К содержанию
РецензированоRU2024

ABU RAYHON BERUNIYNING “QADIMGI XALQLARDAN QOLGAN YODGORLIKLAR” ASARI AHAMIYATI

UZBEKISTAN” JURNALI · Saparbayeva Aziza Asror qizi

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024

Аннотация

The article analyzes the historical, ethnographic, linguistic and other processes that covered the society in the fundamental work of Abu Rayhan Beruni. Kalit so‘zlar: “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, Xorazm, xronologiya, etnografiya, lingvistika, tarixiy dunyoqarash. Ключевые слова: «Реликвии древних народов», Хорезм, хронология, этнография, языкознание, историческое мировоззрение. Keywords: "Relics from ancient peoples", Khorezm, chronology, ethnography, linguistics, historical outlook. Kirish. “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” - asl nomi "Al osor al boqiya an alqurun alholiya") — xorazmlik yirik olim, mutaffakir Abu Rayhon Beruniyning yirik ensiklopedik asari. Ushbu asarni Abu Rahon Beruniy 27 yoshida Xorazmda yozib tugatgan1. Asarda Oʻrta Osiyo xalqlari, xorazmliklar, soʻgdliklar, yahudiy, yunon va boshqalar xalqlarning yil hisoblari, hayitlari, mashhur kunlari, ijtimoiy, madaniy va ilmiy hayotining tarixi, urf-odatlari, dunyoqarashlari hamda Oʻrta Osiyoning arablar tomonidan istilo qilinishi haqida toʻliq maʼlumotlar berilgan. Asarda Beruniy Xorazmning turkiy aholisi foydalangan yillarning turkiy nomlarini beradi (sichqon, od, bars, tushqon, lyu, ilon, yun, kuy, pichin, tagiru, 1 Abu Reykhan Biruni Pamyatniki minuvshikh pokoleniy / Per. i prim. M.A. Sal'ye, Izbrannyye proizvedeniya, Tom I, Tashkent, "FAN", 1957. 217 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 tunguz). Xuddi shu asarida u oy nomlarini turkchada beradi: ulugʻ-oy, kichik-oy, birinchi-oy, ikkinchi-oy, uchinchi-oy, toʻrtinchi-oy, beshinchi-oy, oltinchi-oy, yetinchi-oy, sakkizinchi-oy, to‘qqizinchi-oy, o‘ninchi-oy.2 Unda olimning tabiiy fanlarning turli sohalariga, jumladan, astronomiya, matematika, fizika, xaritashunoslik va boshqalar fanlarga oid kashfiyotlari oʻz ifodasini topgan. Asosiy qism. Beruniyning ushbu asarni yozishga kirishishining o‘zi ham olimni zamonasida tarixni anglashdagi bilimini namoyon qiladi: “Adiblardan biri mendan (turli) xalqlar haqidagi tarixlar, ularning boshlanishlari va shaxobchalari, ya’ni oylar va yillar ustida u tarix egalarining ixtiloflari va bu ixtilof sabablari, mashhur bayramlar, (har xil) vaqtlar va yumushlar uchun belgilangan kunlar, millatlarning ba’zisi amal qilib, ba’zisi amal qilmaydigan boshqa (marosimlar) haqida so‘radi va meni imkon boricha ularni juda ravshan bayon etib, o‘quvchi fahmlaydigan, (turli) kitoblarni axtarish va shu kitob egalarini surishtirishga ehtiyoj qolmaydigan (bir asar yozishga) da’vat etdi”3. Ushbu fikrdan ko‘rinib turganidek, Beruniy bu asarni alohida tarixiy, etnografik, xronologik va boshqa ko‘plab ko‘p tomonlama izlanishlar olib borish asosida bayon qilgan. Afsona va asotirlardan asl tarixni topib, uni haqqoniy qayd qilishga harakat qilgan. “Biror o‘tib ketgan yilning avvalidan hisobga olinadigan ma’lum bir muddatga tarix deyiladi. O‘sha yilda turli alomatlar va dalillar bilan payg‘ambarlar dunyoga kelgan yoki qudratli, sha’ni ulug‘ bir podshoh bosh ko‘targan yoki xarob qiluvchi umumiy to‘fon, zilzila va halokatli yer yutish, halok etuvchi vabo va qattiq qahatchilik natijasida biror millat halokatga uchragan yoki biror din boshqasi bilan almashgan va shunga o‘xshash muhim narsa yuz bergan bo‘lishi kerak”4. Ushbu jumlalardan ko‘rinib turganidek, Beruniy tarix qadimgi xalqlar tomonidan qayd etilishi uchun hamma uchun ahamiyatga ega bo‘lgan voqea yuz bergan bo‘lishi kerakligini qayd etib o‘tgan, ya’ni bu omil tarixni yozishga undovchi vosita bo‘lgan. Shuningdek, asarda tarix o‘tib ketgan yillar hisobi deyiladi, bu bilan tarixni yozish uchun yil hisobini, yillar ketma-ketligini ham bilish zarurligi, bu esa o‘sha xalqda yil hisobi yaratilgan yoki joriy etilgan bo‘lishini nazarda tutgan. Bu yerda podshohlar va payg‘ambarlar, biror muhim shaxs boshqaruvda bo‘lishi kerakligi qayd qilingan, bu esa o‘sha zamondanoq siyosiy tarix, davlatlar va 2 Abu Reykhan Biruni. Izbrannyye proizvedeniya, I. Tashkent. AN UzbSSR. 1957, s.87-89. 3 Абу Райхон Беруний, Танланган асарлар, 1-жилд, Т., “Фан”, 1968, 15-бет. 4 Aбу Райхон Беруний, Танланган асарлар. 1-жилд, Т., “Фан”, 1968, 50-бет. 218 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 7, 2024. JULY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 tuzumlar tarixini yozishga kirishilganligini bildiradi. Xalqlar o‘z tarixini boshqaruvdagi shaxsning xatti-harakatlari, ma’lum tabiat hodisasi natijasi yoki xalqlarga ta’sir qilgan voqealikdan boshlab yoritadilar, bular orasidagi eng avvalgisi va muhimi sifatida Beruniy insoniyatning paydo bo‘lishini keltirib o‘tgan. Beruniy bashariyatning boshlanish nuqtasini belgilashda turli xalqlarda turlicha qarashlar mavjudligi va bu ular orasida ziddiyatlarning shakllanishiga olib kelganligi va bu kabi turfa xillik tarix uchu xos emasligini ta’kidlaydi. Bu muammoning yechimini aniqlashda insonlar ojizligi, sababi haqiqatlar afsonalar bilan qorishib ketganligi

Доказательный фрагмент

«The article analyzes the historical, ethnographic, linguistic and other processes that covered the society in the fundamental work of Abu Rayhan Beruni.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article analyzes the historical, ethnographic, linguistic and other processes that covered the society in the fundamental work of Abu Rayhan Beruni. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
"Relics from ancient peoples", Khorezm, chronology, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, xronologiya, lingvistika, etnografiya, tarixiy dunyoqarash, Xorazm
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники