К содержанию
РецензированоRU2024

O’ZBEKISTONDA QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘INI HISOBLASH TARTIBLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Raxmanov Javlonbek · OWN CHARACTERISTICS

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article is about value added tax and its calculation. Key words: Tax legislation, tax code, calculation of value added tax, reporting period. ОСОБЕННОСТИ ПОРЯДКА ИСЧИСЛЕНИЯ НАЛОГА НА ДОБАВЛЕННУЮ СТОИМОСТЬ В УЗБЕКИСТАНЕ Аннотация. В данной статье речь идет о налоге на добавленную стоимость и практике его расчета. Ключевые слова: Налоговое законодательство, Налоговый кодекс, расчет налога на добавленную стоимость, отчетный период. Soliq qonunchiligiga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblanishi soliq to‘lovchilarning olib borayotgan xo‘jalik operatsiyalariga bog‘liq ravishda soliqqa tortiladigan bazani aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Tovarlar sotilganda, ish va xizmatlar bajarilganda qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisoblanishi. Respublikamizda qo‘shilgan qiymat solig‘i joriy etilgandan buyon soliqni hisoblashning ikki turdagi usuli amal qilgan, ya‘ni ishlab chiqarilgan tovarlarni jo‘natish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha hisobga olish usuli yoki hisob varaq-faktura usuli hamda ulgurji va chakana savdo, vositachilik xizmati ko‘rsatish sohalarida hisobdan chiqarish usuli qo‘llanilgan. Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan baza narxlar farqi sifatida, ustama va mukofot xaqi summasi sifatida aniqlanib shu summadan soliq hisoblangan. 1992 yildan 1994 yilga qadar savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lib hisoblanar edi. 1994 yildan ular budjetga qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i o‘rniga yalpi daromad solig‘i hamda mol-mulk solig‘ini to‘laydigan bo‘lishdi. Keyingi davrlarda soliq hisoblashning “yalpi foyda” (chegirish) usuli asta-sekin “hisobga olish- xisob varaq” usuliga aylanib bordi. Soliq kodeksi kuchga kirgandan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning “yalpi foyda” (chegirish) usuli faqat vositachilik va “O‘zdonmaxsulot” DAK tizimi tarkibiga kiradigan, birlamchi ishlovdan keyingi don, qo‘shimcha mahsulot va chiqindilarni sanoatdan donni qayta ishlashga sotishni amalga oshiradigan korxonalar uchun qo‘llaniladi. Boshqa holatlarda “hisobga olish hisob-faktura” usuli qo‘llaniladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblashning “hisobga olish hisob-faktura” usulining mohiyati shundaki, korxona budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi ishlab chiqarilgan mahsulotlarga (xizmatlarga) hisoblangan soliq miqdoridan shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun 2 07 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ sotib olingan xom-ashyo, materiallar uchun to‘langan soliq miqdorini chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Chegirishga hisobot davrida hisob-faktura bilan qabul qilingan xom-ashyo, materiallar, shu jumladan import qilingan tovarlarga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi qabul qilinadi. Quyidagi shartlarni bajargan holda hisobga olish amalga oshiriladi: - birinchidan, bu hisobot davrida tovar va xizmatlar xaqiqatda sotib olingan bo‘lishi kerak; - ikkinchidan, ular bo‘yicha tovar etkazuvchidan hisob-faktura to‘ldirilgan bo‘lishi; - uchinchidan, ular soliqqa tortiladigan faoliyatda ishlatilgan bo‘lishi kerak. Asosiy vosita va nomoddiy aktivlarni sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash. Korxonaning o‘z ehtiyoji uchun olingan asosiy vosita va nomoddiy aktivlari korxonaning buxgalteriya balansida mol yetkazib beruvchiga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi bilan birga yozilib kirim qilinadi. Agar balansdagi asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar sotilsa, u holda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha soliqqa tortish ob‘ekti bo‘lib, sotish bahosi bilan qoldiq qiymat o‘rtasidagi farq hisoblanadi. Bunda, agar korxona asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni qoldiq qiymatida sotsa, u holda soliqqa tortiladigan ob‘ekt bo‘lmaydi va budjetga soliq to‘lanmaydi. Shuningdek, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni ishlab chiqaruvchi va uni oldi- sotti faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblashning alohida tartibi mavjud. Vositachilik xizmatlari ko‘rsatilganda qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisoblanishi. Vositachilik xizmatlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashda “yalpi foyda” (chegirish) usuli qo‘llaniladi. Ushbu usulning mohiyati shundaki, soliq baho farqi, ustama va mukofotlar sifatida olingan daromaddan hisoblanadi. Budjetga soliq to‘lashda hisoblangan soliq summasi ushbu daromadni olishga sarflanadigan xizmatlarning qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga kamaytiriladi. Demak, qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini vositachilik korxonalari mukofotlar summasidan hisoblaydilar. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish. Umumdavlat soliqlarini to‘lovchi korxonalarda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning amaldagi mexanizmi soliqni ishlab chiqarish jarayonida paydo bo‘lgan yangidan yaratilgan qiymatdan to‘lanishini ko‘zda tutadi. Qo‘shilgan qiymat ikki marotaba soliqqa tortilmaydi. Respublikamizda 1998 yildan Soliq kodeksi joriy etilishi bilan birga hisobvaraq

Доказательный фрагмент

«This article is about value added tax and its calculation.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is about value added tax and its calculation. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Tax legislation, tax code, calculation of value added tax, reporting period
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники