Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Особенности токсического действия Толгулинского растения на животных и продукты
TOLGULI (OLEANDER · SAMBITGUL) O’SIMLIGINING HAYVON VA · MAHSULOTLARIGA TOKSIK TA’SIR XUSUSIYATLARI
in Library · 2026
Аннотация
В статье изучены особенности токсического действия растения толгули на крупный рогатый скот, клиническая симптоматика, ЭКГ, патологоанатомические, патологоанатомические, хроматографические исследования, профилактика и лечение. Изучены убойные дозы для животных (ОД), величины токсического воздействия на продукцию животного происхождения, методы лабораторных исследований. Annotation. In the article, the features of the toxic effect of the tolguli plant on cattle, clinical symptoms, ECG, pathogistological, pathologoanatomical, chromatographic examinations were conducted, and prevention and treatment were studied. Animal killing doses (OD), amounts of toxic effects on animal products, laboratory testing methods were studied. Kirish. Tolguli (sambitgul) kendirdoshlar oilasiga mansub doimiy yashil buta. Vatani Osiyo, oʻrta yer dengiz boʻyi va Osiyoning subtropik hududlarida 5 turi uchraydi va asosan manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Uning eng ko'p tarqalgan turlari O'rta er dengizi havzasi va Osiyoda (Nerium oleander) [1]. Amerikaning tropik mintaqalarida Thevetia peruviana (sariq oleander) uchraydi [2]. Ta’sir mexanizmi: Tolgulining bargi insonlar, hayvonlar va ayrim hashoratlarga zaharli ta’sir qilishi qadim zamonlardan ma'lum: Hindistonda, miloddan oldin, buta Kajamaraka, "otni o'ldiradigan o't" deb nomlangan [3,4]. Tolgulining barcha qismlari juda zaharli hisoblanadi, chunki ular bir nechta glikozid (oleandrini, nerin, digitoksigenin va olinerin) larni saqlaydi. Oshqozon-ichak traktidan tez so'riladi, yog’ to’qimalarida saqlanuvchanligi tufayli siydik bilan sekin ajralib chiqadi [5]. Zaharli ta’sir mexanizmi shundan iboratki, yurak mushaklarida Na + -K + -Adinazintrifosfat (ATP) ta’sirini yo’q qiladi va hujayra ichidagi Na + kontsentratsiyasini oshiradi. Bu esa Na + va Ca 2+ almashinuviga ta'sir qiladi, bu musbat inotrop ta'sir Ca 2+ darajasining hujayra ichidagi ko'payishiga olib keladi, shuningdek, miyokard hujayralarining qo'zg'aluvchanligi va avtomatizmining kuchayishi bilan membrana o’tkazuvchanlining oshishiga olib keladi. Atriyoventrikulyar o'tkazuvchanlikning sekinlashishi va qorincha aritmiyalariga olib kelishi aniqlangan [6]. Bundan 211 28-iyun 2024-yil. Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO‘PLAM – 1/24 tashqari K + ionlari hujayradan tashqariga chiqarilib, giperkalemiyaga sabab bo’ladi, bu esa yurak aritmiyasi va gipotenziyasi kuchayishiga olib keladi. Odamlar oleanderni o'z joniga qasd qilish maqsadida iste'mol qilish hollari uchraydi [7]. Biroq, tasodifiy, bilmasdan iste’mol qilish (yosh bolalarda) yoki hayvonlarga berish oqibatida zaharlanishlar kelib chiqadi. [4,6,8,10]. Shu jumladan qoramollarda hozirgi kunda ko’plab zaharlanishlar qayt etilgan. [11,12,13] Bir kamerali oshqozonli hayvonlarda qusish akti tez bo’lganligi tufayli zaharlanish xavfi kamayadi. Quritilgan tolguli barglarining o'ldiradigan dozasi (O’D) hayvon turiga qarab farq qiladi. qoramollar mayda kavsh qaytaruvchi hayvonlarga nisbatan sezgirroq, qoramol uchun O’D 50 mg/kg, echkilar uchun 110 mg/kg, qoʻylar uchun 250 mg/kg ni tashkil etadi [1]. Tadqiqot maqsadi: Tolgulidan zaharlangan qoramollarda zaharlanishning kechishi, klinik belgilarini, EKG, biokimyoviy, gistopatologik va patologoanatomik tekshirishlar o’tkazish. Sut va sut mahsulotlarida zaharli glikozitni aniqlash. Tajribani o’tkazish: Tadqiqotlar Samarqand viloyati Samarqand shahri aholi qaramog’idagi zaharlangan 10 bosh Bushuev zotli hayvonlarda o’tkazilgan. 1-kuni zaharlangan hayvonlarda depressiya, anoreksiya, kavsh qaytarmaslik, bezovtalik, sutning keskin kamayish belgilari kuzatildi. Em-xashakdan zaharlanish ehtimoli borligiga shubha qilgan chorvador zudlik bilan ozuqa berishini tuxtatib, veterinariya mutaxassisiga murojat qilgan. 1-kunida ba'zi sigirlar yomonlashdi, diareya, tashqi muhitga sezgirligi o’ta past va uzoq vaqt yotoqda qoldi. Davolash uchun venaga murakkab eritmalar va teri ostiga 0,1% li atropin, og’iz orqali surgi, burishtiruvchi, o’rab oluvchi, adsorbint dorilar bilan birga simptomatik terapiya o'tkazildi. Biroq, noodatiy harakatlar (bo'g'ilish va komaga tushish) bilan ertasi kuni bir sigir kechqurun o’lgan. Qolgan 3 ta hayvon keyingi to'rt kun ichida o'ldi. Hayvon egasi veterinariya va sog'liqni saqlash xizmatlarini xabardor qildi. Ular ehtiyot chorasi sifatida sog’ib olingan sutni o’til qilishga qaror qilishdi. Veterinariya va sog'liqni saqlash laboratoriyalari patologik na’munalar oldi. Qolgan kasallik alomatlarni ko'rsatgan hayvonlar to'liq klinik tekshirildi, elektrokardiogramma (EKG) umumiy va biokimyoviy tekshirishlar uchun to'rtta eng og'ir zaharlanish belgisi bor hayvondan qon namunasi olindi. Depressiya, quloqlari osilgan, ba'zilarida esa uyquchan, karaxtlik belgilari kuzatildi. (1-rasm). 212 28-iyun 2024-yil. Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO‘PLAM – 1/24 Boshqa hayvonlarda juda o'zgaruvchan belgilar ko’rildi: ya’ni ba'zi hayvonlar burnidan z
Доказательный фрагмент
«В статье изучены особенности токсического действия растения толгули на крупный рогатый скот, клиническая симптоматика, ЭКГ, патологоанатомические, патологоанатомические, хроматографические исследования, профилактика и…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье изучены особенности токсического действия растения толгули на крупный рогатый скот, клиническая симптоматика, ЭКГ, патологоанатомические, патологоанатомические, хроматографические исследования, профилактика и… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- патологоанатомические, pathogistological, toksik, EKG, doza, ЭКГ, klinik belgilari, крупный рогатый скот, toxic, toksik ta’sir, qoramol, xromatografik, токсичность, toxic effect, laboratoriya., plant, лаборатория., product, доза, растение, количества, клинические признаки, толгули, patogistologik, cattle, pathologoanatomical, хроматографические, o’simlik, quantities, patologoanatomik, ECG, laboratory., mahsulot, продукт, miqdorlar, tolguli, chromatographic, dose, clinical signs, токсическое действие
Смежные источники
Журнал универсальных научных исследованийЭ.Я Эрметов, Д.Э Яхшибоева2024
Лучшие интеллектуальные исследованияIkramov Kamronbek Dilshodbek о‘g‘li2025
The American Journal of Medical Sciences and Pharmaceutical ResearchGlial Tumors Of The Brain, With Associated Hydrocephalia +32020