К содержанию
РецензированоRU2015

Бактериологическая характеристика внутренних органов кроликов, получавших «РИФИЗОСТРЕП» после туберкулезной инфекции

TUBERKULYOZ YUQTIRILGANDAN SO‘NG “RIFIZOSTREP” · Saparov A.R. (Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti) · SamDVMChBU Toshkent filiali assistenti (Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti) · Xamidov S. (Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti) · SamDVMChBU talabasi. (Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti)

in Library · 1 · 387-391 · 2015

Аннотация

В стате приводятся результаты бактериологических исследований внутренных органов кроликов экспериментално зараженных M.bovis и M.tuberculosis с последующим применением нового противотуберкулёзного препарата “Рифизостреп”. Ключевые слова: Рифизостреп, препарат, антимикроб, микобактерия, M.bovis, M.tuberculosis, бактериологический, анитимикроб, штамм, резистентность, чувствительность. Annotation. The article presents the results of bacteriological studies of the internal organs of rabbits experimentally infected with M. bovis and M. tuberculosis with the subsequent use of a new anti-tuberculosis drug “Rifisostrep” Key words: Rifizostrep, drug, antimicrobial, mycobacterium, M.bovis, M.tuberculosis, bacteriological, against- microbes' strain, rezistance, sensivity. KIRISH. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotiga ko‘ra, 2015 yilda dunyoda 10,4 mln. odamda tuberkulyoz bilan yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, ulardan 5,9 mln. kishi (56%) erkaklar, 3,5 mln. (34%) ayollar va 1,0 mln. (10%) bolalar orasida qayd etilgan. Shu yili tuberkulyozdan 1,4 mln. odamda o‘lim holati qayd etilgan. JSST saytlarida ta’kidlanishicha, hozirga davrda tuberkulyoz eng ko‘p o‘lim keltirayotgan kasallik ekan. Faqatgina 2017 yilda 10 mln. odamga tuberkulyoz yuqqan va 1,6 mln. odam halok bo‘lgan (Manba: https://mir24.tv). Hozirgi davrda butun dunyo olimlari tomonidan tuberkulyoz infeksiyasini tadqiq qilish yo‘nalishida molekuyar biologiya fani orqali kasallikning juda ko‘plab jabhalari o‘rganildi va aniqliklar kiritilmoqda. Kasallikning biologiyasi, asosiy epidemiologik-epizootologik qonuniyatlari, patogenezi, diagnostikasi molekular-genetik darajada keng tadqiq qilinmoqda. Shuning bilan bir qatorda kasallikka qarshi kurashish uchun ko‘plab kimyoterapevtik dorivor vositalar kashf qilinmoqda. Bu borada ilmiy izlanishlar jahonning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalarida keng ko‘lamli tadqiqotlar olib borilmoqda [3; 6; 8]. Tibbiyot ftiziatriyasida tuberkulyozga qarshi halqaro DOTS dasturi faoliyat ko‘rsatdi (DOTS – (Directly Observed Treatment, Short-course– bevosita nazorat ostida qisqa muddatli faol davolash kursi). DOTS strategiyasida tuberkulyozga qarshi kurashish uchun asosan 2-3, yoki 4 xil preparatlar kombinatsiyasi (aralashmasi) qo‘llanilgan. DOTS strategiyasini tatbiq etish natijasida kasallikdan vafot etish va kasallikka chalinish holatlarini kamaytirishga erishilgan [2;7]. Bizning tadqiqotlarimiz ham shu yo‘nalishda olib borildi va VITI tuberkulyoz laboratoriyasi bazasida tuberkulyozga qarshi yangi kombinatsiyalangan “Rifizostrep” preparati yaratildi va uning kasallik qo‘zg‘atuvchisiga nisbatan antibakterial faolligi keng ko‘lamli sinovlardan o‘tkazilmoqda. “Rifizostrep” preparatining laboratoriya hayvonlari organizmida tuberkulyozning M.tuberculosis va M.bovis shtammlariga qarshi kimyoprofilaktik samaradorligini bakteriologik uslubda aniqlash tadqiqotlarimizning maqsadi hisoblanadi. 21 28-iyun 2024-yil. Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO‘PLAM – 1/24 Tadqiqotlarning hajmi, material va uslublari. Tadqiqotlar O‘z.R. VChRQ tomonidan tasdiqlangan “Hayvonlar tuberkulyozini oldini olish va qarshi kurashish” yo‘riqnomasi va ko‘rsatmalariga (Toshkent 1998, 2016 yy.) binoan o‘tkazildi. Muzey mikobakteriya shtammlarini o‘stirish va saqlash, laboratoriyada tajriba hayvonlaridan olingan, chorvachilik xo‘jaliklaridan keltirilgan patologik namunalarni tekshirish “Hayvonlar tuberkulyozining laboratoriya diagnostikasi” (Omsk 1988) ko‘rsatmasi, “Tuberkulyozda laboratoriya diagnostikasi” qo‘llanmasi va “Hayvonlar tuberkulyozining diagnostikasi” (Toshkent 2011) yo‘riqnomasi hamda Т.Н.Ященко, И.С.Мечеваlarning “Руководство по лабораторным исследованиям при туберкулезе. – М.: Медицина, 1973” qo‘llanmalari asosida o‘tkazildi [10; 11]. “Rifizostrep” preparatiniнинг antibakterial faolligi va kimyoprofilaktik samaradorligini sinovdan o‘tkazish uchun M.bovis 8-03 (qoramollarda kasallik chaqiruvchi) va M.tuberculosis 7880 (odamlarda kasallik chaqiruvchi) shtammlari bilan quyonlarning quloq venasi orqali 0,03 mg/kg dozada yuqtirilgan. Tajribalar 3 oy davom etdi. Kuzatuv muddati tugugundan so‘ng barcha tajriba va nazorat guruhi hayvonlari patologoanatomik va bakteriologik tadqiqotlar uchun majburiy o‘ldirildi. Tajriba va nazorat guruhi hayvonlari ichki a’zolaridan olingan patologik namunaga Gon-Levenshteyn- Sumioshi uslubida ishlov berildi va suspenziya tayyorlab Levenshteyn-Yensen oziqa muhitiga ekildi. Рatologik namunalar suspenziyasidan tayyorlangan surtmalar Sil-Nilsen uslubida bo‘yaldi va mikroskopiya qilindi (12x100 kattalashtirish). Patologik namunalarni bakteriologik tekshirish muddati 3 oy muddatni tashkil etdi. 28 bosh quyonlarda tuberkulez mikobakteriyalarining M.bovis va M.tuberculosis shtammlariga qarshi – “Rifizostrep” preparatining kimyoprofilaktik samaradorligi va bakteritsid faolligi tibbiy izoniazid (tubazid) preparati bilan solishtirma ravishda qiyosiy

Доказательный фрагмент

«В стате приводятся результаты бактериологических исследований внутренных органов кроликов экспериментално зараженных M.bovis и M.tuberculosis с последующим применением нового противотуберкулёзного препарата “Рифизостр…»

Образец извлечения

Демо-превью

В стате приводятся результаты бактериологических исследований внутренных органов кроликов экспериментално зараженных M.bovis и M.tuberculosis с последующим применением нового противотуберкулёзного препарата “Рифизостр… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Rifizostrep, drug, antimicrobial, mycobacterium, M.bovis, M.tuberculosis, against- microbes' strain, чувствительность., препарат, микобактерия, sezuvchanlik., антимикроб, sensivity., резистентность, rezistentlik, antimikrob, mikobakteriya, bakteriologik, preparat, бактериологический, shtamm, rezistance, штамм, Рифизостреп, bacteriological, анитимикроб
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники