in LibraryПРЕПАРАТОВ ДЛЯ ПРОВЕДЕНИЯ ПРОТИВОБРУЦЕЛЛЁЗНЫХ МЕРОПРИЯТИЙ2019
Клинические признаки отравления кроликов вегетативными и генеративными формами гелиотропа и каприрхопона
Интизор Султанова (Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti) · Г Абдураимова (Ветеринарный научно-исследовательский институт) · Б Емуродов (Ветеринарный научно-исследовательский институт)
in Library · 378-382 · 2026
Аннотация
Maqolada geliotrop va kampirchopon o‘simligining poyasi, bargi va guli aralashmasi va geliotrop urug‘ini tajriba quyonlari ozuqa massasining miqdoriga 50%, 30%, 10% miqdorda qo‘shib berilganda quyonlarda kuzatiladigan zaharlanishning muddati, tajriba davomida kuzatilgan klinik belgilar, nobut bo‘lish holatlari haqida batafsin ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: geliotrop, kampirchopon, lalmikor, zaharli, xo‘jaliklar, quyon. Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizning lalmikor tumanlaridan yig‘ilgan yem-hashaklar orasida zaharli o‘simliklarning urug‘lari uchrab turadi. Ular hayvonlarda ayrim kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Lekin bu kasalliklarni ko‘p hollarda veterinariya xodimlari o‘z vaqtida aniqlay olmaydilar. Chunki ko‘p hollarda zaharli o‘simliklarning urug‘i, bargi va novda parchalari, g‘allani tozalash jaryonida chiqindi shaklida xirmon va don kombinatlarida yig‘ilib qoladi, keyinchalik hayvonlar va parrandalar ozuqasiga qo‘shib yedirib yuboriladi, natijada zaharlanishlar yuz beradi. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki zaharli o‘tlardan zaharlanishlar turli hayvonlarda turlicha kuzatiladi. O‘simliklardan zaharlanishlar orasida geliotropdan zaharlanishlar hozirgi kunda ko‘pgina noaniq ichki yuqumsiz kasalliklarni keltirib chiqayotganligi va asosan ovqat hazm qilish tizimining buzilishi, birdaniga o‘lim kuzatilishi bilan chorvachilik fermalariga iqtisodiy zararning keltirib chiqishi bilan ajralib turadi. Material va metodlar. Tadqiqotlar Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Toksikologiya va terapiya laboratoriyasida Jizzax viloyati Baxmal tumani, Samarqand viloyati Payariq tumanidagi dehqon-fermer xo‘jaliklaridagi lalmikor dalalarda mavjud geliotrop va kampirchopon o‘simliklarilaridan namunalar olib kelindi va laboratoriyaga mavjud quyonlaga berib tajribalar o‘tkazildi. Buning uchun quyonlar 4 guruhga bo‘linib (3 boshdan) ajratildi. Tajribadagi quyonlarning omuxta yemiga kampirchopon va geliotrop o‘simliklarining poya, guli, bargi va urug‘lari qo‘shib berildi. Ozuqa massasiga ko‘ra 1- guruhga 50%, 2-guruh 30%, 3-guruh 10% miqdorda berildi. To‘rtinchi guruh nazorat guruhi sifatida saqlandi va zararlantirilmadi. Tadqiqot natijalari: Geliotrop va kaprirchopon o‘simliklarining vegetativ va generativ davr mobaynida o‘simliklarning poyasi, bargi, gullagan paytida quyonlarning 50% omuxta yemiga (beda uni) qo‘shib 1-guruhga 50% geliotrop va kaprirchopon poyasi, bargi va guli aralashmasi, 2-guruhga 70% o/ye + 30% geliotrop va kaprirchopon poyasi, bargi va guli aralashmasi, 3-guruh quyonlariga 90% o/ye + 10 foizgacha geliotrop va kaprirchopon poyasi, bargi va guli aralashmasi bilan boqildi (1-jadval). 1-jadval Quyonlar organizmiga geliotrop va kaprirchopon o‘simliklarning vegetativ va generativ davrida LD miqdorini aniqlash Geliotrop o‘simliklarning (poyasi Quyonlar Beriladigan omuxta Guruhlar va bargi, guli) aralashmasining bosh soni yemning miqdori miqdori I-tajriba 3 50% 50% II-tajriba 3 30% 70% III-tajriba 3 10% 90% IV-nazorat 3 - 100% 241 28-iyun 2024-yil. Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO‘PLAM – 1/24 Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra olib borilgan tadqiqotlarda quyonlarning geliotropdan zaharlanishi ikki oydan keyin o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Tajribadagi birinchi guruh 3 bosh quyonlarda bo‘yin falajlanishi, oriqlash, ishtahadan qolish, ko‘p suv ichishi, burnidan suyuqlikning oqishi kabi klinik belgilari namoyon bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi guruhlarda esa o‘zgarishlar sezilmadi. Ikkinchi marta olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra geliotrop o‘simligining urug‘i bilan zararlantirish bo‘lib, bu tadqiqotda ham 12 bosh quyonlar ajratib olindi va 4 guruhga bo‘lib o‘rganildi (2-jadval). 2-jadval Quyonlar organizmiga geliotrop o‘simliklarning urug‘lagan davrida LD me’yorini aniqlash. Quyonlar Geliotrop o‘simliklarning Beriladigan omuxta Guruhlar bosh soni (urug‘i) aralashma miqdori yemning miqdori I-tajriba 3 50% 50% II-tajriba 3 30% 70% III-tajriba 3 10% 90% IV-nazorat 3 - 100% 2-jadval bo‘yicha geliotrop zaharli o‘simligining urug‘i quyonlar omuxta yemiga aralashtirib berildi. Ushbu tajribada ham yuqoridagi tajriba singari olib borilib, 1-guruhga 50% omuxta yemi (beda uni)ga 50% geliotrop urug‘i, 2-guruhga 70% o/ye + 30% geliotrop urug‘i, 3-guruh quyonlariga 90% o/ye + 10 foiz geliotrop urug‘i bilan boqildi. Olib borilgan tadqiqotlarda tajribalardagi quyonlarda zaharlanishlar ikkinchi haftadan boshlab kuzatilgan bo‘lib, kuchli intoksikatsiya yuz berganligi aniqlandi. Ikkinchi marta olib borilgan tajribalardan aniqlandiki birinchi guruh 3 bosh quyonlarda tez-tez siydik ajratish, bezovtalanish, tez-tez nafas olish, ishtahasizlik, burun va og‘iz qismidan suyuqlikning ajralishi hamda uchinchi haftada umumiy ahvolining og‘irlashishi natijasida o‘lim kuzatilishi aniqlandi. Ikkinchi guruh quyonlarda ham uchinchi haftadan keyin zaharlanishning klinik belgilari namoyon bo‘lib, umumiy ahvolining og‘irlashishi tufayli to‘rtinchi haftadan so‘ng butun tananing
Доказательный фрагмент
«Maqolada geliotrop va kampirchopon o‘simligining poyasi, bargi va guli aralashmasi va geliotrop urug‘ini tajriba quyonlari ozuqa massasining miqdoriga 50%, 30%, 10% miqdorda qo‘shib berilganda quyonlarda kuzatiladigan…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada geliotrop va kampirchopon o‘simligining poyasi, bargi va guli aralashmasi va geliotrop urug‘ini tajriba quyonlari ozuqa massasining miqdoriga 50%, 30%, 10% miqdorda qo‘shib berilganda quyonlarda kuzatiladigan… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- rabbit., lalmikor, geliotrop, raindrop, гелиотроп, бузина, дождевая капля, фермы, xo‘jaliklar, кролик., poisonous, heliotrope, kampirchopon, ядовитая, zaharli, quyon., elderflower, farms
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025