Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
История развития искусства бахши в Хорезмском оазисе
Mardonbek RAJAPOV · Bola Bakhshi (Khorezm Mamun Academy)
Общество и инновации · 2021
Аннотация
Калит сўзлар: Ushbu maqola Xorazm hududida baxshichilik san’atining M.Murodov rivojlanish tarixi, uslubiyati, o’ziga hos jihatlari, shuningdek Xo’jayoz baxshi baxshichilik san’atining xalq og’zaki ijodiyoti bilan uzviy Bola Baxshi bog’liqligini aks ettiradi. Jirov Go’rog’li, Avazxon Baziryon dostonlari Shirvoniy va Eroniy maktablari 1 Junior researcher, Khorezm Mamun Academy, Khiva, Uzbekistan Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 2 (2021) / ISSN 2181-1415 История развития искусства бахши в Хорезмском оазисе АННОТАЦИЯ Ключевые слова: В статье отражена история, методология, особенности М.Муродов развития искусства бахши в Хорезмской области, а также Ходжаёз бахши тесная связь искусства бахши с фольклором. Бола Бахши Жиров Эпосы “Горогли”, “Авазхон”, “Базирён” Школы “Ширвоний” и “Эроний” «Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida,tarixiy xotirasida saqlanadi» Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik yillarida O’zbekiston tarixini xolis yaratish, dolzarb tarixiy muammolarni yangicha yondashuvlar va ilmiy qarashlar asosida haqqoniy yaratish muhim vazifaga aylandi[1]. Mustaqillik sharofati bilan O’zbekistonning uzoq o’tmish tarixini yanada chuqurroq anglash, o’rganish va kelajak avlodga yetkazib berishga alohida urg’u beriladi. Haqiqatdan ham «barchamizga ma’lumki, har bir suveren davlat o’zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa haqli ravishda shu mamlakat halqi hisoblanadi»[2]. Vatanimiz tarixini o’rganishning muhim yo’nalishlaridan biri-baxshichilik va dostonchilik san’atidir.An’anaviy dostonchilik tarixi vatanimiz hududida yashab kelgan xalqlarning etnik tarixi bilan uzviy ravishda bog’liq bo’lib, milliy ma’naviyatimizning shakllanishi, tarixiy ong va bilimlarimizni boyitishda nihoyatda katta o’rin tutadi. O‘zbek dostonchiligi juda qadimiy va mo‘tabar ma’naviy meros nishonasidir. Xalq ijodiyoti, san’at insonning ma’naviy kamolotida alohida o‘rin tutadi. Barcha san’atlarning rivoji negizida xalq og'zaki ijodi turadi. Insoniyat paydo bo‘lganidan to bugungi kunga qadar san’atning adabiyot, qo‘shiqchilik kabi turlarida xalq og'zaki namunalardan foydalanib kelinmoqda. San’at inson dunyoqarashini va tafakkurini boyitibgina qolmay, uni ezguliklar, yaxshiliklar, go‘zalliklar olamiga boshlaydi. Inson umrini hayotini kuy-qo‘shiqsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Zero, san’at inson ma’naviy faoliyatining eng muhim qirralaridan biri, bunyodkorlikka undovchi buyuk va qudratli kuchdir. So’nngi yillardagi ilmiy izlanishlar va arxeologik tadqiqotlar Xorazmning eng qadimiy, eng ko’hna o’lkardan biri bo’lganligini, bu o’lkada qadimiyroq o’troqlashgan qabilalar yashagani, ushbu qabilalarning ovchilik, baliqchilik, bog’dorchilik, sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik va hunarmandchilik juda kuchli rivoj topganligini isbot etdilar.[3] Umuman Xorazm-juda qadimdan rivojlangan xalqlar yashagan o’lka bo’lib uning xalqi eramizdan avvalgi mingyilliklardayok o’z madaniyati, ishlab chiqarishi, fani, san’ati, mukammal dini, ma’naviy dunyosi, hatto davlatchilik siyosatiga barcha xalqlardan ilgari ekanligini to’liq isbotlab bergan ko’hna bir zamindir. 592 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 2 (2021) / ISSN 2181-1415 Baxshi so’zining ma’nosi mo’g’ulcha «baxsha» va «bag’sha»- ustod, ma’rifatchi, sanskritcha «bxikshu»-kalandar, darvesh, forscha «baxshidan» so’ziga yaqin bo’lib bag’ishlamoq, in’om qilmoq ma’nosini anglatadi.[4] O’zbekiston hududida baxshi ijrochiligini o’z hususiyati jihatidan 2 turga bo’lish mumkin. 1) Ichki ovoz bilan she’riy shaklda ko’biz yoki do’mbira jo’rligida ijro etish uslubi 2) Asosiy matni hikoya va she’riy matni qo’shiq shaklda ochiq ovozda , ko’pincha dutor va tor jo’rligida ijro etish uslubi[5]. Xorazm baxshichilik sa’nati ijro etish uslubi jihatidan ikkinchi toifa ichiga kiritishimiz mumkin. Xorazm xalq dostonlari hajmi boshqa o’zbek xalq dostonlariga qaraganda kichikligi, shu bilan birga ko’proq musiqaviyligi bilan ajralib turadi. Baxshilar bir voqeaga birlashgan dostonlari o’z boshidan kechirganday qilib, san’atkorlik bilan ijro qilib kelganlar. Baxshilar dutor yoki tor chertib dostonlari yoddan aytganlar. Ma’lumki, Xorazm dostonlari bir kechada so’z va soz bilab kuylab tamomlashga(kun botgandan yarim kechagacha bo’lgan muddatga) mo’ljallangan. Xorazm baxchichilik va dostonchilik tadqiqotchilaridan biri bo’lgan M.Murodov Xorazm dostonchiligi haqida shunday gapirgandi:«Xorazm dostonlarini bevosita kuy bilan tinglash kerak, shundagina ularning ruhi, g’oyaviy-ma’rifiy va baadiy estetik ta’sir quvvatini to’laroq tasavvur etish mumkin bo’ladi.»[6]. Xorazmda doston ijrochilari baxshi deb nom olgan. Baxshi doston voqeasini o’z so’zi, o’z kuyi bilan grimsiz, kastyumsiz bo’lsa ham, yuksak ruhiy kayfiyat bilan aktyorlik qobiliaytini ishga solib tushuntirib bera olgan. Baxshi doston voqealarining salbiy yoki ijobiy nuqatlarini tushuntirish, dost
Доказательный фрагмент
«Калит сўзлар: Ushbu maqola Xorazm hududida baxshichilik san’atining M.Murodov rivojlanish tarixi, uslubiyati, o’ziga hos jihatlari, shuningdek Xo’jayoz baxshi baxshichilik san’atining xalq og’zaki ijodiyoti bilan uzvi…»
Образец извлечения
Демо-превьюКалит сўзлар: Ushbu maqola Xorazm hududida baxshichilik san’atining M.Murodov rivojlanish tarixi, uslubiyati, o’ziga hos jihatlari, shuningdek Xo’jayoz baxshi baxshichilik san’atining xalq og’zaki ijodiyoti bilan uzvi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- M.Murodov, “Shirvoniy” and “Eroniy” schools, Xo’jayoz baxshi, эпосы «Горогли», Baziryon” dostonlari, Ходжаёз бахши, Жиров, Go’rog’li, М.Муродов, Бола Бахши, Jirov, Avazxon, Bola Bakhshi, “Avazkhon”, “Gorogli”, Авазхон, “Baziryon” epics, школы «Ширвоний» и «Эроний»., Базирён, Khojayoz bakhshi, “Shirvoniy” va “Eroniy” maktablari, Bola Baxshi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024