Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KITOBXONLIK INSON MADANIYATI KÓZGUSIDIR
Bektursinova Gúlxumar
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article analyzes the issues of increasing reading culture, reading culture, scientific-philosophical and axiological analysis in New Uzbekistan. Key words. Renaissance, reading, thinking, intellect, value, strategy, foundation, development, factor, axiology, analysis БИБЛИОТЕКА – ЗЕРКАЛО ЧЕЛОВЕЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ Аннотация. В данной статье анализируются вопросы повышения культуры чтения, культуры чтения, научно-философского и аксиологического анализа в Новом Узбекистане. Ключевые слова: Ренессанс, чтение, мышление, интеллект, ценность, стратегия, фундамент, развитие, фактор, аксиология, анализ. Necha ming yillardan beri insonlarga tóǵri yól kórsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bólishining muhim omili- bu kitobga dóst bólish va óqishni kanda qilmaslikdir. Аyniqsa yoshlarning hayotida kitobning alohida órni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyǵularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi. Donishmandlardan biriga “Inson kitob óqish orqali saodatga erishishi mumkinmi?” deb savol berishganida u: “Kitob óqishning ózi saodatdir” deb javob bergan ekan. Bugun Vatanimiz jadal rivojlanayotgan, yangi Ózbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratayotgan ajdodlarimiz kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga bólgan eʼtibor davlat siyosati darajasiga kótarildi. Kitob-inson mánaviyati, dunyoqarashini yuksaltiruvchi muhim manba hisoblanadi. Kitob óqigan inson mulohazali, bilimli bólib, yuksak tafakkuri bilan boshqalardan ózining dunyoqarashi va fikrlashi bilan ajralib turadi. Kitob bilan oshno bola yaxshi inson bólib ulǵayadi. Shuning uchun ham oilada, jamiyatda, óquv dargohlarida bolalarning kitobga mehrini, adabiyotga qiziqishini oshirish ota onalarning, ustozlarning vazifasidir. Qadimda buyuk shoir va yozuvchilarimiz, olimlarimiz kitobga shu qadar mehr qóygan edilarki, hatto tunlari sham yoruǵida kitob mutolaa qilganlar. Sóz mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Аlisher Navoiy “Kitob beminnat ustoz, bilim va mánaviyat yuksalishiga erishishning eng asosiy manbai”, deb tákidlaydi.[1]. Аlbatta bunda juda katta máno bor, chunki ózi yetti yoshida Farididdin Аttorning “Mantiq- ut tayr” asarini yod olgan. Buyuk muhaddis Imom-al Buxoriy hazratlari esa olti mingdan ziyod 2 0 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ hadisni yod bilgan. Аmmo u davrlarda bizga yaratib berilayotgan imkoniyatlarning bir qismi ham bólmagan. Lekin ular óz maqsadlari sari intilib yuksak mánaviyat sohibiga aylanishgan. Bugungi tezkor jarayonda insonlar orasida mehr-oqibat yóqolib, yoshlar internetni kitobdan afzal bilib, kitobga bólgan mehr tobora kamayib boryapdi. Vaholanki Markaziy Osiyo xalqlari kitobning hayot darsligi ekanligi, muqaddasligi haqida son-sanoqsiz naql-rivoyatlar, afsonalar, maqolalar yaratganlar. “Kitobsiz uy-quyoshsiz kun”, “Kitob-inson dósti”, “Oltin yer tagidan kavlab olinadi, bilim-kitobdan”, “Non tóydiradi, kitob kiydiradi”, “Qush don qidiradi, olim kitob”, “Kitob ustingni bezaydi, kitob aqlingni” degan hikmtalarida kitobning qadriga yetish tákidlangan.[2]. Insonga kitobdan kóra yaqin dóst, beminnat ulfat yóq, ǵamli zamonda insonga ǵamxórdir. Kitob bilan qolgan odam ózini tanho sezmaydi. Kitob nafaqat ziyo maskanlarini yorituvchi nur, balki insonlarni kamolot sari yetaklovchi muhim manaviy xazina hamdir. Kitob insonga ma’naviy ozuqa beribgina qolmay, uning tafakkurini teranlashtirib, sogʻlom mulohoza yurutishga oʻrgatadi, kelajakka aniq maqsadlar bilan odimlashda mustahkam pillapoya vazifasini bajaradi. Shu boyisdan u insonning eng yaqin doʻsti hisoblanadi. Mutolaaning nozik jihati shundaki, hech bir inson dunyodagi mavjud kitoblarning hammasini oʻqib bitirib boʻlmaydi. Buning imkoni yoʻq, qolaversa, umr ham yetmaydi. Afsuski, koʻpchilik kitob oʻqishni bilmaydi va nimani oʻqiyotganini tuzukroq tushinib ham yetmaydi. Bazi birovlar uchun esa oʻqish bu-dam olish, shunchaki vaqtni oʻtkazish va ularga nimani (maqola, roman, she’r, xabar va hokazo) oʻqish bari- bir, zerikarli boʻlmasa bas. “Gózal kitoblar ajib narsalarni kóruvchi kózgu, ovloqda sirdosh, yolǵizlikda dóst, ojizlik vaqtlarda yordamchi, hasratda shodlik keltiruvchi, fikirlarni nurlantiruvchi, ótgan zamon ahvolidan sózlovchi, ummatlar voqeotini hikoya qiluvchi, aqlli kimsalarning aqllarini kózlariga kórsatuvchi, oz haqli, kóp foydali narsalardir”.[3]. Bugungi tezkor jarayonda kitobxonlikni zaruratga aylantirish kerakdir. Аgar farzandlarimizda kitob óqishga havas bólmasa, uning kitob óqishga bólgan eʼtiborini ózgartirish mushkul bólib qoladi. Ularni óqishga majburlash emas, balki kitob óqishga havas uyǵotish lozim. Bu borada ota- ona, ustozu murabbiylar va kutubxonalar xodimlari bevosita yordam berishlari lozim. Bunda bolalarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari hisobga olinishi kerak. Italiya yozuvchisi Seneka:”Kitoblarning soni emas, ul
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the issues of increasing reading culture, reading culture, scientific-philosophical and axiological analysis in New Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the issues of increasing reading culture, reading culture, scientific-philosophical and axiological analysis in New Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Renaissance, reading, thinking, intellect, value, strategy, foundation
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025