К содержанию
РецензированоEN2024

IJTIMOIY TARMOQLAR ORQALI YOSHLAR ORASIDA DINIY EKSTIRIMIZIMNING TARG'IB QILINISHI

EKSTIRIMIZIMNING TARG'IB QILINISHI · Husanov Bo'stonbek Erkin o'g'li

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

It is no secret to any of us that social networks have become a powerful informational weapon today. These networks serve as an important source of propaganda and propaganda of ideological and ideological threats on a global scale. Special attention is paid to influencing the hearts, minds and souls of the youth through these networks. As a result, the youth's spirituality is derailed. Therefore, the rise of various ideological, ideological and informational attacks should not be ignored. Key words: "beehive", "Yahwehists", "Piatisyatniks", "initiative Baptists", ideological weapon. ПРОДВИЖЕНИЕ РЕЛИГИОЗНОГО ВЫРАЖЕНИЯ СРЕДИ МОЛОДЕЖИ ЧЕРЕЗ СОЦИАЛЬНЫЕ СЕТИ Аннотация. Ни для кого из нас не секрет, что социальные сети сегодня стали мощным информационным оружием. Эти сети служат важным источником пропаганды и пропаганды идеологических и идеологических угроз в глобальном масштабе. Особое внимание уделяется воздействию на сердца, умы и души молодежи через эти сети. В результате духовность молодежи подорвана. Поэтому нельзя игнорировать рост различных идеологических, идеологических и информационных атак. Ключевые слова: «улей», «яхвесты», «пятисятники», «инициатива баптистов», идеологическое оружие. Diniy ekstremizm — baʼzi diniy tashkilotlar yoki asosan ayrim dindorlarning jamiyat qonun-qoidalariga mos kelmaydigan mafkurasi va faoliyati1. Bugungi kunga kelib, internet tizimining ijtimoiy tarmog‘ida ma’naviy, axloqiy tubanlikni “targ‘ib” etuvchi sahifalarning soni bir nech yuz miliondan oshayotganligi insoniyatni yanada tashvishlantiradi. Bu haqda Chingiz Aytmatov shunday yozadi: 1 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Diniy_ekstremizm 2 76 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ “Tuya terisini odamning taqir boshiga kiydirish shart emas. Endi sodir bo‘ladigan urushlar jang maydonida emas, balki mafkura poligonida yuz beradi. Shu jihatdan qaraganda, yoshlarning ko‘p vaqtini internetda behuda sarflashi katta fojiadir”2. Ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda qudratli axboriy qurolga aylanganligi hech birimizga sir emas. Bu tarmoqlar jahon miqyosida mafkuraviy- g'oyaviy tahdidlarni targ'ibot va tashviqot etishda muhim manba vazifasini o'tamoqda. Bu tarmoqlar yordamida yoshlarning qalbi, ongi va ruhiyatiga ta'sir ko'rsatishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Buning natijasida yoshlar ma’naviyati izdan chiqishiga olib kelmoqda. Shu boisdan ham, turli-tuman g'oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlarining avj olishini e'tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Bugungi kunda internet ayrim “shaxslar” uchun g‘oyaviy qurolga aylanayotgan masalaning eng muammoli jihatidir. Yaqin o‘tmishda biror davlatni zabt etish uchun qurol, tank va shu kabi vositalardan foydalanilgan bo‘lsa, hozir bunday qurollarning ahamiyati pasayib boryapti. Bularning o‘rnini ommaviy axborat vositalari, ayniqsa, internet egallayapti. Shundan ko‘rinadika, hozir biror xalqni yoki mamlakatni tobe qilish uchun, o‘sha mamlakat yoshlarining ongini zabt etish kifoya. Bu fikrning isboti sifatida “Arab baxori” buxronlari yoki Yevropaning ayrim xududlaridagi notinchliklarni aytish mumkin. Hozirgi tahlikali zamonda internet tarmog‘i orqali taraqatilayotgan g‘arazli ma’lmumotlar, vayronkor g‘oyalar, odob-axloqni yemiruvchi illatlar yosh avlodning har biriga ta’sir o‘tkazmoqda. Keyingi paytlarda internet orqali buzg‘unchilikka chaqiruvchilar, global tarmoqdan qabih maqsadda foydalanuvchilar ko‘payib bormoqda. Diniy ekstemizm koʻpchilik dinlarda mavjud boʻlib, uning tarafdorlari oʻz oldiga siyosiy maqsadlarni qoʻyadi. Islom ekstremizmining aqidasiga koʻra, birinchidan, goʻyo barcha hozirgi zamon musulmon jamoalari islomiy tuslarini yoʻqotganlar va „Johiliya“ asri jamiyatlariga aylanganlar. Bunday yondashuv hukumat va uning olib borayotgan siyosatini keskin tanqid qilish uchun „asos“ boʻlib xizmat qiladi. Ikkinchidan, goʻyo faqat „haqiqiy“ musulmonlar hokimiyatga kelgach, barpo boʻlajak „islomiy tartib“ni o'rnatish uchun keskin va agressiv harakat qilmoqlari lozim. Bunday harakatning konunga muvofiqligi masalasi ular tomonidan umuman oʻrtaga qoʻyilmaydi, zero, ular faqat shariatga (bu ham ularning tor talqinida) tayanib ish koʻradilar va oʻzlarini islomdan chekingan hokimni agʻdarishga guyo haqli deb biladilar. Islom ekstremizmining „nozik“ tomoni uning „din“ga (haqiqiy dinga emas) asoslanganidadir. Guruh rahbarlari oʻz qoʻl ostidagi aʼzolarining ongiga shu darajada taʼsir oʻtkazadilarki, ular hatto oʻzlarini qurbon qilishga, muayyan maqsad yoʻlida „shahid“ yoki „kamikadze“ boʻlishga tayyor turadilar. „Musulmonbirodarlar“ harakati (Misr, 1928) dan yetishib chiqqan Sayyid Qutb (1906— 65) hozirgi zamon islom ekstremizmining gʻoyaviy asoschisi sifatida tan olingan. Uning „nazariya“siga koʻra, oʻzini musulmon deb hisoblovchilarning koʻpchiligi aslida musulmon emas va umuman, barcha davlatlar islomga qarshidirlar. Demak, maqsad — islom davlatini barpo qilish va jamiyatni toʻligʻicha islomlashtirishdir. X

Доказательный фрагмент

«It is no secret to any of us that social networks have become a powerful informational weapon today.»

Образец извлечения

Демо-превью

It is no secret to any of us that social networks have become a powerful informational weapon today. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
"beehive", "Yahwehists", "Piatisyatniks", "initiative Baptists", ideological
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники