К содержанию
РецензированоUZ2024

KASB-HUNAR MAKTABLARIDA DUAL TA’LIMNI TASHKIL ETISH: IMKONIYATLAR VA AFZALLIKLAR

IMKONIYATLAR VA AFZALLIKLAR · Janayev Bunyod Toxirovich · AND ADVANTAGES (ORGANIZING DUAL EDUCATION IN VOCATIONAL SCHOOLS: OPPORTUNITIES)

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article talks about the importance, main principles and practical application of the dual education system in vocational schools. The dual education model provides students not only with theoretical knowledge, but also with practical skills, which makes them more adaptable to market demands and employers' needs. The article discusses the problems and prospects of introducing the dual education system, as well as the necessary conditions for the successful implementation of this system. Key words: Dual education system, practical skills, theoretical education, cooperation with employers, professional qualifications, curricula, technological infrastructure, teacher qualifications, labor market requirements. ОРГАНИЗАЦИЯ ДУАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ ШКОЛАХ: ВОЗМОЖНОСТИ И ПРЕИМУЩЕСТВА Аннотация. В данной статье говорится о значении, основных принципах и практическом применении системы дуального образования в профессиональных учебных заведениях. Модель дуального образования дает студентам не только теоретические знания, но и практические навыки, что делает их более адаптируемыми к требованиям рынка и потребностям работодателей. В статье рассматриваются проблемы и перспективы внедрения системы дуального образования, а также необходимые условия для успешного внедрения этой системы. Ключевые слова: система дуального образования, практические навыки, теоретическое образование, сотрудничество с работодателями, профессиональные квалификации, учебные программы, технологическая инфраструктура, квалификация учителей, требования рынка труда. 6 3 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Kasb-hunar maktablarida dual ta’limni tashkil etish: imkoniyatlar va afzalliklar O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘ridida”gi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasining “Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asoslanib yoshlarning kasb va mutaxassisliklarni egallashga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilgan. Shu bois kasb-hunar ta’limi tizimi bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar va mehnat bozori talablariga javob beruvchi malakali kadrlarni tayyorlash uchun muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtayi nazardan, dual ta’lim tizimini joriy etish kasb-hunar maktablarida ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish imkoniyatini beradi. 1. Dual ta’lim tizimining ilmiy asoslari Dual ta’lim tizimi nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni integratsiya qilishga asoslangan. Ushbu tizim nemis ta’lim tizimidan kelib chiqqan bo‘lib, u o‘zining yuqori samaradorligi bilan tanilgan. Dual ta’lim modeli o‘quvchilarning ta’lim jarayonida faolligini oshiradi, ularga olingan bilimlarni amalda qo‘llash imkoniyatini beradi va shu orqali malakalarni mustahkamlaydi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, nazariya va amaliyotni birlashtirish orqali o‘quvchilarning bilim olish jarayoni samaraliroq bo‘ladi. Vygotskiy va Dewey kabi ta’lim nazariyotchilari o‘quvchilarning amaliy tajriba orqali o‘quv jarayonida ishtirok etishi, ularning rivojlanishi va o‘zlashtirish darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaganlar. Dual ta’lim tizimi nima? Dual ta’lim tizimi — bu nazariy bilimlar bilan amaliy ko‘nikmalarni birlashtirgan holda ta’lim berishni nazarda tutuvchi modeldir. Ushbu tizimda o‘quvchilar ta’lim jarayonining bir qismini maktabda, ikkinchi qismini esa ishlab chiqarish korxonalarida yoki tashkilotlarda o‘tkazadilar. Bu usul o‘quvchilarga nazariy bilimlarni amalda qo‘llash, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish va haqiqiy ish sharoitlarida ishlashni o‘rganish imkoniyatini taqdim etadi. Dual ta’limning afzalliklari 1. Amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish: O‘quvchilar dual ta’lim orqali nazariy bilimlarini amaliyot bilan birlashtirib, o‘z sohalarida aniq ko‘nikmalarni shakllantiradilar. Bu esa ular uchun kelajakda ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytiradi. 2. Ish beruvchilar bilan aloqalar: Dual ta’lim tizimida o‘quvchilar bevosita ish beruvchilar bilan aloqada bo‘ladilar. Bu esa ularga nafaqat amaliyot o‘tash, balki kelajakda shu korxona yoki tashkilotda ishlash imkoniyatini ham taqdim etadi. 3. Raqobatbardoshlikni oshirish: Dual ta’lim orqali malakali kadrlar tayyorlanadi, bu esa kasb-hunar maktablari bitiruvchilarini mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshiradi. 4. Tezkor adaptatsiya: Ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish orqali o‘quvchilar kelajakdagi ish sharoitlaridagi adaptatsiya jarayonlariga moslashadi, bu esa ularning ishga joylashish jarayonini osonlashtiradi. Dual ta‘limni tashkil etish bosqichlari Dual ta’lim tizimini muvaffaqiyatli joriy etish uchun bir qator bosqichlar va chora-tadbirlar amalga os

Доказательный фрагмент

«This article talks about the importance, main principles and practical application of the dual education system in vocational schools.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about the importance, main principles and practical application of the dual education system in vocational schools. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Dual education system, practical skills, theoretical education, cooperation
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники