К содержанию
РецензированоRU1905

Экономическая эффективность способа химиопрофилактики туберкулеза крупного рогатого скота с применением препарата этис-2

QORAMOLLAR TUBERKULYOZINI ETIS- PREPARATI YORDAMIDA · KIMYOPROFILAKTIKA QILISH USLUBINING · IQTISODIY SAMARADORLIGI

in Library · 1 · 387-391 · 1905

Аннотация

Maqolada ETIS-2 kompleks preparatining qoramollar tuberkulyozini kimyoprofilaktika qilish uslubining iqtisodiy samaradorligini o’rganish va kasallikka qarshi kurashish choralari haqida bayon qilingan. Аннотация В статье приведены сведения об изучении экономической эффективности метода химиопрофилактики туберкулёза крупного рогатого скота с применением комплексного препарата ЭТИС-2, а также по мерам борьбы с данным заболеванием Summary The article provides information on the study of the economic effectiveness of the method of chemoprophylaxis of tuberculosis in cattle using the complex drug ETIS-2, as well as on measures to combat this disease. Kalit so‘zlar: ETIS-2 kompleks preparati, kimyoprofilaktika, tuberkulyoz, PPD tuberculin, dezinfeksiya, trivit, tetravit, mikobakteriya, infeksiya, latent holat. Mavzuning dolzarbligi. Tuberkulyoz qo‘zg‘atuvchisini 1882 yilda nemis olimi R.Kox tomonidan aniqlangan. Hozirgi vaqtda tuberkulyoz qo‘zg‘atuvchisi «tuberkulyoz mikobakterialari» deb ataladi [1]. R.Kox sil tayoqchasini aniqlash uchun 17 yil laboratoriyada tinimsiz ishlashiga to‘g‘ri keldi. Tuberkulyoz tayoqchasini, R.Kox bemor balg‘amini vezuvin va metilin bilan bo‘yab ko‘rsatib bergan. Keyinchalik R.Kox tuberkulyoz qo‘zg‘atuvchisining toza kulturasini ajratib olib, ularni hayvon organizmiga yuborib, tuberkulyoz kasalligini hosil qilgan [1]. Berlin shahrida Fiziologlar jamiyatida R.Kox 1882 yil 24 mart kuni «Tuberkulyoz etiologiyasi» mavzusida ma’ruza qildi va tuberkulyoz tayoqchasini hammaga ko‘rsatdi. R.Koxga 1905 yilda Nobel mukofoti berildi [1]. Shuning uchun Jaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyasiga binoan, 1982 yildan boshlab, 24 mart –Xalqaro tuberkulyozga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan [1]. «Tuberkulyoz» termini asosida lotincha «tuberculum» - do‘nglik so‘zi mavjud. Tuberculum so‘zini birinchi marta fransuz anatomi Ya.Silvius XVI asrda ishlatgan. Faqat XIX asr boshlarida klinik tibbiyot va patologik anatomiya asoschisi R.Laennek do‘nglik va kazeozli nekroz tuberkulyoz kasalligining tipik ko‘rinishlariga xos ekanligini isbotlab berdi. Laennik va nemis terapevti I.Shenleyn tibbiyotga «tuberkulyoz» terminini kiritishdi. Laennek tuberkulyoz do‘ngliklarini xavfli o‘smalar, davosi yo‘q kasalliklar qatoriga kiritgan edi. Tuberkulyoz haqidagi fanni «ftiziologiya» (grekcha «phthisis» - ozib-to‘zish, o‘lim) deb atashni ko‘proq qo‘llaniladi [1]. 2022-yilda dunyo bo‘ylab taxminan 10,6 million sil kasali qayd etilgan, jumladan, 5,8 million erkak, 3,5 million ayol va 1,3 million bola. Sil bilan kasallanish holatlari barcha mamlakatlar va yosh guruhlarida qayd etilgan. Silni davolash mumkin va oldini olish mumkin [9]. 2022-yilda sil kasalligi jami 1,3 million odamni (jumladan, OIV bilan kasallangan 167 000 kishini) nobud qildi. Dunyo miqyosida sil kasalligi yuqumli kasalliklardan o'limning COVID-19 dan keyin ikkinchi asosiy sababidir (OIV infektsiyasi va OITSdan o'lim darajasi yuqori) [9]. 149 28-iyun 2024-yil. Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO‘PLAM – 1/24 Uy hayvonlarining yuqumli kasalliklarini davolashda asosiy muammolardan biri bu antibakterial preparatlarga chidamli mikroorganizmlar shtammlarining tarqalishidir [6, 7]. VITI Tuberkulyoz laboratoriyasi olimlari tomonidan farmakopeya dorivorlardan tashkil topgan kompleks ETIS-2 kompleks preparati ishlab chiqilgan. ETIS-2 kompleks preparat sil kasalligining oldini olish va davolash uchun veterinariya amaliyotda qo‘llanilsa, boshqa turdagi antibiotik yoki boshqa davolash vositalarni qo‘llashga hojat bo‘lmaydi [2]. Tuberkulyoz kasalligining oldini olishning vazifalaridan biri qishloq xo‘jaligi hayvonlarida sil kasalligining tashxisini yaxshilashdir, chunki mavjud diagnostika usullari kasallikning dastlabki bosqichida qo‘zg‘atuvchini aniqlashni ta’minlamaydi. Klinik belgilar har doim ham xarakterli emas. infeksiya paytidan boshlab tuberkulyoz kasalligining birinchi belgilari paydo bo‘lishigacha bir necha oy va hatto yillar davom etishi mumkin. Tuberkulyoz kasalligini tashxislashda veterinar shifokorlarga sensibilizatsiya holatini aniqlash, klinikadan oldingi davrda allergik jarayon rivojlanishining barcha bosqichlarida tuberkulyoz kasalligida tuberkulin reaktsiyalarining etiologiyasini aniqlash uchun ko‘proq sezgir usullar kerak [3]. Kimyoterapiya preparatlarini qo'llash tegishli laboratoriya tadqiqotlari bilan oqlanishi kerak. Boshqa chora-tadbirlar bilan birgalikda selektiv zararsizlantirishni o'z ichiga olgan samarali sxema qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. Hayvonlarning sil kasalligini bartaraf etish nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy, gigienik va epidemiologik ahamiyatga ega [3]. Materiallar va tadqiqot usullari. Ilmiy tadqiqotlar O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va Chorvachilikni rivojlantirish Qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan “Hayvonlar tuberkulyozini oldini olish va qarshi kurashish” yo‘riqnoma, uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalariga (M.1982, 1988 yy., Toshkent 1998, 2011 yy.) hamda “Hayvonl

Доказательный фрагмент

«Maqolada ETIS-2 kompleks preparatining qoramollar tuberkulyozini kimyoprofilaktika qilish uslubining iqtisodiy samaradorligini o’rganish va kasallikka qarshi kurashish choralari haqida bayon qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada ETIS-2 kompleks preparatining qoramollar tuberkulyozini kimyoprofilaktika qilish uslubining iqtisodiy samaradorligini o’rganish va kasallikka qarshi kurashish choralari haqida bayon qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Комплексный препарат ЭТИС-2, дезинфекция, dezinfeksiya, mycobacteria, микобактерии, химиопрофилактика, chemoprophylaxis, ETIS-2 complex drug, disinfection, trivit, ETIS-2 kompleks preparati, infeksiya, latent state., infection, инфекция, тривит, mikobakteriya, PPD tuberculin, туберкулин ППД, tuberkulyoz, tuberculosis, тетравит, latent holat., латентное состояние., tetravit, туберкулез, kimyoprofilaktika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники