Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Эффективность препарата рутикан при лечении задержки последа у коров
SIGIRLARDA HOMILA YO‘LDOSHINING USHLANIB · QOLISHINI DAVOLASHDA ROOTIKAN PREPARATINING SAMARASI
in Library · 5 · 146-148 · 2026
Аннотация
Maqolada sigirlar tuqqandan keyingi yo‘ldosh ushlanib qolishini davolashda “Rootikan” preparati 100 kg tirik og‘irligiga 1 litr, “Ixglyukovit-vet” preparati 50 ml miqdorida bachadon ichiga qo‘llanilgandagi samarasi o‘rganilgan. Annotatsiya: В статье изучена эффективность внутриутробного применения препарата «Роотикан» в количестве 1 л на 100 кг живой массы и препарата «Ихглюковит-вет» в количестве 50 мл при лечении плацентарной инфекции. отделение коров после отела. Summary: The article studied the effectiveness of intrauterine use of the drug "Rootican" in the amount of 1 liter per 100 kg of live weight and the drug "Ixglukovit-vet" in the amount of 50 ml in the treatment of placental infection. separation of cows after calving. Kalit so‘zlar: Sigir, bachadon subinvolyusiyasi, yo‘ldosh, atoniya, gipotoniya va роотикан, ixglyukovit-vet, preparat. Kirish. Oxirgi 5-6 yillik ilmiy-tadqiqotlar va kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, sut-tovar fermalarida sigir va qochirish yoshidagi tanalarning sonlari tobora ko‘payishi bilan ularning mahsuldorlik ko‘rsatgichlari keskin pasayib ketmoqda. Ko‘pgina xo‘jaliklarda sigirlaro tuqqandan keyin tez kuyga kelmasligi 4-5 oy va undan ham ko‘proq qisir qoladi. Bularning asosiy sabablari oziqa ratsionini tarkibida mikroelimentlar (marganes, rux, mis, yod, temir va hok.), vitaminlar (A, D, Ye va boshq.) yetishmasligi, sigirlarning bir joyda yayratmasdan boqilishi va hokazolar. Tuqqandan keyin homila yo‘ldoshining ushlanib qolishiga, jinsiy a’zolar gipofunksiyasiga, atoniya, gipotoniya va bachadon subinvolyusiya kasalliklari bilan kasallanishiga olib keladi. Ko‘pincha bachadon va boshqa organlar yallig‘lanadi, vaqtida samarali usullar bilan davolanmasa surunkali shaklga o‘tib, tuxumdonlarning faoliyati (funksiyasini) buzilishi bilan birgalikda pushtsizlik davrini cho‘zilishiga olib keladi. Homila yo‘ldoshining ushlanib qolishi sigirlarda nafaqat akusher-ginekologik kasalliklari ichida asosiy o‘rinlardan biri, umumiy yuqumsiz kasalliklar orasida ham yuqori o‘rinlarda turadi. Sigirlarning umumiy akusher- ginekologik kasalliklarining 10-23 % va undan yuqorisini homila yo‘ldoshining ushlanib qolishi tashkil etadi. B.F.Murtazinning ilmiy tadqiqot (2008, 2009, 2013) ma’lumotlariga ko‘ra 100 bosh tuqqan sigirga o‘rtacha 13-15 boshida homila yo‘ldoshini ushlanishi kuzatiladi. Brusellyoz kasalligiga nosog‘lom bo‘lgan xo‘jaliklarda yo‘ldosh ushlanib qolishi tug‘ish jarayoni normada kechgan sigirlarda 16-21 foizdan 60-70 foizgacha, xomila aborti kuzatilgan sigirlarda esa 95-100 foiz yo‘ldosh ushlanib qolishi kuzatiladi. B.M.Eshbo‘riev (2013, 2021) Homila yo‘ldoshini ushlanib qolishi sigirlarda nafaqat tuqqandan keyingi akusher-ginikologik kasalliklarni keltirib chiqaradi, bundan tashqari hayvonni mahsuldorligini pasaytiradi, vaqtinchalik yoki bo‘lmasa umuman qisir qolishiga va yuqori mahsuldor qoramolni yaroqsiz bo‘lishiga hamda oxir-oqibat sepsisga aylanib hayvonni o‘limiga sabab bo‘ladi. Bachadonda ushlanib qolgan homila yo‘ldoshni operativ (qo‘l bilan) usulda ajratib olishda bachadonga mikroorganizmlar tushishi ko‘payadi, uning asorati sifatida эndometritlar, bachadon subinvolyusiyasi va bepushtlik kuzatilishi mumkin. Shuning uchun ushlanib qolgan xomila yo‘ldoshini ajratishda konservativ usullardan foydalaniladi, bu usullar samara bermaganda homila yo‘ldoshni qo‘lda operativ yo‘l bilan ajratib olinadi. Hayvonlarda homila yo‘ldoshni ushlanib qolishini davolashda ikkita konservativ va operativ usullar mavjud. Konservativ davolash 264 28-iyun 2024-yil. Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO‘PLAM – 1/24 usuli hayvon tuqqanidan so‘ng 6 soat o‘tgandan keyin boshlanadi, bunda bachadon muskullarini qisqarishini kuchaytiruvchi preparatlar qo‘llash natijasida homila yo‘ldoshini o‘z holicha ajralishini ta’minlaydi. Homila yo‘ldoshini ushlanib qolishini oldini olishda va davolashda har xil preparatlar va shu jumladan neyro-gormonal preparatlar (prozerin, progisteron, sinestrol va boshqalar) qo‘llaniladi, lekin ular har doim ham kutiladigan natijalarni bermaydi, chunki kerakli makro va mikro elimentlar yetishmasa sigirlarning organizmida modda almashinuvlari buziladi va har xil ayniqsa jinsiy a’zolarning faoliyatlari keskin pasayib ketishi yoki umuman buzilib ketishiga olib keladi. Akusher- ginekologik kasalliklari ko‘pincha sigirlarning homila yo‘ldoshi ushlanib qolishiga bog‘liq. Shuning uchun ham bu kasallikka jiddiy e’tibor qilinadi. Sigirlarning homila yo‘ldoshining ushlanib qolishini davolash va oldini olish bo‘yicha ilmiy- tadqiqot ishlari Samarqand viloyati Samarqand tumani va Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanlaridagi chorvachilik fermer xo‘jalilarida tajribalar olib borildi. Bachadon shilliq qavati faoliyatini faollashtiruvchi patogenetik vosita sifatida “Rootikan” va “Ixglyukovit-vet” preparatlarini yo‘ldoshni ushlanib qolishini davolovchi samarasi uch kun davomida sinab o‘rganildi. 1-tajriba guruhida bo‘lgan sigirlarga “Rootikan” preparati qo‘
Доказательный фрагмент
«Maqolada sigirlar tuqqandan keyingi yo‘ldosh ushlanib qolishini davolashda “Rootikan” preparati 100 kg tirik og‘irligiga 1 litr, “Ixglyukovit-vet” preparati 50 ml miqdorida bachadon ichiga qo‘llanilgandagi samarasi o‘…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada sigirlar tuqqandan keyingi yo‘ldosh ushlanib qolishini davolashda “Rootikan” preparati 100 kg tirik og‘irligiga 1 litr, “Ixglyukovit-vet” preparati 50 ml miqdorida bachadon ichiga qo‘llanilgandagi samarasi o‘… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- гипотония и ротикан, hypotonia and rotican, субинволюция матки, bachadon subinvolyusiyasi, препарат., atony, yo‘ldosh, Cow, uterine subinvolution, ixglyukovit-vet, preparat., placenta, ixglukovit-vet, Корова, gipotoniya va роотикан, иксглюковит-вет, атония, drug., плацента, atoniya, Sigir
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026