Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Распространение гельминтозов в некоторых районах Навоийской области.
Илхом Улашов (Ветеринарный научно-исследовательский институт) · Ж Исаев (Ветеринарный научно-исследовательский институт) · И Усманов (Ветеринарный научно-исследовательский институт) · У Мухторов (Ветеринарный научно-исследовательский институт)
in Library · 62-64 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Navoiy viloyatining ayrim xo‘jaliklarida gelmintlarni tarqalish darajasi o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: Gelmint, gelmintoz, boshqa oshqozon-ichak strongilyatozlar, moniezioz, marshallagioz, gelmintoovoskopiya, fyulleborn ketma-ket yuvish. Kirish. Chorva mollari sonini va mahsuldorligini oshirish, ular orasida uchraydigan turli xil invazion kasalliklar, jumladan gelmintozlar jiddiy to‘siq bo‘lib hisoblanadi. Gelmintozlarning oldini olish, bu kasalliklarga qarshi yangi, mahalliy va yuqori samarali uslub-vositalar ishlab chiqish, bu vositalarni gelmintozlarga qarshi kurash amaliyotiga keng-ko‘lamda qo‘llanishiga erishish lozim. Ushbu muammoni hal qilish, ya’ni chorvachilik, umuman insoniyat uchun xavfli bo‘lgan gelmintozlarga qarshi samarali kurash vositalarni yaratish, ayniqsa yangi, mahalliy antgelmint vositalar yaratish va ulardan foydalanish uslublarini ishlab chiqish dolzarb muammo ekanligi shubhasizdir. Oxirgi yillarda chorvachilikda vujudga kelgan o‘zgarishlar, ya’ni mulkchilikshaklining o`zgarishi, chorvachilik xo`jaliklarining hajmi va ularda chorva mollarini saqlash va oziqlantirish texnologiyasidagi o`zgarishlar turli gelmintozlarning tarqalish darajasi, asosiy gelmintozlar, ularning yil mavsumlari bo‘yicha o‘zgarishi (dinamikasi)ni aniqlash va bu ma’lumotlarga asoslangan davolash-profilaktika chora-tadbirlar ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, gelmintozlarni davolash va oldini olishning asosiy omili bu degelmintizatsiya bo‘lib bu tadbir turli xil kimyoviy preparatlar hamda ayrim o‘simlik tabiatli vositalar bilan amalga oshiriladi. Hozirgi davrda antgelmint vositalarning asosiy qismi kimyoviy preparatlar bo`lib, ular turli kimyoviy guruhlarga mansub, ya’ni organik moddalar, tuzlar, murakkab tuzilishga ega bo`lgan moddalardir. Bu vositalarning kimyoviy xususiyatlari bilan antgelmint faolligining bir-biriga bog‘liqligini aniqlash, yangi antgelmint vositalar yaratishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va kimyo mutaxasislariga tegishli tavsiyalar berish muhim ahamiyatga ega. Umuman olganda bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan chorvachilikni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, chorva mollari mahsuldorligi oshirish va uning sifatini yaxshilashda turli kasalliklar, jumladan gelmintozlarga qarshi kurash, bu tadbirni amalga oshirishda mahalliy vositalardan foydalanish dolzarb muammo bo`lib hisoblanadi. Ayniqsa hozirgi davrda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar – qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shu jumladan chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni jadallashtirishga qaratilgan, klastr asosida faoliyat yuritadigan xo‘jalik va birlashmalardan gelmintozlarga qarshi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshiraborish talab etiladi. Tadqiqotning maqsadi. Chorvachilik yuritishning hozirgi sharoitida chorva mollarining asosiy gelmintozlarining tarqalish darajasini aniqlash. Hayvon yoshi va yil mavsumlari bo‘yicha dinamikasini aniqlash. Material va metodlar. Ilmiy tadqiqot ishlari Navoiy viloyatining ayrim hududlarida tekshirish ishlari olib borildi. “Zarolmos qorako‘l” f.x. hududida 40 bosh qo‘ylardan, “Qizilcha” sh.x. hududida esa 20 bosh qo‘ylardan va “Istiqlol” n.x. 20 bosh qo‘ylardan tezak namunalari olinib tekshiruvdan o‘tkazildi. 238 28-iyun 2024-yil. Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO‘PLAM – 1/24 Tadqiqotlar davomida olingan namunalar veterinariya ilmiy tadqiqot instituti gelmintologiya laboratoriyasida olib borildi. Gelmintoovoskopik tekshirishlardan fyulleborn va ketma-ket yuvish usullaridan foydalanib tekshirildi. Natijalar va ularning tahlili. Qo‘ylarda gelmintlarni tarqalishini o‘rganish natijalari 1- jadvalda keltirilgan. 1-jadval Qo‘ylardan olingan tezak namunalarini tekshirish natijalari. Fulleborn va ketma-ket yuvish usulida tekshirilganda Hudud b H os a h y v s o o n n i z o r e d o t a m z o i z e i n M o z o i g a l l a h s r n o z o q h s o a q - k a h c i r a l z o t a y l i g n n a l i b r a l z o t n i i h s i n a l r a r a z y i e a h o mm N M s o B r t s l e G u m u n= % n= % n= % n= % n= % Zarolmos 40 19 47.5 2 5 12 30 20 50 37 92.5 qorako‘l f.x. Qizilcha sh.x. 20 8 40 4 20 9 45 14 70 17 85 Istiqlol n.x. 20 - - - - - - 1 - 1 5 Jami: 80 27 33.7 6 7.5 21 26.5 35 43.5 55 68.5 Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Zarolmos qorako‘l f.x. hududida 40 bosh qo‘ylardan olingan tezak namunalari tekshirilganda ularning 19 boshida nematoderoz, 2 boshida monezioz, 12 boshida marshallagioz va 20 boshida boshqa oshqozon-ichak strongilyatozlari qo‘zg‘atuvchilarining tuxumlari borligi aniqlandi. Gelmintozlar bilan umumiy zararlanishi esa 92.5 foizni tashkil etdi. Qizilcha sh.x. hududida 20 bosh qo‘ylardan olingan tezak namunalari tekshirilganda ularning 8 boshida nematoderoz, 4 boshida monezioz, 9 boshida marshallagioz va 14 boshida boshqa oshqozon-ichak strongilyatozlari qo‘zg‘atuvchilarining tuxumlari borligi aniqlandi. Gelmintozlar bilan umumiy zararlanishi esa 85 foizni tashkil etdi. Istiqlol n.x. hududida 1 boshida boshq
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Navoiy viloyatining ayrim xo‘jaliklarida gelmintlarni tarqalish darajasi o‘rganilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Navoiy viloyatining ayrim xo‘jaliklarida gelmintlarni tarqalish darajasi o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- гельминтозы, гельминтоовоскопия, boshqa oshqozon-ichak strongilyatozlar, marshallagioz, helmintoovoscopy, fyulleborn ketma-ket yuvish., fulleborn sequential washing., helminthosis, gelmintoovoskopiya, фульборновское последовательное промывание., monieziosis, marshallagiosis, мониезиозы, Gelmint, moniezioz, gelmintoz, маршаллагиозы, other gastro-intestinal strongylatosis, Helminth, другие желудочно-кишечные стронгилятозы, Гельминты
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026