Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SOTSIOLINGVISTIK MADANIYATNI OSHIRISH METODIK MUAMMO
Roziqova Maysara Rustamovna
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article talks about the methodological problem of increasing sociolinguistic culture. Today, the boundary between the fields of science is becoming more relative. An example of such sciences is sociolinguistics, which is developing at the intersection of sociology and linguistics. Key words: sociology, linguistics, culture, methodology. МЕТОДОЛОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА ПОВЫШЕНИЯ СОЦИОЛИНГВИСТИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ Аннотация. В статье рассматривается методологическая проблема повышения социолингвистической культуры. Сегодня граница между областями науки становится все более относительной. Примером таких наук является социолингвистика, развивающаяся на стыке социологии и лингвистики. Ключевые слова: социология, лингвистика, культура, методология. Sotsiolingvistika tilshunoslikning tilni va uning mavjud bo‘lgan ijtimoiy sharoitlar bilan bog‘liqligini o‘rganadigan sohasidir. Ijtimoiy sharoitlar deganda, amaldagi til rivojlanayotgan tashqi shart-sharoitlar majmuyi: mazkur tildan foydalanayotgan kishilar jamiyati, bu jamiyatning ijtimoiy strukturasi, til egalarining yoshi, ijtimoiy mavqeyi, madaniyat va bilim darajasi, yashash joyi orasidagi farqlari, shuningdek, ularning muloqot vaziyatiga bog‘liq bo‘lgan nutqiy muomalasidagi farqlar tushuniladi. Demak, sotsiolingvistika – tilshunoslik, sotsiologiya (jamiyatshunoslik), ijtimoiy psixologiya va etnografiya fanlari tutashmasida rivojlanuvchi va tilning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiy vazifalari, ijtimoiy omillarning tilga taʼsir koʻrsatish mexanizmi hamda tilning jamiyat hayotida tutgan oʻrni bilan bogʻliq koʻplab muammolar majmuyini oʻrganuvchi ilmiynazariy soha. Ushbu muammolarning ayrimlari (masalan, “til va jamiyat”) umumiy tilshunoslik doirasida ham oʻrganiladi. Sotsiolingvistikaning fanlararo maqomi u foydalanadigan tushunchalar 1 55 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ majmuyida namoyon boʻladi. Chunonchi, 8 sotsiolingvistik tahlilning asosiy tushunchasi deb qaraladigan til jamoasi ham ijtimoiy, ham lisoniy belgilar asosida aniqlanadi. “Sof” lingvistika lisoniy belgilarni, chunonchi, tovush va uning yozma ifodasini, uning boshqa belgilar bilan o‘zaro munosabatini, vaqt va zamonda o‘zgarishini va boshqalar tahlil qilish bilan shug‘ullansa, sotsiolingvistika insonlar mazkur lisoniy belgilarni ularning yoshi, jinsi, ijtimoiy holati, bilimi va madaniyatlilik darajasiga ko‘ra qanday qo‘llashlarini, ya’ni ijtimoiy muhitning ularning nutqiy muomalasiga qanday ta’sir qilishini o‘rganadi. Masalan, “sof” lingvistikada jag‘ini ezmoq iborasi ot va fe’ldan tarkib topgan frazeologik birlik sifatida talqin qilinsa, sotsiolingvistikani mazkur ibora qaysi tabaqa vakilining so‘zlashuv nutqida qo‘llanilgani qiziqtiradi. Sotsiolingvistik metodlarning turlari. Sotsiolingvistikadagi mavjud metodlarni uch turga ajratish mumkin: 1) manba (material) to‘plash metodlari; 2) materialni qayta ishlash metodlari; 3) olingan ma’lumotlar haqqoniyligini baholash metodlari. Sotsiologiya, sotsial psixologiya va qisman dialektologiyaga taalluqli bo‘lgan metodlar, ikkinchi va uchinchi guruhda matematik statistika metodlari salmoqli o‘rin egallaydi. Sotsiolingvistik materiallarni taqdim etishning ham o‘ziga xos xususiyati bor. Bundan tashqari to‘plangan, qayta ishlangan va statistik mezonlar yordamida baholangan material til va ijtimoiy institutlar o‘rtasidagi obyektiv qonuniyatlarga asoslangan aloqalarni ko‘rsatib bera oladigan sotsolingvistik talqinga muhtoj bo‘ladi. Sotsiolingvistlar ma’lumot to‘plashda ko‘proq kuzatish va turli xil so‘rovnomalardan, shuningdek, yozma manbalarni umumilmiy tahlil metodidan foydalanadilar. Tabiiyki, ko‘pincha bu metodlar qorishtiriladi: yozma manbalarning dastlabki tahlilidan keyin tadqiqotchi muayyan taxminni shakllantiradi va uni kuzatish jarayonida tekshiradi; to‘plangan ma’lumotlarni tekshirish uchun u o‘zini qiziqtirgan ijtimoiy uyushmaning ma’lum qismini so‘rovga tortishi ham mumkin. Sotsiolingvistlar oddiy kuzatuv bilan bir qatorda ba’zan bevosita aralashma kuzatuv metodini qo‘llaydilar. Insonlar xulqini o‘rganuvchi bevosita kuzatuv usulida kuzatuvchining o‘zi ham kuzatilayotgan guruh a’zosiga aylanadi. Bunda kuzatuvchi kuzatilayotgan ijtimoiy guruh a’zolaridan biror-bir belgisiga ko‘ra, masalan, millati, tili va boshqa belgilari bilan ajralib turmasligi kerak. Sotsiolingvistik tadqiqot dasturi yosh mutaxassis aniq sotsiolingvistik tadqiqot o‘tkazishda qator qiyinchiliklarga duch keladi. Bu qiyinchiliklar quyidagi masalalarda kuzatiladi: 1) kimdan ma’lumot olish; 2) ma’lumot olishda qanday metodlardan foydalanish; 3) ma’lumotlarni qanday ishlash, tahlil qilish va talqin qilish. Mazkur savollarga javob topish uchun sotsiologlar bir qator tadqiqotlarning ishchi strategik rejalariga asoslangan dasturni taklif qilishadi. Tadqiqot dasturi ikki: metodologik va prosedura (yoki tashkiliy-texnik) bo‘limdan tashkil topadi. Tadqiqotning metodologik asosi sifatida sotsiolingvistik
Доказательный фрагмент
«This article talks about the methodological problem of increasing sociolinguistic culture.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the methodological problem of increasing sociolinguistic culture. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sociology, linguistics, culture, methodology
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014