Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ФИНАНСОВОЙ УСТОЙЧИВОСТИ ПЕНСИОННОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ
NEW RENAISSANCE · ILMIY-NAZARIY ASOSLARI · Raxmonov Nuriddin Muxammadjonovich
Современная наука и исследования · 1 · 2024
Аннотация
This thesis talks about ensuring the financial stability of pension provision in Uzbekistan, reforming and improving the pension provision system and using foreign experience in this process. Key words: pension provision, social protection, length of service, pension system. НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ФИНАНСОВОЙ УСТОЙЧИВОСТИ ПЕНСИОННОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ Аннотация. В данной дипломной работе говорится об обеспечении финансовой устойчивости пенсионного обеспечения в Узбекистане, реформировании и совершенствовании системы пенсионного обеспечения, использовании зарубежного опыта в этом процессе. Ключевые слова: пенсионное обеспечение, социальная защита, стаж, пенсионная система. Pensiya taʼminoti tizimini isloh etish va takomillashtirish, shuningdek, pensiya tizimlarini tashkil qilish borasida ko‘plab olimlar o‘z qarashlarini bayon qilishgan. Jumladan, iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati R.Diamond pensiya tizimini yaratishdagi turli xil yondashuvlarning mehnat bozoriga, jamg‘armalarga va iqtisodiy o‘sishga taʼsirini tahlil qilgan. O‘zining “Iqtisodiy nazariya, soliq va pensiya siyosati” nomli tadqiqotida majburiy pensiya sug‘urtasini chuqur tahlil qilgan. N.Borisenko fikricha “Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan sabablarga ko‘ra ishdan yoki doimiy daromad manbaidan mahrum bo‘lishi natijasida moliyaviy ahvolining yomonlashishi, shuningdek yordamga muhtoj bo‘lgan oila aʼzolarining tibbiy-ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan 36 NEW RENAISSANCE 2024 AUGUST INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 1 | ISSUE 6 ehtiyojini qondirishda qo‘shimcha xarajatlarga bog‘liqligi ijtimoiy xavf yoki ijtimoiy risk deb ataladi”15. Jahon banki tadqiqotchilaridan Pigot va Sanelarning fikricha, “pensiyalarni indeksatsiya qilishda 3 ta asosiy jihatni hisobga olish lozim. Birinchidan, indeksatsiya qoidalari shaffof bo‘lishi hamda ishtirokchining qo‘shgan ulushidan katta miqdorda farq qilmasligi lozim. Ikkinchidan, indeksatsiya rejalashtirilmagan qayta taqsimlashga olib kelmasligi hamda jamg‘arish va ishchi kuchi harakatiga teskari taʼsir ko‘rsatmasligi lozim. Uchinchidan, davlat pensiya tizimida indeksatsiya dasturlari xususiy pensiya tizimlarida indeksatsiyalash bilan muvofiq bo‘lishi kerak” Zamonaviy sharoitda ijtimoiy himoya – bu qonun bilan mustahkamlangan ko‘p bosqichli iqtisodiy, ijtimoiy hamda huquqiy tizimdir, shuningdek aholini ijtimoiy risklardan himoya qilishga mo‘ljallangan institutdir. Аholini ijtimoiy risklardan moddiy himoya qilish iqtisodiy munosabatlarning alohida guruhi hisoblanmish ijtimoiy taʼminot ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy taʼminotning asosiy ko‘rinishlaridan biri – bu pensiya taʼminotidir. Pensiya taʼminoti – davlatning eng muhim ijtimoiy kafolatlaridan biridir. Mazkur tizimning yaxshi ishlashi jamiyatda ijtimoiy barqarorlik va farovonlikni ta’minlashga xizmt qilsa, aksincha pensiya taʼminoti tizimidagi muammolar jamiyatda xavfli ijtimoiy keskinliklarni, jumladan daromadlar tengsizligining kuchayishini keltirib chiqarishi mumkin. O‘zining milliy pensiya tizimiga ega bo‘lgan har qanday davlatda pensiyalar miqdorini izchil oshirib borish, hisoblanadigan pensiyalarning miqdoriga taʼsir etuvchi salbiy omillarni aniqlash va ularni vaqtida bartaraf etish yuzasidan doimiy islohotlar amalga oshirish muhim masalalardan hisoblanadi. Bugungi kunda jahon mamlakatlarida turlicha pensiya taʼminoti modellari amal qiladi. O‘zbekistonda avlodlar birdamligiga asoslangan taqsimlanuvchi va jamg‘arib boriladigan pensiya tizimlari faoliyat ko‘rsatadi. Аslida jamg‘arib boriladigan pensiya taqsimlanuvchi pensiya tizimini to‘ldirib turuvchi bo‘g‘in sifatida shakllantirilgan bo‘lsada, amalda bu jarayon natija berayotgani yo‘q. Bu esa pensiya tizimini isloh etishda xorij tajribasini o‘rganishni taqozo etadi. Pensiyalarni hisoblashda mehnat stajiga eʼtibor qaratish va pensiya yoshini belgilash bo‘yicha mamlakatga xos va mos bo‘lgan xorij tajribalarini o‘rganish va amalda qo‘llash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 37 NEW RENAISSANCE 2024 AUGUST INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 1 | ISSUE 6 Bugungi kunda dunyoda pensiya yoshiga yetganidan so‘ng ishlagan vaqtidagi olgan daromadlarini qaytarish darajasiga qarab, davlat pensiya taʼminotining shartli ravishda uchta turini ajratish mumkin. 1. Yuqori darajada daromadni qoplaydigan davlat pensiya taʼminoti – bunda to‘liq mehnat (sug‘urta) stajiga ega bo‘lgan yoki mamlakatda doimiy istiqomat qiluvchi (15-45 yosh) pensionerlar o‘rtacha ish haqining 50 foizdan ortiq miqdorida pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar. Ushbu davlat pensiya taʼminotiga ega bo‘lgan mamlakatlar quyidagilar hisoblanadi: Аvstriya (45 yil davomida sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsa pensiya miqdori daromadining 89 foizini tashkil qiladi), Ispaniya (35 yil davomida sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsa pensiya miqdori daromadining 83 foizini tashkil qiladi), Italiya (40 yil davomida sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsa pensiya miqdori daromadining 92 foizini tashkil qiladi), Germaniy
Доказательный фрагмент
«This thesis talks about ensuring the financial stability of pension provision in Uzbekistan, reforming and improving the pension provision system and using foreign experience in this process.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis talks about ensuring the financial stability of pension provision in Uzbekistan, reforming and improving the pension provision system and using foreign experience in this process. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pension provision, social protection, length of service, pension system, pensiya taʼminoti, pensiya tizimi., пенсионное обеспечение, социальная защита, пенсионная система., ijtimoiy himoya, mehnat staji, стаж, pension system.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025