Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“DORIVOR GULXAYRI” O’SIMLIGI VA UNING TABOBATDA QO’LLANILISHI
Yusupova Sevinch · Alfraganus Unversiteti Tibbiyot fakulteti
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
The article describes the growth of the medicinal calendula plant in the biological environment, its definition, medicinal value, benefits, and its use in medicine. Key words: Medicinal flower, tincture, smell, drying, chemical composition, Abu Ali Ibn Sina. ЗАВОД "ДОРИВОР ГУЛХЫРИ" И ЕГО ИСПОЛЬЗОВАНИЕ В МЕДИЦИНЕ Аннотация. В статье описано произрастание бархатца лекарственного в биологической среде, его определение, лекарственная ценность, преимущества и применение в медицине. Ключевые слова: Лекарственный цветок, настойка, запах, сушка, химический состав, Абу Али Ибн Сина. Kirish: Gulxayri (Althaea) — gulxayridoshlarga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻtlar turkumi. Yevropa va Osiyoning oʻrta mintaqalarida 12 turi oʻsadi. Oʻzbekistonda gulning bitta ekma va 7 ta yovvoyi turi bor. Gulxayridoshlar toʻqaylarda, sugʻoriladigan maydonlarda va boshqa yerlarda uchraydi. Gullari toʻgʻri, 5 boʻlakli, ikki jinsli. Gulxayri guli dorivor, manzarali oʻsimlik, undan boʻyoq olinadi. Oʻzbekistonda Gulxayrining Althaea rosea turi manzarali va dorivor oʻsimlik sifatida koʻp ekiladi. Poyasi 1,5—2 m, yoʻgʻon, tuklar bilan qoplangan. Barglari 3—7 boʻlakli, uzun bandli. Gullari yakka-yakka yoki 2—3 tadan barg qoʻltigʻida va poya ichida oʻrnashgan. Tojbarglari qat-qat joylashgan. Iyun—avgustda gullab, iyul—sentabrda urugʻlaydi. Tojbarglaridan vino, sirka va bargga rang berishda hamda teri, shoyi va jun kabilarni boʻyashda foydalaniladi. Gulxayrining A. Offi cinalis turi dorivor oʻsimlik sifatida tibbiyotda foydalaniladi. Uning ildizidan tayyorlangan suyuq ekstrakt nafas yoʻllari kasalliklarida (ayniqsa bolalarda) balgʻam koʻchirish, koʻkrakni yumshatish uchun va yalligʻlanishga qarshi, meʼda-ichak kasalliklarida esa oʻrab oluvchi dori sifatida ishlatiladi. Gulxayri gullari bolalar uchun 41 yaxshi oziq hisoblanadi. Dorivor gulxayrining ildizini odatda kuzda yoki erta bahorda kavlab olinib, dagʻal ildizpoya va mayda ildizchalardan ajratiladi-da, zudlik bilan suv oqimida yuvib olinadi (ildiz shilliqlanmasligi uchun). Shundan soʻng ochiq havoda quritiladi . Gulxayri turlari ildizidan damlama tayyorlash uchun biror idishga 2 stakan qaynatib sovitilgan suv quyiladi va 4 choy qoshiq maydalangan ildizdan solib, 8 soat qoʻyib qoʻyiladi. Soʻngra dokada suziladi. Kuniga 3 -4 mahal yarim stakandan ichiladi. Kimyoviy tarkibi: Gulxayri oʻsimligining tarkibida juda koʻp foydali moddalar bor . Chunonchi gulxayrining ildizida 35 % gacha shilliq moddalar, 37 % gacha kraxmal, 16 % ga yaqin qand, asparagin, betain, pektin, yogʻ, 4,9 % atrofida mineral tuzlar mavjud. Oʻsimlikning barg hamda gullarida 0,02 % ga yaqin qattiq efir moyi, karotin, vitamin C, ildizlardagiga qaraganda ikki marta kam shilliq moddalar bor. Dorivor preparatlari: Qaynatma, quruq ekstrakt, kukun (poroshok), sharbat. Kubik shaklida qirqilgan ildiz nafas olish yoʻllari kasalliklarida ishlatiladigan turli yigʻmalar (Species pectoralis va boshqalar) tarkibiga kiradi.Qaynatma ildizdan faqat sovuq suvda tayyorlanadi (mahsulotdan shilliq modda ajralib chiqadi, kraxmal suvda erimasligi sababli qaynatmaga oʻtmaydi). Dorivor gulxayri oʻsimligining yer ustki qismidan ajratib olingan uglevodlar aralashmasidan „mukaltin“ nomli dorivor preparat olinadi. „Mukaltin“ preparatini balgʻam koʻchiruvchi dori sifatida yuqori nafas yoʻllari va oʻpka yalligʻlanishi kasalliklarida ishlatiladi. Abu Ali Ibn Sino gulxayri ildizidan, bargidan va urugʻlaridan tayyorlangan damlama bilan yoʻtal, qon tupurish, zotiljam va buyrak kasalliklarini davolagan. Buyuk tabib gulxayri ildizi asosida tayyorlangan dori-darmonlarni koʻkrakni yumshatuvchi, balgʻam koʻchiruvchi omil sifatida tavsiya etgan. Qishloq xoʻjaligida: Oʻsimlik poyasi qirqilmay, dalada qishga qoldiriladi, u qorni tutib qolishda yordam beradi, qop eriganida tuproqni oʻyilib ketishdan saqlaydi. Yoxud 10-15 sm qoldirib, oʻroq mashinada oʻrib olinadi va molga ozuqa sifatida beriladi. Oʻrilgan poyalar daladan yigʻib olingach, bahorda qator oralari kultivatorda yumshatiladi, ayni vaqtda har gektar yerga 60 kg dan azotli oʻgʻitlar solinadi (aprel – may boshlarida). Shonalash oldidan (iyun boshlari), lekin oʻsimlik shox- shabbalari tutashib ketguniga qadar, ikkinchi marta azotli oʻgʻit solinadi. Gulxayri hayotining ikkinchi yili (iyulning oxiri – avgust boshlarida) meva tugadi. Urugʻlari poyasining 10 sm dan 230 sm gacha balandligida, asosiy qismi 60-180 sm oraligʻida joylashadi. Mevasi pishganidan keyin uzoq vaqt toʻkilmay turadi, bu esa to avgust oyigacha urugʻ yigʻish imkonini beradi. Buning uchun gulxayri poyasining meva joylashgan qismlari oʻroq bilan qirqiladi, bogʻ- bogʻ qilib, xirmonga olib boriladi. Xirmonda gʻalla yanchiydigan toʻqmoqda yanchiladi. Urugʻlari 42 don sovurgichda tozalanib, elangach, qoplarga joylanadi. Ildizi ikkinchi yili, oktyabr oyida yoki erta bahorda, poyalari daladan mola, lavlagi yigʻadigan yoki kartoshka kovlaydigan mashina yordamida yigʻib olinganidan keyin qaziladi. Qurigan ildiz 20-25 kg dan qilib qopga, 50 kg dan qilib q
Доказательный фрагмент
«The article describes the growth of the medicinal calendula plant in the biological environment, its definition, medicinal value, benefits, and its use in medicine.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article describes the growth of the medicinal calendula plant in the biological environment, its definition, medicinal value, benefits, and its use in medicine. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Medicinal flower, tincture, smell, drying, chemical composition, Abu Ali Ibn
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025