Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Литература, педагогика и дидактика
Odiljon AKBAROV · April -/© in Science LLC. (Namangan State University)
Общество и инновации · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В статье рассматривается взаимозависимость литературы и народный фольклор, педагогики, роль этих двух укоренившихся форм письменная литература, общественного сознания в воспитании личности. Их общность педагогические взгляды, дидактика, раскрывается на примере шедевров восточной литературы. 1 Researcher at Namangan State University, Namangan, Uzbekistan. E-mail: Odilbek82@umail.uz. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415 развитие личности, самообразование. Jamiyatdagi ko‘plab ijtimoiy fanlar, ijtimoiy sohalarning vujudga kelishida, ularning taraqqiy topib, alohida ijtimoiy ong shakllaridan biriga aylanishida badiiy adabiyotning o‘rni beqiyos. Ijtimoiy fanlar orasida qadimiy va bugungi kunda yetakchi sanalgan falsafa, pedagogika, filologiya sohalari va hatto tarix fani ibtidosi adabiyot bilan bog‘liqligini barcha birdek e’tirof etadi. Shuningdek, bu sohalarni o‘rganishda, tadqiq etishda va rivojlantirishda bevosita adabiyotga murojaat qilingan, hozir ham shunday va bu yana davom etadi. Turkiylarning faxri bo‘lmish Chingiz Aytmatov “Tomchisiz ummon yo‘q” maqolasida shunday yozgan edi: “Adabiyot insonlarning hayot haqidagi tajriba tuygʻu va fikrlarini bir-biriga yetkazish vazifasini ham bajaradi” [1:455].Hayotiy tajriba, bilim va koʻnikmalarni avlodlarga yetkazilishi masalasi pedagogika fani uchun ham muhimdir.Eng muhimi, bu fan va sohalarning tasvir hamda tadqiq obyekti – inson. Adabiyotshunos va metodist olim Q. Yo‘ldoshev yozadi: “Demak, Adabiyot uchun Insondan qiziq, Insondan qadrli, Insondan aziz va insondan vahshiy, yovuz, yirtqich “muammo” yo‘q ekan! Mangu vazifasi ham ana shuni yozish, ochish kashf etish…” [2:7]. Adabiyotning ana shu insonni yozishi, ochishi va kashf etish vazifasi pedagogikda shaxs tarbiyasi usul, vositalarini idrok qilish, yo‘lga qo‘yishga yo‘l ochadi. Adabiyotning asosiy shakllari bo‘lmish xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotda buning uchun bemisl manba hamda imkoniyatlar mavjud. Xalq ogʻzaki ijodi janrlari oʻzining shakli va mazmunidan kelib chiqqan holda oʻziga xos ta’limiy-tarbiyaviy mohiyat kasb etadi. Topishmoqlarga e’tibor qarataylik. Ular mazmun-mohiyati bilan pedagogic, didaktik ahamiyatga ega. Bu janr bolalarda fikrlash, izlanish, topqirlik fazilatlarni tarbiyalaydi. Shuningdek, topishmoqlarning tez aytish, ertak, sheʼriy shakllari ham borki, ular bolalarning estetik didini oshirishga, nutqini oʻstirishga, nutqdagi kamchiliklarni bartaraf qilishga xizmat qiladi. Bundan tashqari tanqidiy, hajviy ruhdagi topishmoqlar uchraydi, ular mazmuniga koʻra tarbiyaviy mohiyat kasb etadi.Lekin topishmoq faqat bolalargagina taalluqli emas ekan. “Z. Husayinovaning maʼlumot berishicha, uzun qish kechalarida urchiq yigirgan va olacha to‘qigan xotinlar Samarqand atrofida boshqa qishloqlardan toʻyga kelib, xonadonlarga boʻlingan mehmonlar oʻzaro chaldirmoq (tez aytish), jumboq, yaʼni topishmoq aytishgan” [3:42]. Bu maʼlumot topishmoqning yosh-u qari orasida taʼlimiy tarbiyaviy ahamiyat kasb etganligidan dalolat beradi. Maqollar xalq donishmandligining ifodasi sifatida vujudga kelgan ogʻzaki ijodi janridir. Turkiy xalqlarning qadimgi uch yuzga yaqin maqolalari Mahmud Koshgʻariyning “Devonu lugʻotut turk” asarida berilgan. Xalq ogzaki ijodi haqida ilmiy ish olib borgan hamma olimlar maqollarda millatning dunyoqarashi, hayot va tabiat voqealariga boʻlgan munosabati aks etganini alohida taʼkidlaydilar. Maqollar insonlarda u yoki bu fazilatlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Yozma adabiyotda ham maqollardan unumli foydalaniladi. Maqollar orqali asar qahramonlarining ichki kechinmalari ruhiy holati ular tushib qolgan sharoitni ifodalash bilan kitobxonga ibrat, saboq berish koʻzlanadi. Masalan, Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romanida “Qarilik yelkangda turadi”, “Qaridik, xoridik – kampir bilan chol bo‘ldik” maqollari Edigey Bo‘ronning ichki kechinmalarini ifodalash bilan birga har bir insonga umrning tez o‘tishi, har fursatni g‘animat bilib, hayot daftarini bezash taradudida bo‘lish kerakligidan adib saboq beradi. Shu asarda Sobitjonning tilidan aytilgan “O‘ladigan odamning o‘lgani yaxshi, ketadigan odamning ketgani yaxshi” maqoli uning tuban olamini ko‘rsatadi. Maqol obraz ichki olamini ochish barobarida yoshlarga 29 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415 xudbinlikning naqadar tuban illat ekanini singdirishga xizmat qiladi.“Itning egasi boʻlsa, bo‘rining Xudosi bor” maqollari roman qahramonlari holatlarini tasvirlashga qoʻl kelgan va kishi har qanday og‘ir sharoitda ham tafakkur qilsa, suyanadigan, taskin oladidan panohini topishi mumkinligiga ishontiradi. Xalq qo‘shiqlarining inson tarbiyasiga ruhiyatiga kayfiyatiga taʼsiri beqiyos. Shuningdek, inson ruhiyati kayfiyatidan kelib chiqib qo‘shiq aytadi yoki tinglaydi. Qoʻshiqlar insonni oʻzgalar dardini, quvonchini, hissiyotini anglashga oʻrgatadi, vatanparvarlik, insonparvarli
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье рассматривается взаимозависимость литературы и народный фольклор, педагогики, роль этих двух укоренившихся форм письменная литература, общественного сознания в воспитании личности.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье рассматривается взаимозависимость литературы и народный фольклор, педагогики, роль этих двух укоренившихся форм письменная литература, общественного сознания в воспитании личности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru), pedagogik qarashlar, развитие личности, педагогические взгляды, nafs tarbiyasi, дидактика, didactics, народный фольклор, folklore, shaxs kamoloti, Самообразование, письменная литература, written literature, personality development, self-depiction, yozma adabiyot, didaktika, xalq og‘zaki ijodi, pedagogical views
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024