К содержанию
РецензированоUZ2021

Chaqiriqqacha harbiy taʼlim oʻqituvchilarda kasbiy kompetentligini shakllantirishning nazariy-metodik asoslari

KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING (Language Syllabuses: State of the Art. Singapore: Regional Language Centre.) · NAZARIY-METODIK ASOSLARI (Language Syllabuses: State of the Art. Singapore: Regional Language Centre.) · Nazarov Jamshid Xoliyorovich (Language Syllabuses: State of the Art. Singapore: Regional Language Centre.)

Психология и педагогика: Проблемы и решения · 1 · 564-567 · 2021

Аннотация

Hozirgi kunda o‘quvchi-yoshlar harbiy ta’lim sirlari hamda ajdodlar tomonidan to‘plangan saboqlar, urf-odat, milliy-ma’naviy qadriyatlar va hayotiy tajriba asosida jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallashi, bilim salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchisi, uning kasbiy kompetentligini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tayanch tushuncha va iboralar: chaqiriqqacha harbiy taʼlim oʻqituvchilarda kompenentlilik, kompetensiya, metodik, kompetentlik turlari, kasbiy tarbiyalanganlik, pedagog kadr, ta’lim jarayoni, kasbiy faoliyat. Pedagogikada “kompetentlik” – bu talabaningshaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy faoliyatni amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalaming egallanishi hamda ularning kasbiy faoliyatda qo‘llay olishi bilan ifodalanadi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ta’limning har bir bosqichi uchun ta’lim bloklari va o‘quv fanlari darajasida tayanch kompetentlik aniqlanadi [1-3]. Tayanch kompetentlik tartibini belgilashda kasbiy pedagogik ta’limning asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy hamda shaxsiy tajribaning mohiyati,ijtimoiy jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy kasb etadi. Ushbu nuqtai nazardan 6 Секция №2. Педагогика фанлари/ Pedagogical sciences /Педагогические науки “Психология ва педагогика: муаммо ва ечимлар” Республика илмий-амалий конференция материаллари (Тошкент, 8 сентябрь 2021 й.) tayanch kompetentlik: yaxlit – mazmunli, ijtimoiy-madaniy, o‘quv-bilish, axborot olish, kommunikativ, ijtimoiy faoliyatli, shaxsning o‘z-o‘zini takomillashtirish turlariga bo‘linadi [2-4]. Ushbu nuqtai nazardan tayanch kompetentlik: yaxlit - mazmunli, ijtimoiy- madaniy, o‘quv-bilish, axborot olish, kommunikativ, ijtimoiy faoliyatli, shaxsning o‘z- o‘zini takomillashtirish turlariga bo‘linadi. Chaqiriqqacha harbiy taʼlim o‘qituvchisining kasbiy shakllanishi quyidagi tarzda namoyon bo‘ladi: pedagogik tizim, jarayon va natija [2-3]. Ijtimoiy qoidalar kasbiy shakllanish darajasini baholashda muhim asoslar sifatida aks etadi va ular, o‘z navbatida, Davlat ta’lim standart mazmunida qayd etiladi. Ta’lim tizimi faoliyatini baholashda uning samaradorligi hamda pedagogik tizim rivoji bilan bog‘liq asosiy ko‘rsatkichlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Aynan ana shu ko‘rsatkichlar chaqiriqqacha harbiy taʼlim o‘qituvchining kasbiy shakllanish darajasini baholash mantig‘ini asoslab beradi. Jamiyatda ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik yo‘nalishi – bu insonning turli sohalarida maqsadli mustaqil faoliyati asosida uning intellekt va ahloqiy rivojlanishidir [1-5]. Jahonning rivojlangan davlatlari qatori mamlakatimizda ham ta’limdagi islohotlar jarayonida mustaqil ta’limni rag‘batlantirish muhim yo‘nalish sifatida kelmoqda. Bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy taʼlim o‘qituvchisining metodik kompetentligini shakllantirish pedagoglami tayyorlashdagi murakkab muammolar qatorida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ayniqsa ta’limni modernizatsiyalash bilanbog‘liqislohotlaming joriy bosqichida kasbiy pedagogik faoliyatga moslashish muammosi yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy taʼlim o‘qituvchilarini amaliy, psixologik, metodik, tadqiqotchilik turlari bilan bir qatorda chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik o‘qituvchisini metodik kompetentligini shakllantirish bilan boyib bormoqda. Metodik kompetentlik tashxisi kasbiy shakllanishning mohiyatli xarakteristikalariga diagnostik, kommunikativlik, boshqaruv va proyektiv o ‘quvlar guruhlarini kiritish lozim [3-5]. Hozirgi kunda butun dunyo pedagogik jamoatchiligi tomonidan e’tirof etilayotgan taraqqiyot ta’lim modeli-bu kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir. Chaqiriqqacha bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar harbiy ta’lim sirlari bilan birga ajdodlar tomonidan to‘plangan bilim, odob, urf-odat, milliy-ma’naviy qadriyatlar va hayotiy tajriba asosida jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallashi, bilim salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchisi, uning kasbiy tayyorgarligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, chaqiriqqacha bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarda milliy armiyamiz talabidan kelib chiqqan holda yuqori darajadagi professional bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish harbiy pedagogik faoliyat sohasining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Buning uchun avvalo chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining o‘zida yangicha bilim berish, o‘zining pedagogik va harbiy-professional malakasini doimo oshirib, xorijiy armiyalarning ilg‘or tajribalarini o‘zlashtirib borishi va ijodiy faoliyat bilan shug‘ullana olish ko‘nikmalari tarkib topgan bo‘lishi lozim. Bu muammoning qanchalik murakkabligi, xayotda zarurligini, muhim ahamiyat kasb etadi. Bo‘lajak harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy tayorgarligi dastur doirasi bilangina cheklanib qolmasligi zarur, uning bilimi, mahorati ancha keng va chuqur bo„lmog„i lozim. Jumladan, hozirgi paytda ta’lim tizimi taraqqiyoti insonni bilimning turli sohalaridagi xilmaxil, Секция №2. Педагогика фан

Доказательный фрагмент

«Hozirgi kunda o‘quvchi-yoshlar harbiy ta’lim sirlari hamda ajdodlar tomonidan to‘plangan saboqlar, urf-odat, milliy-ma’naviy qadriyatlar va hayotiy tajriba asosida jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallashi, bilim s…»

Образец извлечения

Демо-превью

Hozirgi kunda o‘quvchi-yoshlar harbiy ta’lim sirlari hamda ajdodlar tomonidan to‘plangan saboqlar, urf-odat, milliy-ma’naviy qadriyatlar va hayotiy tajriba asosida jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallashi, bilim s… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
компетентлик турлари, методик, допризывное военное образование включает в себя компетенцию учителя, educational process, competence, pre-service military education includes competence, методику, педагог кадр, компетенция, types of competence, касбий тарбияланганлик, профессиональную подготовку, преподавательский состав, pedagogical staff, methodology, компетентность, касбий фаолият, professional activity in teachers, чақириққача ҳарбий таълим ўқитувчиларда компенентлилик, таълим жараёни, professional training, профессиональную деятельность, образовательный процесс, виды компетентности
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники