American Journal of Agriculture and Horticulture InnovationsGINNING ENTERPRISES, Ungarov Azizbek Abdumo‘Min O‘G‘Li +22022
Ветеринарно-санитарная экспертиза препаратов, применяемых при заболевании туберкулезом крупного рогатого скота.
QORAMOLLARDA TUBERKULOZ KASALLIGIDA OLINADIGAN · MAXSULOTLARNING VETERINARIYA SANITARIYA EKSPERTIZASI · Do’sкulov V.M. · Ibragimov F. M. · Mamadullaev G.X.
in Library · 5 · 12-18 · 2022
Аннотация
This article reviews the literature data on the evaluation of veterinary and sanitary examination of products obtained from infected animals from tuberculosis. Keywords: Bovines, humanus, produktiv, Sil-Nilsen, fibrinolytic flotation Kirish. Respublikamiz axolisiga sifatli go’sht va sut maxsulotlari yetkazib berish xamda dexqon bozorlarini jamoat salomatligi uchun xavsiz oziq ovqat maxsulotlari bilan boyitsh bugungi kunda muxim iqtisodiy va siyosiy masala deb qaralmoqda. Shuning yaqqol misoli sifatida O’zbekiston xududlarida ishlab chiqarilayotgan go’sht va go’sht maxsulotlariga bo’lgan talab kundan kunga oshib bormoqda, bu talablarni qondirishda qishloq xo’jaligining muxim tarmoqlaridan biri bo’lgan chorvachilikning axamiyati katta. Xususan Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 14-aprel kuni global inqiroz va pandemiya sharoitida O’zbekiston qishloq xo’jaligi oldida turgan dolzarb vazifalar muxokamasiga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi o’tkazdi. Unda 2020-yil 1-sentabrgacha 7 ta xududida qoramol boqish bo’yicha 74 ta oilaviy korparatsiya faoliyati to’liq yo’lga qo’yilishi to’g’risida ko’rsatma berdi. O’zbekiston Respublikasining axolini sil kasalligidan muxofaza qilish (215 -2-son 11.05.2001) to’g’risidagi qonunida sil kasalligiga noqulay bo’lgan chorvachilik obyektlardagi hayvonlar belgilangan tartibda faqat go’sht kombinatlarida va kushxonalarda so’yilishi kerakligi takidlab o’tilgan. Sil kasalligidan o’lgan hayvonlarni, shuningdek ularning zararlangan a’zolari, to’qimalari va tanalarini utiliztsiya qilish qonun hujjatlariga muofiq amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan qoramollardan insonlarga yuqadigan yuqumli kasalliklar xususan tuberkuloz kasalligi xususiyatlarini o’rganish va kasallangan hayvonlardan olinadigan maxsulotlarning veterinariya sanitariya ekspertiza usullarini takomillashtirib, axoliga sifatli go’sh yetkazib berish muxim vazifa sanaladi. ISSN: 2181-3558 DECEMBER JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH 2022 Sil kasalligi odamlar va hayvonlar uchun havfli bo’lgan surunkali yuqumli kasallik bo’lib, qo’zg’atuvchisi Mycobacterium tuberculosis aerob, ingichka tayoqcha ko’rinishida 0.8-5.5 mkm kattalikda, fizikaviy va kimyoviy omillarga chidamli hisoblanadi [3]. Mycobacterium tuberculosis ning 3 tipi farqlanadi: Odam tipi-humanus, qoramol tipi-bovinus, parranda tipi-avinus. Bu mikroblar pishloqda ikki oydan oshiqroq, sariyog’da 100 kungacha, agar yog’ sovuqlikda saqlansa, 10 oygacha, muzlatilgan yog’da 6 yildan oshiqroq saqlanishi mumkin. Sutning tarkibida sil tayoqchasi 9-10 kun saqlanadi. Mikroblarga sovuqlik tasir etmaydi, aksincha, yuqori haroratda tezda halok bo’ladi. Suyuq muhitda harorat 60o bo’lganda, 30 daqiqa mobaynida halok bo’ladi. Sil kasalligining mikroblari kislotalarning ta’siriga juda chidamli, shuning uchun achigan sutning tarkibida o’zining kasallik chaqarishini yo’qotmasdan 20 kungacha saqlanishi mumkin.[1] Organ va to’qimalarni tuberkulyoz (sil) bilan jarohatlanishi 2 xil ya’ni; produktiv yoki ekssudativ formalarda kechadi. Kasallikning produktiv formasi quyidagilar bilan harakterlanadi: ya’ni organ va to’qimalarda tugunchalar yoki tuberkulalar hosil bo’ladi. Tugunlarni hosil bo’lishida, boshida yarim yaltiroq bo’lib, keyinchalik qattiqlashadi. Ya’ni tugunlarda jarayonni ohiriga borib tvorogsimon massa to’planadi va ohaklanish sodir bo’ladi. Kasallikni bu formasi veterinariya sanitariya ekspertizasi nuqtai nazardan unchalik xavfli emas chunki bu formada sil mikroblari go’shtda oz bo’ladi. Sil kasalligi eksudativ formasida, sil mikroblari bilan zararlangan organ yoki to’qimalarda tugunchalar hosil bo’lmasdan, u joylarda yarim suyuq fibrinli ekssudat va limfasit hujayralari yig’iladi. To’qimalarning oralig’iga yig’ilgan ekssudat-limfositlar bilan birgalikda och-sariq bo’tqaga aylanadi. Qoramollarda – ko’p hollarda o’pka sili uchraydi. Bunda o’pkada tariq donidan kaptar yoki g’oz tuxumi kattaligidagi tugunchalarni ko’rish mumkun. Go’shtni tekshirishda tuberkulozning tarqoq (generalizatsion) formasida ichki organlarida yoki limfa tugunlarining birida, bir vaqtning o’zida sil tuguni jaroxati aniqlanganda, xar qanday semizlikdagi tana go’shtlari xam texnik utilizatsiya qilinadi. Yuqori va o’rta semizlikdagi tana go’shtlarini tekshirishda ichki organlarning birortasida yoki limfa tugunida sil jaroxati aniqlansa zararlangan organlar utilizatsiya qilinib qolganlari qaynatilib qayta ishlashga yuboriladi. Bu maxsulotlardan faqatgina konserva tayyorlashda foydalaniladi [2]. Kasal sigirning sutida oqsil moddalar (albumin, globulin) ikki barobar oshadi, shuning hisobiga sutning yopishqoqligi ortadi, hamda sutdagi kul va suv ko’payadi. Bir vaqtning o’zida bunday sutning tarkibida yog’ miqdori 0,7 % ga, laktoza va titrlanadigan kislotalik darajasi pasayadi. Sut tarkibining bunday o’zgarishi bevosita kasallikning cho’zilishi bilan bog’langan bo’ladi. Kasallikning boshlang’ich davrida sut o’zining xususiyatlarini saqlaydi, lekin keyinchalik sil jarayonning taraqqiyoti bilan s
Доказательный фрагмент
«This article reviews the literature data on the evaluation of veterinary and sanitary examination of products obtained from infected animals from tuberculosis.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article reviews the literature data on the evaluation of veterinary and sanitary examination of products obtained from infected animals from tuberculosis. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Bovines, humanus, produktiv, Sil-Nilsen, fibrinolytic flotation, фибринолитическая флотация., fibrinli flotatsiya.
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025