К содержанию
РецензированоUZ2024

TA`LIM MENEJMENTI VA UNI TASHKIL ETISHNING ILMIY- NAZARIY ASOSLARI

Akbarova Nigora Rahmonberdievna · ITS ORGANIZATION

Современная наука и исследования · 1 · 62-63 · 2024

Аннотация

In this thesis, the management process of educational institutions and the problem of ensuring the quality and efficiency of education are thoroughly studied, and models of continuous development of quality in the management of the educational system are proposed. Key words: quality management, efficiency, structure, monitoring, resource. НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ УПРАВЛЕНИЯ ОБРАЗОВАНИЕМ И ЕГО ОРГАНИЗАЦИИ Аннотация. В данной дипломной работе подробно изучен процесс управления образовательными учреждениями и проблема обеспечения качества и эффективности образования, предложены модели непрерывного развития качества в управлении образовательной системой. Ключевые слова: менеджмент качества, эффективность, структура, мониторинг, ресурс. Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida ta’lim tizimini isloh qilish, uni sifat va samaradorligini ta’minlash dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Hozirgi kunda jamiyat rivojlanishi ilm-fanga investitsiya kiritish orqali inson kapitalidan ratsional foydalanishga bog‘liq ekanligi namoyon bo‘lmoqda. Shuning uchun “inson kapitaliga e’tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart”. Darhaqiqat, rivojlangan davlatlar amaliyoti ham ta’lim tizimini isloh qilishning, unga e’tiborni, investitsiyani ko‘paytirishni hamda inson resursini to‘g‘ri boshqarish lozimligini ko‘rsatmoqda. 27 30-AVGUST, 2024-YIL Shu ma’noda, bugun ta’limda islohotlarni jadallashtirish bilan birga, to‘g‘ri va samarali boshqaruv tizimini yaratish vazifalari ham ustuvorlik qilmoqda. Turli tadqiqotchilar ta’lim muassasasining boshqaruv jarayonini turlicha izohlashadi. Masalan, C. Xedekar ta’lim muassasasida boshqaruv jarayoni – bu ta’lim maqsadlariga erishish maqsadida inson va moddiy resurslardan foydalangan holda ta’lim muassasasi faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish va nazorat etish jarayonidir, deb ta’kidlagan. Demak, bu olim ta’lim muassasasi boshqaruvini inson, mehnat resurslari va boshqaruv sikliga bog‘lagan. Boshqa bir olim O. Xomeriki bo‘lsa, o‘zining ta’limda boshqaruv jarayonini to‘liq aks ettiruvchi ko‘p o‘lchovli konseptual modelini ishlab chiqadi. Unga ko‘ra, boshqaruv faoliyati mazmunini to‘rtta yo‘nalish qamrab oladi: ma’muriy-xo‘jalik va moliyaviy faoliyat, o‘quv- metodik va tajriba-sinov ishlari, kadrlar bilan ishlash va jamoaning psixologik muhitini mustahkamlash. Demak, ta’lim muassasasi boshqaruvi keng qamrovli faoliyatni tashkil etishi va bunda moddiy- texnik ta’minotdan tortib, jamoada psixologik muhitni boshqarishgacha bo‘lgan jarayonni qamrab olishi lozim. Ta’lim menejmentiga uzluksiz va izchil faoliyat sifatida qarash, ta’lim jarayoniga bo‘lsa, muttasil harakatdagi dinamik ijtimoiy tizim sifatida baho berish menejment nazariyasining umumiy qonuniyatlari, tamoyillari va funksiyalariga asoslangan holda amalga oshiriladi. Ta’lim sifatini boshqarish ta’limni boshqarishning umumiy tuzilmasi tarkibiga kiradi va uning samaradorligi ta’limning umumiy boshqaruvining sezilarli darajada oshishini ta’minlashi mumkin bo‘lgan tuzilma hisoblanadi. Demak, to‘g‘ri va adolatli boshqaruv ta’lim sifatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Biroq ta’lim sifati qanday bo‘lishi, unda qanday mezonlar, tamoyillar, talablarning bo‘lishi to‘g‘risida turlicha yondashuvlar mavjud. Tadqiqotlarga ko‘ra, ta’lim sifati deganda ta’lim jarayonining turli ishtirokchilari ta’lim muassasasi tomonidan ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlaridan foydalanuvchilarning qanoatlantirilishi darajasiga nisbatan ishlatiladi. Jamiyatda ta’lim jarayonining holati va natijasini, shaxsning fuqarolik, hayotiy va kasbiy kompetensiyalarining rivojlanishi hamda shakllanish ehtiyojlari va umidlariga muvofiqligini aniqlovchi kategoriya hisoblanadi. Fikrimizcha, ta’lim sifati inson, jamiyat va davlat ehtiyojlari va manfaatlarini qondiruvchi xususiyatlar majmuasi hisoblanadi. Ta’limni sifatli boshqarish to‘g‘risida ko‘plab nazariyalar mavjud bo‘lib, ularning ko‘pi vaqt o‘tishi bilan ta’limdagi islohotlar bilan o‘z ahamiyatini yo‘qotib bormoqda. Ta’lim sifati bugun barcha rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar uchun muhim ahamiyatga ega va asosiy e’tiborni qaratish zarur bo‘lgan sohalar qatorida turadi. Rivojlangan davlatlar tajribasiga ko‘ra, 28 30-AVGUST, 2024-YIL ta’limni isloh qilishda, unga yangicha yondashuvlarni olib kirish bilan birga ta’lim boshqaruvini ham takomillashtirib borish, unga yangicha tamoyillarni olib kirish, sifat va samaradorlik uchun xizmat qiluvchi boshqaruv modelini ishlab chiqish har doim dolzarblik kasb etgan. Bugungi kunda ta’lim tizimi boshqaruvida sifatni doimiy rivojlantirib borish metodikasi sifatida PDCA (Plan-Do-Check-Act), ya’ni RBNH (Rejalashtirish-Bajarish-Nazorat-Harakat) – “Shuxart-Deming metodi” yoki “Deming sikli” modellari ommalashib bormoqda. Boshqa bir ta’lim sifatini boshqarish modeli TQC (Total Quality Control), ya’ni “Sifatni yalpi nazorati” konsepsiyasi hisoblanadi. Uning asoschisi A.Feygenbaum hisoblanadi. Yuqoridagi konsepsiyalar asosida ishlab ch

Доказательный фрагмент

«In this thesis, the management process of educational institutions and the problem of ensuring the quality and efficiency of education are thoroughly studied, and models of continuous development of quality in the man…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this thesis, the management process of educational institutions and the problem of ensuring the quality and efficiency of education are thoroughly studied, and models of continuous development of quality in the man… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
quality management, efficiency, structure, monitoring, resource, struktura, resource., ресурс., эффективность, samaradorlik, структура, менеджмент качества, sifat menejmenti, resurs., мониторинг
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники