Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INNOVATSION IQTISODIYOTGA O‘TISH SHAROITIDA DAVLAT ULUSHI MAVJUD BOʻLGAN AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA KORPORATIV BOSHQARUVNI TAKOMILLASHTIRISHNI XORIJIY TAJRIBALARI
UZBEKISTAN” JURNALI · Keulimjaev Baxtiyar Qonaqbaevich
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024
Аннотация
В статье рассмотрен зарубежный опыт совершенствования корпоративного управления на государственных предприятиях на основе международных стандартов и передовых практик. Ключевые слова: корпоративное управление, акционерное общество, имущественная политика, государственная доля. Annotation. The article discusses foreign experience in improving corporate governance at state-owned enterprises based on international standards and best practices Keywords: corporate governance, joint-stock company, property policy, state share. Jahonda globallashuv jarayonlarining kuchayib borishi sharoitida strategik ahamiyatga ega kommunal, transport, energetika va boshqa sohalarda faoliyat koʻrsatuvchi, davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining aholi kundalik hayoti va iqtisodiyotning rivojlanishidagi oʻrni jadal oʻsib bormoqda. Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, “davlat ulushi mavjud korxonalar COVID-19 pandemiyasidan oldin muhim rol oʻynagan va pandemiyadan keyingi davrda ham shunday boʻladi”1. Davlat ulushi mavjud korxonalar soʻnggi 20 yil ichida eng yirik va eng tez rivojlanayotgan transmilliy kompaniyalardan boʻldi. Xalqaro valyuta 1 Building SOE Crisis Management And Resilience Emerging Practices and Lessons Learned during the COVID-19 Crisis, 2022, World Bank Group, Page 3 304 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 jamgʻarmasi tadqiqoti shuni koʻrsatdiki, “soʻnggi 10 yil ichida dunyoning eng yirik korporatsiyalari orasida davlat ulushi mavjud korxonalarning ahamiyati ikki baravar oshgan: ularning aktivlari 45 trln. AQSh dollari miqdorida jami global yalpi ichki mahsulotning 50 foizini tashkil etdi”2. Bu esa jahon miqyosida davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish masalalarining dolzarbligi oshib borayotganini ko‘rsatadi. Jahonda korporativ boshqaruv va uni joriy etishdagi muammolar va ularni takomillashtirish borasida koʻplab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Korxonalar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini oshirish, ularning hisobotlarini xalqaro standartlar asosida tuzish va uning toʻgʻriligi taʼminlash, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish, boshqaruv organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish va korporativ boshqaruv samaradorligini baholash bu borada amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlaridan hisoblanadi. Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish, ularning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, boshqaruv va nazorat organlari javobgarligini oshirish, korxonalarni isloh qilish va samaradorligini oshirish boʻyicha bir qator davlat dasturlari qabul qilinib, amaliy harakatlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi 166-son qarori bilan tasdiqlangan «2021-2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish Strategiyasi» ga muvofiq davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarini boshqarish va isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari belgilangan. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi 2 https://www.imf.org/en/Blogs/Articles/2020/05/07/blog-state-owned-enterprises-in-the-time-of-covid-19 305 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PQ–300-son qaroriga muvofiq ustav kapitalida davlat ulushi ustun mavqega ega korxonalarning tegishli boshqaruv organlarida ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish koʻzda tutilgan. Biroq, davlat ishtirokidagi korxonalarida transformatsiya jarayonlarini oʻtkazmasdan va ularni isloh qilmasdan turib, korxonalarda korporativ boshqaruvni takomillashtirish qiyin kechishi mumkin. Shuning uchun davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruv tamoyillarini takomillashtirish bugungi kundagi muhim vazifa hisoblanadi. Davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirishda xorij tajribasi, jumladan yangi mexanizmlar va amaliy jihatlar juda muhim hisoblanadi. Davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlari uchun asosiy xalqaro hujjatlardan biri bu Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Davlat ishtirokidagi korxonalar uchun korporativ boshqaruv boʻyicha rahbarlik tamoyillari3 (keyingi oʻrinlarda – Rahbarlik tamoyillari) hisoblanadi. Rahbarlik tamoyillari «davlat ishtirokidagi korxonalarning samarali, shaffof va masʼuliyat bilan ishlashini taʼminlash boʻyicha hukumatlarga tavsiyalarni oʻz ichiga oladi. Ular passiv mulkchilik va davlatning haddan tashqari aralashuvi tuzoqlariga yoʻl qoʻymaslik uchun davlatlar oʻzlarining davlat mulki funksiyalarini qanday amalga oshirishlari kerakligi boʻyicha xalqaro miqyosda qabul qilingan standartni taqdim etadi»4. Mazk
Доказательный фрагмент
«В статье рассмотрен зарубежный опыт совершенствования корпоративного управления на государственных предприятиях на основе международных стандартов и передовых практик.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассмотрен зарубежный опыт совершенствования корпоративного управления на государственных предприятиях на основе международных стандартов и передовых практик. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- corporate governance, joint-stock company, property policy, state, aksiyadorlik jamiyat, davlat ulushi., korporativ boshqaruv, mulki siyosati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024