К содержанию
РецензированоUZ2023

SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI QO`LLASHDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYALARINING O`RNI. QATAR TAJRIBASI.

O`RNI. QATAR TAJRIBASI. · Berdialiyev Mirzafar Murodovich

Журнал универсальных научных исследований · 2023

Аннотация

Ushbu maqolada muallif zamonaviy dunyoning kaliti sifatida baholanayotgan sun’iy intellekt texnologiyalarining ahamiyati, jahon mamlakatlarining mazkur sohani rivojlantirish uchun qabul qilgan strategiyalari va maqsadlari, qaysi model samaraliroq bo`lishi to`g`risida tahliliy yondashuvlarni olib borgan. Shuningdek Qatar davlati tomonidan 2019 yilda ishlab chiqilgan Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasining jozibadorligi va aqlli texnologiyalarni ta’lim, sog`liqni saqlash, iqtisodiyot va turizm sohalarida qo`llashning foydali tomonlari o`rganilgan. Kalit so`zlar: sun’iy intellekt, strategiya, model, avtomatlashtirish, Qatar, raqamlashtirish, diversifikatsiya, ma’lumotlar bazasi, raqamli dunyo, internet, robot, to`rtinchi sanoat inqilobi, Oxford Insights. Hozirgi kunda butun dunyo miqyosida sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqarish, ulardan foydalanish jadal rivojlanib bormoqda. Ushbu texnologiyalardan foydalanish evaziga turli sohalarda ishlar arzon narxlarda, yuqori samarali tarzda bajarilib, qisqa fursatda belgilangan natijaga erishilishiga olib kelmoqda. Hattoki kundalik hayotimizdagi ma’lum yumushlarni qilishda ham sun’iy intellektning ahamiyati borgan sari ortib bormoqda. Jahon iqtisodiyot forumi asoschisi Klaus Shvab ta’kidlaganidek, sun’iy intellekt – bu to`rtinchi sanoat inqilobining asosi. Chunki mazkur davrda jamiyatning turli sohalari avtomatlashtiriladi, ishlar va xizmatlar aqlli mashinalar yordamida bajariladi va buning natijasida inson bajaradigandan ko`ra sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga, aholiga qisqa vaqt ichida samarali xizmat ko`rsatilishiga, iqtisodiyotning o`sishiga, ta’lim sifatini yaxshilashga, sun’iy intellekt texnologiyalari orqali jinoyatlarni oldini olishga erishiladi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari sun’iy intellektni mamlakat taraqqiyotining drayveri sifatida baholab, hozirda 34 mamlakat, xususan AQSH, Rossiya, Fransiya, Germaniya Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Qatar, BAA, 241 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-7 Hindiston, Singapur va boshqalar, o`zining sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqdi. Ushbu mamlakatlarning strategik rejalashtirish maqsadlariga ko`ra, ularni uch modelga ajratishimiz mumkin: - birinchi modelda qabul qilinayotgan dasturiy hujjatlar asosan sun’iy intellektga bag`ishlangan bo`lib, sun’iy intellekt bilan bog`liq munosabatlarni qat’iy tartibga solish ko`zda tutilmagan, bu model biznesga ma’muriy to`siqlarga duch kelmasdan yangi yo`nalishlarni faol rivojlantirishga imkon beradi, bunga misol qilib Xitoy mamlakatining sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini keltirishimiz mumkin; - ikkinchi modelda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bilan bog`liq munosabatlarni tartibga solish normalari ko`proq ahamiyatga ega bo`lib, qoida tariqasida, sun’iy intellekt tizimlarining o`ziga xos turlari tartibga solinadi, ammo kompleks tarzda boshqarishni yaratishga bo`lgan urinishlar ham mavjud. Rivojlanishning mazkur modelini tanlagan mamlakatlarda strategik rivojlantirish hujjatlari bo`lmasligi mumkin, ammo sun’iy intellektning ayrim turlaridan foydalanishga doir qonunlar allaqachon mavjud. - Uchinchi modelda esa yuqoridagi ikki modelning kombinatsiyasi bo`lib, gibrid model deya ta’riflashadi. Bunga AQSH mamlakatini misol qilib olsak bo`ladi. Yuqoridagi mamlakatlarning sun’iy intellektni rivojlantirish bo`yicha strategiyalariga e’tibor beradigan bo`lsak, ularning oldiga qo`ygan asosiy maqsadlari quyidagilardn iborat: - Ta’lim sohasini rivojlantirish va aholini sun’iy intellektdan foydalanish qobiliyatini oshirish; - Hukumatni raqamlashtirish va davlat xizmatini yaxshilash; - Iqtisodiyotni sun’iy intellekt asosida yanada o`sishiga olib kelish; - Zamonaviy kasblarni joriy etish va yangi kasb o`rinlarini yaratish1. Sun’iy intellektning kelib chiqishi AQSh bilan bevosita bog`liq bo`lib, bu sohadagi eng so'nggi ishlanmalar Shimoliy Amerikada yaratilmoqda. Biroq, boshqa davlatlar “sun’iy intellektning super qudrati" maqomiga da’vogarlik qilmoqda. Misol uchun Xitoy 2030 yilga kelib sun’iy intellekt bo`yicha jahon yetakchisi bo`lishni 1 Ryan Abbott, The Reasonable Robot. Artificial Intelligence and the Law. University of Surrey School of Law, 2020. 242 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-7 maqsad qilib qo`ygan va bu maqsadga erishish uchun katta sarmoya kiritmoqda, ayniqsa “ma'lumotlar” dan strategik aktiv sifatida foydalanishga katta e’tibor qaratmoqda. Kanada, Yaponiya va Buyuk Britaniya kabi davlatlar ham global yetakchilikka qaratilgan sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyalarini qabul qilgan. Daniya, Tayvan va Janubiy Koreya kabi davlatlar ham sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqqan bo`lib, ular global yetakchilikka da’vo qilmasalar-da, jamiyatda sun’iy intellektdan foydalanishni rag‘batlantirish va mahalliy ehtiyojlar uchun sun’iy intellekt yechimlarini ishlab chiqi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada muallif zamonaviy dunyoning kaliti sifatida baholanayotgan sun’iy intellekt texnologiyalarining ahamiyati, jahon mamlakatlarining mazkur sohani rivojlantirish uchun qabul qilgan strategiyalari va maqsad…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada muallif zamonaviy dunyoning kaliti sifatida baholanayotgan sun’iy intellekt texnologiyalarining ahamiyati, jahon mamlakatlarining mazkur sohani rivojlantirish uchun qabul qilgan strategiyalari va maqsad… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
diversifikatsiya, strategiya, raqamlashtirish, to`rtinchi sanoat inqilobi, internet, robot, ma’lumotlar bazasi, avtomatlashtirish, Qatar, sun’iy intellekt, raqamli dunyo, Oxford Insights., model
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники