К содержанию
РецензированоUZ2023

ORGANIZING FAMILY GUESTHOUSES IS A BUSINESS IN THE FIELD OF TOURISM

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА · SOHASIDAGI TADBIRKORLIKDIR

Медицина, педагогика и технологии: теория и практика · 2 · 1-604 · 2023

Аннотация

Tobora dunyo aholisining sayohat qilishga bo‘lgan qiziqishi ortib borishi bilanoq insonlarning o‘z mamlakatlari hududidan boshqa mamlakat hududiga tashriflar hajmi ham ortib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida dunyoga yangicha sanoatning vujudga kelishiga sabab bo‘lmoqda, ya’ni bu sanoat “turizm sanoati”dir. Turizm sanoati bu yaxlit tizim bo‘lib u ko‘plab xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarni o‘z ichiga oladi. Mehmonxonalar ana shunday tarmoqlarning eng muhimi hisoblanadi. O‘z navbatida bunday muhim sohani faoliyatini tartibga solish ham anchagina masuliyatni talab qiladi. Biz ham mazkur maqolada turizmning iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati, mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil etdik. Shu bilan birga rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasi asosida yurtimizda mehmonxona turizmi va oilaviy uylarni tashkil etish borasida takliflar keltirilgan. Ushbu maqolada turizm va mehmonxona xo‘jaligining iqtisodiyotda tutgan o‘rni, afzalliklari haqida so‘z yuritilgan bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari talabalari, professor-o‘qituvchilari, soha xodimlari hamda keng auditoriya uchun mo‘ljallangan. Kalit so‘zlar: iqtisodiyot, xalqaro turizm, turizm industriyasi, mehmonxona, mehmonxona xo‘jaligi, infratuzilma, restoranlar, turoperator. Kirish. Turizm bu davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy, tomondan tez rivojlanishidir. Obro‘-e’tiborining oshishiga olib keladi. O‘zbekiston turizm bo‘yicha Yevropadan qolishmaydigan potensialga ega. Lekin bu potensialdan kam foydalanish shuncha rivojlanishdan qolmoq deganidir. Ta’kidlash lozimki, so‘nggi yillarda turizmning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati, turizm sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va jozibador muhitni shakllantirish masalalari iqtisodchi olimlar o‘rtasida qisman bayon etilgan. Bizningcha, hozirgi vaqtda xalqaro turistik xizmatlarning rivojlanish dinamikasi tahlilini olib borib, sohada amalga oshirilayotgan davlat siyosati samaradorligiga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega. Respublikamizga tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlar sonini tobora oshirib borish bilan birga, ularni xalqimizning boy 112 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 11.79/2023 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 7, 31 Июль madaniyati, an’analari, tarixi, turmush tarzi, milliy taomlari va dehqonchilik mahsulotlari bilan tanishtirish keng yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu o‘z navbatida respublikamiz hududlariga tashrif buyurayotgan turistlar oqimini oshirish, aholini turizm sohasida bandligini ta’minlash va turizm xizmatlari eksportini ortishiga xizmat qiladi. O`zbekistonning boy tarixi, madaniy merosi va go'zal tabiati turizm sohasida katta salohiyatga ega. So`nggi yillarda davlatimizda turizmni rivojlantirishga katta e`tibor qaratilib, bu sohada ko`plab islohotlar amalga oshirildi. Turizm sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun oilaviy mehmon uylarini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada oilaviy mehmon uylarini tashkil etish jarayonlari va uning afzalliklari haqida so`z yuritamiz. Barchamiz bilamizki, fuqarolar yig‘inlari hududlarida 20 tadan kam bo‘lmagan oilaviy mehmon uylari yaratilgan taqdirda va sayyohlar uchun kamida besh xil xizmat turi (yashash va/yoki ovqatlantirish xizmatlaridan tashqari) ko‘rsatilgan taqdirda, ularga “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” maqomi beriladi. 2020-yildan boshlab “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” maqomining berilgan fuqarolar yig‘ini “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlariga kiritiladi. Ta’kidlash kerakki, hozirgi vaqtda mehmonxonalar xizmati sifati kategoriyasini, xususan uni boshqarish obekti sifatida ko‘rib chiqishda ko‘plab mualliflar o‘rtasida yagona tushunish mavjud emas. Fikrimizcha mehmonxona xizmatlari sifati standartlarda belgilangan ma’lum to‘plam va mijozlar olishni kutayotan bir turli xizmatlar xossasi bo‘lib, ular turli kategoriyadagi joylashtirish vositalarida o‘ziga xos va tegishli sifatlar to‘plamiga ega bo‘ladi, mehmonxona korxonalari doirasida mijozlarning vaqtincha joylashish, ovqatlanish, turli qo‘shimcha va yordamchi boshqa turdagi xizmatlarga mijozlarning amaliyotda aniqlangan va nazarda tutilayotgan individual extiyojlarini qondirishni ta’minlaydi. Shu nuqtai nazardan sifat tegishli standartlarda belgilangan normativ xossalariga ega bo‘ladi, sifatni faqat bir turdagi, o‘xshash xizmatlar bo‘yicha taqqoslash mumkin, sifatni har bir iste’molchi tomonidan ijtimoiy iqtisodiy parametrlar va uning shaxsiy afzal ko‘rishi asosida baholash mumkin. Tadqiqot metodologiyasi. Taqdqiqot metodologiyasi sifatida mehmonxonalarda turistik xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini boshqarishga oid olimlar fikrini o‘rgangan holda, kuzatish, qiyoslash, emperik tadqiqot, tizimli va 113 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 11.79/2023 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 7, 31 Июль

Доказательный фрагмент

«Tobora dunyo aholisining sayohat qilishga bo‘lgan qiziqishi ortib borishi bilanoq insonlarning o‘z mamlakatlari hududidan boshqa mamlakat hududiga tashriflar hajmi ham ortib bormoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Tobora dunyo aholisining sayohat qilishga bo‘lgan qiziqishi ortib borishi bilanoq insonlarning o‘z mamlakatlari hududidan boshqa mamlakat hududiga tashriflar hajmi ham ortib bormoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mehmonxona xo‘jaligi, turizm industriyasi, mehmonxona, infratuzilma, xalqaro turizm, restoranlar, turoperator, iqtisodiyot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[3]МедицинаENРецензированоОткрытый доступ
ACUTE HEMATOGENIC OSTEOMYELITIS IN CHILDREN

СтатьиМИРЗАКАРИМОВ Бахромжон Халимжонович, МЕЛИБАЕВ Фарход Абдупаттохович2022

4