Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
ВИД УПРАВЛЕНЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ И СИСТЕМА УПРАВЛЕНИЯ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА · BOSHQARUV TIZIMI. · Rahimova Xosiyat Uralovna (Surxondaryo viloyati Termiz davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim)
Медицина, педагогика и технологии: теория и практика · 2 · 2024
Аннотация
Правильная организация системы управления в системе дошкольного образования является одной из главных задач современности. В системе дошкольного образования существуют различные важные виды управления, и в статье представлена информация о них. Ключевые слова: непрерывный, совершенствование, знание, план, предмет, принцип, стимул, метод, законы, функции, планирование, управление, проектирование. TYPE OF MANAGEMENT ACTIVITY AND MANAGEMENT SYSTEM IN PRESCHOOL EDUCATION. Annotation:Correct organization of the management system in the preschool education system is one of the main tasks of today. There are various important types of management in the preschool education system, and the article provides information about them. Keywords: continuous, improvement, knowledge, , plan, subject, principle, incentive, method, laws, functions, planning, management, design. Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat 27 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 13.14/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 7, 31 Июль siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari darajasiga ko‘tarildi. Biroq o‘tkazilgan tahlillar maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi еtarli darajada emasligini ko‘rsatmoqda. Jumladan, so‘nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 45 foizdan ziyodroq kamaygan bo‘lib, bugungi kunda respublika bo‘yicha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etadi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talabga javob bermaydi. Maktabgacha ta’lim tizimida variativ dasturlar joriy etilmagan, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil, moslashuvchan modellar yetarli darajada rivojlanmagan hamda taraqqiy etgan mamlakatlar singari ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof muhit bilan tanishuvga yo‘naltirilgan maxsus davlat ta’lim dasturlari tatbiq qilinmagan. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lib, bu bolalarni maktab ta’limiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermaydi. Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim sifati monitoringini yuritish tuzilmaviy va tashkiliy jihatdan nazarda tutilmaganligi sababli, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini baholash zamon talablariga javob bermaydi. Xorijiy davlatlar ilg‘or tajribasining tahlili zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilganligi bilan tavsiflanib, bolaning ijobiy ijtimoiylashuvi imkoniyatlarini namoyon qilish, uning har tomonlama shaxsga oid ma’naviy-axloqiy va ongli rivojlanishi, maktabgacha yoshga oid tegishli faoliyat turlari asosida tashabbuskorligi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, muloqot doirasida katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini ochishga qaratilgan. Ta’limni boshqarish qonuniyatlari boshqaruv jarayonida turli elementlar va hodisalarning obyektiv ravishda mavjud bo‘lgan, takrorlanuvchi o‘zaro aloqalarini aks ettiradi. Ular umumiy va xususiyga bo‘linadi. Umumiy qonuniyatlar boshqaruvning barcha tizimlariga xos bo‘lsa, xususiylari ayrim ta’lim tashkilotlari va tashkilotlarining amal qilishi bilan bog‘liq. Quyidagilarni boshqaruvning umumiy qonuniyatlari sirasiga kiritish mumkin: ustuvor samaradorlik va ongli rejali boshqarish; boshqaradigan va boshqariladigan tizimlarning, boshqarish subyekti va obyektining o‘zaro munosabati, boshqaruvda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi jarayonlarini kuchaytirish. Ushbu qonuniyatlarni ko‘rib chiqamiz. 28 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 13.14/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 7, 31 Июль Ta’limni ongli boshqarishning ustuvor samaradorligi qonuniydir, chunki unda kechayotgan jarayonlarni rejali boshqarish tizimi amalda ushbu jarayonlarni beixtiyor tartibga soladigan boshqarish tizimlaridan samaraliroqdir. Hozirgi ta’limda boshqarishning barcha darajalarida dasturiy-maqsadli yondashuv, tizimli yondashuv va tahlil keng qo‘llanilayotganligi buning dalilidir. Boshqaradigan va boshqariladigan tizimlar, boshqarish subyekti va obyektining o‘zaro munosabati qonuniyat ekanligi boshqaruv sohasining boshqaruv obyekti talablariga muvofiqligini bildiradi. Chunonchi, iqtisodiyotni rivojlantirishda 90-yillarning o‘rtalaridan ko‘zga tashlangan siljishlar mamlakatimizda butun boshqaruv apparatini muayyan o‘zgartirishni talab qildi, bu hol 1997-yildan boshlangan ta’lim va kadrlar tayyorlashdagi islohotl
Доказательный фрагмент
«Правильная организация системы управления в системе дошкольного образования является одной из главных задач современности.»
Образец извлечения
Демо-превьюПравильная организация системы управления в системе дошкольного образования является одной из главных задач современности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- continuous, improvement, knowledge, plan, subject, principle, совершенствование, стимул, непрерывный, предмет, принцип, метод, план, знание
Смежные источники
Журнал универсальных научных исследованийЭ.Я Эрметов, Д.Э Яхшибоева2024
СтатьиХАКИМОВА Лейла Рафиковна, ЮСУПОВ Шухрат Абдурасулович2022
ЦЕНТРАЛЬНО АЗИАТСКИЙ ЭНДОКРИНОЛОГИЧЕСКИЙ ЖУРНАЛЮлдашева Ф.З, Садикова А.С +22022