdir. Buni biz Oʻtkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asaridagi toponimlar tadqiqi misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Toponimika – tilshunoslikning onomastika tarkibiga kiruvchi sohasi sifatida joy nomlarining kelib chiqishi, nomlarning saqlanib qolishi, rivoji va vazifaviy xususiyatlarini oʻrganadi. Toponimlarga (yunoncha topos – joy, oʻrin + onoma atoqli ot) – yer yuzasining quruqlik qismida joylashgan tabiiy-jug‘rofiy va sun’iy (inson yaratgan) obyektlarning atoqli otlari kiradi. Mazkur atoqli otlar qanday obyektning nomini ifodalashiga koʻra oʻz ichida quyidagi turlarga boʻlinadi: Urbononim (lot. Urbanus – shaharga oid + onoma – atoqli ot ) – shahar ichida joylashgan har qanday topografik obyektlar atoqli oti kiradi. 1 98 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ular quyidagilar: Agoronim maydon, bozorlarning atoqli oti hisoblanadi. Xoronim har qanday hududning, jumladan, viloyatlar, tumanlar, ma’muriy-hududiy birliklar, tarixiy oʻrinlarning atoqli oti. Godonim – shahardagi koʻcha, shoh koʻcha, torkoʻcha, bulvar (Ikki tomonlama harakatli koʻcha oʻrtasidagi keng xiyobon), xiyobon, suv qirg‘oqlari, sohillari va b. “Dunyoning ishlari” qissasida toponimik birliklar salqmoqli o‘rin egallaydi. Mazkur asarda ro‘y bergan voqealar rivoji tasvirlanayotgan hududga oid toponimlarda ma’lum bo‘ladi. Asarda qatnashgan joy nomlari oʻzining paydo bo‘lishi va baʼzi ichki xususiyatlari jihatidan jamiyatning kundalik moddiy va maʼnaviy holati, iqtisodiy turmushi, orzu va intilishlariga aloqador bo‘lib, maʼlum darajada boshqa guruh soʻzlardan farq qiladi. Shuningdek, toponimlarda milliy tilimizga xos boʻlgan qadimiy fonetik, leksik va morfologik elementlar koʻproq saqlanganligi bilan ahamiyatli boʻladi. Mazkur joy nomlarining tabiiy geografik sharoiti (relyef), aholining etnik tarkibi, kishilarning kasbi va mashgʻuloti, qazilma boyliklar, tarixiy shaxslar va voqealar toponimlar vujudga kelishi uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Dastlab “Dunyoning ishlari” asaridagi joy nomlarini ob’yektlarning katta va kichikligiga ko‘ra mikro va makrotoponimlarga ajratishimiz mumkin: Makrotoponimlar – keng hududlar, katta ob’yektlar (Moskva, Toshkent, Namangan, Jizzax, Kavkaz, Ashxobot, Chirchiq) ning atoqli otlari; Mikrotoponimlar – kichik obʼyektlar (Doʻmbrobod, Beshyog‘och, Beshqoʻrg‘on, Leninobod, Laylaktepa, Chilonzor, Qozirobod, Jinko‘cha, Qorasuv, Qonqus, Qaynama buloq, Koʻkterak, Tezakob, Qizil maydon, Qaymoq bozor, Shirmoy bozor, Somon bozor) kabilar. Ushbu toponimlarni o‘z ichida qanday ob’yektning nomini ifodalashiga ko‘ra bir necha turlarini quyidagi jadval orqali ko‘rishimiz mumkin. Urbononim Moskva, Toshkent; Xoronim Namangan, Jizzax, Kavkaz, Ashxobot, Chirchiq, Asaka; Godonim Doʻmbrobod, Beshyog‘och, Beshqoʻrg‘on, Leninobod, Laylaktepa, Chilonzor, Qozirobod, Qorasuv, Jiydazor; Gidronim Qonqus (anhor), Qaynama buloq, Darxon arig‘i; Agoronim Koʻkterak, Tezakob, Qizil maydon, Qaymoq bozor, Shirmoy bozor, Somon bozor. Demak, yuqorida keltirilgan jadvaldan ko‘rinib turibdiki, asardagi toponimlar urbononim, xoronim, gadonim, gidronim, agoronimlarni tashkil etadi. Mazkur toponimlarni leksik-semantik tahlili asardagi ayrim izohga muhtoj toponimlarni ochib berishga yordam beradi. Bunday toponimlar ko‘p miqdorni tashkil qiladi. Asarda shunday toponimlar borki, ularni biz kundalik hayotimizda qo‘llamaganmiz. Bunday toponimlar kitobxonda savol keltirib chiqaradi. Asardagi onomastik birlikni leksik-semantik tahlili orqali voqealar rivojini ushbu joy nomiga bog‘liq jihatlarini yoritib berishi va yashirin jihatlarini topishi uchun xizmat qiladi. Masalan: Qonqus gidronimi hozirda ham mavjud bo‘lib, U Toshkent shahrini oralab o‘tuvchi Anhor suvini ikkiga “Qonqus” va “Chala” ariqlariga bo‘lib beradi. Mazkur arig‘ nomi 1 99 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8

Доказательный фрагмент

«The lexical-semantic, functional-stylistic features of place names in O'tkir Hashimov's short story "Works of the World" were highlighted.»

Образец извлечения

Демо-превью

The lexical-semantic, functional-stylistic features of place names in O'tkir Hashimov's short story "Works of the World" were highlighted. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Onomastics, toponymy, toponym, toponymic unit, onomastic unit, place names
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники