К содержанию
РецензированоEN2026

MAMLAKATIMIZDA LOYIHALARNI BOSHQARISHNING ISTIQBOLLARI

Xasanova Shaxnoza Turdibayevna

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

This article identifies the relative advantages and priority directions for improving the efficiency of projects, and their use in monitoring investment projects involving foreign investments, attracting funds from international financial organizations and foreign investors to priority investment projects: Keywords: Investment projects, project management, attraction of investors' funds. ПЕРСПЕКТИВЫ ПРОЕКТНОГО МЕНЕДЖМЕНТА В НАШЕЙ СТРАНЕ Аннотация. В данной статье определены относительные преимущества и приоритетные направления повышения эффективности проектов, а также их использование при мониторинге инвестиционных проектов с участием иностранных инвестиций, привлечении средств международных финансовых организаций и иностранных инвесторов к приоритетным инвестиционным проектам: Ключевые слова: Инвестиционные проекты, проектное управление, привлечение средств инвесторов. O‘zbekiston Respublikasida investitsiya loyihasini amalga oshirish shartlariga bog‘liq holda investitsiya loyihasi hujjatlari quyidagicha izchillikda ishlab chiqiladi: a) dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash (DTIA) - moliyalashtirish manbalari va shartlarini kelishish; b) dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash (DTIH) - moliyalashtirish manbalari va shartlarini kelishish; v) ishchi loyiha-tanlov hujjatlari. Investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki hisoblash bo‘yicha 67 xulosalarni ko‘rib chiqish va tayyorlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: a) O‘zbekiston Respublikasi "Davarxitektqurilish" qo‘mitasi tomonidan - dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki hisoblash hamda tegishli vazirliklar va loyiha tashabbuskorlari bo‘lgan idoralarning - Shaharsozlik kodeksi talablariga, normativ hujjatlar talablariga va qabul qilinayotgan qurilish qiymatining qaror topgan bozor kon’yunkturasi darajasiga muvofiqligi yuzasidan tarmoq xulosasi taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda; b) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan - dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki hisoblash va "Davarxitektqurilish" qo‘mitasining quyidagilar bo‘yicha xulosasi taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda: Dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash bo‘yicha - iqtisodiyotni barqaror, mutanosib rivojlantirishni ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirishni, tarkibiy qayta o‘zgartirishlarni, tarmoqlararo kooperatsiyalashni amalga oshirishni, investitsiya siyosatini ro‘yobga chiqarishni, ishlayotgan quvvatlardan foydalanishni, shuningdek xom ashyo va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bozori kon’yunkturasini ta’minlash nuqtai nazaridan loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash yuzasidan; Dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash bo‘yicha - ijtimoiy ahamiyatini, ijtimoiy sohaning alohida tarmoqlarini va "boshqa tarmoqlar"ni rivojlantirish bo‘yicha Hukumat qarorlariga muvofiqligini ishlab turgan quvvatlardan foydalanishni va ularni joylashtirishni maqbullashtirishni hisobga olgan holda baholash yuzasidan; v) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan - dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki hisoblash hamda "Davarxitektqurilish" qo‘mitasining tavsiya etilayotgan marketing konsepsiyasi, tayyor mahsulotni sotish istiqbollari asosida jahon bozori kon’yunkturasi, shuningdek tavsiya etilayotgan texnologiyaga muvofiq asbob-uskunalarning narxlarning cheklangan parametrlari nuqtai nazaridan loyihani amalga oshirish imkoniyatini baholash yuzasidan xulosasi taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda ko‘rib chiqiladi. Tashabbuskor tomonidan talab qilinayotgan asbob-uskunalar (texnologik liniya), shu jumladan yakka tartibda tayyorlanayotganlarining to‘liq va mufassal tavsifini taqdim etish mumkin bo‘lmagan taqdirda asbob- uskunalarning narxlarining cheklangan parametrlari Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar yoki hamkorlikni ekpertizadan o‘tkazish jarayonida baholanishi mumkin. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi o‘z vakolatlari doirasida tashabbuskorga investitsiya loyihalarining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki hisoblashni 68 ishlab chiqishda prognozlanayotgan uch besh yillik davr uchun ichki va tashqi bozorlar marketingini ishlab chiqishni tashkil etishda ko‘maklashadilar. g) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan - dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki hisoblash va "Davarxitektqurilish" qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining quyidagilar bo‘yicha xulosalari taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda: Dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash bo‘yicha - loyihaning moliya- iqtisodiy samaradorligini va qoplanuvchanligini baholash, loyihaning maqbul parametrlariga erishishni ta’minlaydigan moliyalashtirishga ehtiyojni aniqlash, shuningdek loyihani moliyalashtirishning tavsiya etilayotgan variantlarini baholash yuzasidan; Dastlabki texnik-iqt

Доказательный фрагмент

«This article identifies the relative advantages and priority directions for improving the efficiency of projects, and their use in monitoring investment projects involving foreign investments, attracting funds from in…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article identifies the relative advantages and priority directions for improving the efficiency of projects, and their use in monitoring investment projects involving foreign investments, attracting funds from in… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Investment projects, project management, attraction of investors' funds
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники