К содержанию
РецензированоRU2026

Причины лернеоза на рыбалке и меры по их устранению

Сабирджан Мавланов (Ветеринарный научно-исследовательский институт) · Н Сулайманова (Ветеринарный научно-исследовательский институт)

in Library · 2026

Аннотация

The article presents an analysis of scientific sources on the causes of lerneosis in fish grown in artificial reservoirs, and summarizes practical work. Key words: fish, water, pool, salt, equipment, lernea, calcium hypochlorite, lime, shrimp, lime, soil, mineral matter. Mavzuning dolzarbligi. Insonlarning hayvonot dunyosi hisobiga qabul qiladigan oqsillarning 18-20 foizi suvda yashovchi organizmlarga, asosan, baliqlarga to‘g‘ri keladi. Baliqchilik mamlakat aholisini parhez go‘sht mahsuloti bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Chunki baliq go‘shti tarkibi inson organizmi uchun zarur bo‘lgan biologik faol moddalar, mineral va boshqa turdagi yengil hazm bo‘luvchi to‘yimli moddalarga boy mahsulotdir. Baliq inson organizmini suyak va tishlarni mustahkamlovchi shifobaxsh taom sifatida qadimdan sevib iste’mol qilinadi. Ayniqsa, tez hazm bo‘lishi va parhezbopligi baliqning qiymatini yanada oshiradi. Baliq go‘shti tarkibida juda ko‘p vitamin va mikroelementlar saqlanishi tufayli biologik qiymati ham qoramol va qo‘y go‘shtidan yuqori turadi. Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishda faqatgina uning miqdor ko‘rsatkichigina emas, balki salomatligini ta’minlovchi ko‘rsatkichga ham alohida e’tibor berilmoqda. Respublikamizda baliqchilik sohasini yanada rivojlantirish, mavjud tabiiy va sun’iy ko‘llardan samarali foydalanib, yuqori hosildorlikga erishishda baliqlarning bir qator yuqumli va yuqumsiz kasalliklari jumladan, ular orasida baliqlarning invazion kasalliklaridan hisoblangan lerneoz kasalligi soha rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. [4,8,10,14] Lerneoz - bu chuchuk suvdagi baliqlarning ektoparazitlari hisoblanib Lernaeidae oilasiga mansub Lernaea elegans, Lernaea cyprinacea qo‘zg‘atuvchilari - eshkakoyoqli (veslonogiy) qisqichbaqalar karp turdagi baliqlar, ularning malyoklari va boshqa tabiiy suv havzalari daryo va ko‘llarda uchraydigan yovvoyi baliqlar, jumladan (karas, sudak, lesh) tanasida parazitlik qiladi. Lernea cyprinacea tashqi ko‘rinishi Kasallik qo‘zg‘atuvchisi – Lernaea avlodiga mansub eshkakoyoqli qisqichbaqa (rachok)lar bo‘lib, jinsiy yetilgan urg‘ochisining tanasi uzaygan, silindrsimon, bo‘g‘imlarga bo‘linmagan, orqa 173 28-iyun 2024-yil. Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO‘PLAM – 1/24 uchi biroz kengaygan, 0,1 – 1,6 sm uzunlikda bo‘ladi. Boshining so‘nggi qismida 4 ta o‘simtasi joylashgan bo‘lib, shu orqali lerneozlar baliq tanasiga kirib parazitlik qiladi. Lerneyalar baliq terisini teshib muskul to‘qimasigacha yetib, unga chuqurroq kirib oladi, shu bilan birga butun baliq tanasi yuza qismiga, jabrasi, hatto ko‘z sohasiga joylashib oladi. Lerneyalar joylashgan to‘qimalarda yallig‘lanish jarayoni kechadi, lernealar hosil qilgan jarohatlar joyi giperemiyalashadi, oq, ensiz yarachalar va shishlar hosil bo‘ladi. Zararlangan to‘qimalarda patogen bakteriyalar, zamburug‘lar rivojlanadi. Lerneyalar tomonidan hosil qilingan jarohatlar baliqlar immunitetini pasaytirib, ko‘pgina infeksion kasalliklarga moyilligini oshiradi. Bu holat baliqlarni o‘sish va rivojlanishdan orqada qolishi, eng avvalo tovarlik xususiyatini yo‘qolishiga sabab bo‘lib, baliqchilik xo‘jaliklariga katta iqtisodiy zarar keltiradi. Bu iqtisodiy zararni oldini olish uchun avvalo, baliqchilik xo‘jaliklarida lerneoz kasalligini kelib chiqish sabablarini o‘rganish, aniqlash va uni oldini olish maqsadga muvofiqdir. Reglament bo‘yicha baliqchilik xo‘jaligi, aholi turar joyidan 2 km, ekin maydonlaridan esa 1,5 km uzoqlikda tashkil etilishi lozim. Respublika miqyosida akvakultura yoki sun’iy hovuz baliqchiligi uch yo‘nalishda tashkil qilinib, baliqlar etishtirilib kelinmoqda. Bular qo‘yidagilar: 1. Yerda qazib tayyorlangan sun’iy baliq hovuzi. 2. Basseyn tipidagi baliq hovuzi (yopiq va ochiq basseyn). 3. Tabiiy suv havzalari hududida sadok shaklidagi (to‘r hovuzlar) baliqchilik xo‘jaliklari. [2,7,11,15]. Baliq havzasi tashkil qilishda o‘sha joyni iqlimi, tuprog‘i, eng avvalo suviga katta ahamiyat berish dolzarb hisoblanadi. Tuproq sifati hovuz va suv to‘planadigan maydon suv havzasining tabiiy baliq mahsuldorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Unumdor tuproqda saqlanuvchi mineral tuzlar, organik birikmalar suvga tushgach bakteriyalar, o‘simlik va hayvonlar organizmlari oziqlanishi uchun zarur moddalar bilan boyitadi. Unumdor tuproqlarda barpo etilgan baliqchilik hovuzlari haydaladigan dalali suv yig‘iladigan maydonlar baliqlar uchun boy ozuqa bazasi hisoblanadi. Kam unumli, botqoqlashgan, qumli-toshli yer qatlamida baliq havza qurish tavsiya etilmaydi. Ko‘lmak va shag‘alli joyda baliq havzasi tashkil qilish tavsiya qilinmaydi, filtratsiya kuchli bo‘lganligi sababli, ya’ni havzada suv turmaydi. Baliq havzasi suv manbasi (zovur, kanal)ga yaqin va yuqoriroqda bo‘lishi, suv yil davomida almashib turishi lozim. Suvni sifati yaxshi, haddan tashqari sho‘r, rangi tiniq, hidi bo‘lmasligiga e’tibor berish lozim. Baliq havzasi unchalik katta bo‘lmagan qiyalikda joylashganligi ma’qul.

Доказательный фрагмент

«The article presents an analysis of scientific sources on the causes of lerneosis in fish grown in artificial reservoirs, and summarizes practical work.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article presents an analysis of scientific sources on the causes of lerneosis in fish grown in artificial reservoirs, and summarizes practical work. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fish, water, pool, salt, equipment, lernea, calcium hypochlorite, lime, shrimp, лернея, suv, минеральное вещество., oxak, qisqichbaqa, гипохлорит кальция, gipoxlorid kalsiy, почва, soil, tuproq, texnika, известь, соль, техника, бассейн, креветки, havza, tuz, mineral matter., вода, lerneya, baliq, mineral modda., рыба
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники