Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Изучение токсического действия гелиотропов и борьба с ним
QARSHI KURASH CHORALARI · Sultanova I.Y.- v.f.f.d. · Isayev M.T.- v.f.n.
in Library · 20-23 · 1981
Аннотация
Maqolada, lalmikor maydonlarda ytishtirilayotgan ozuqabop o‘simliklarining ytilib ko‘payishiga to‘sqinlik qilib kelayotgan geliotrop zaharli (kampirchopon, ko‘kmaraz) o‘simligining toksik ta’sirini vegetativ davridan to ytilish generativ (urug‘lash) davrgacha bo‘lgan muddatda toksik ta’sirini o‘rganish va unga qarshi zamonaviy pestitsidlar ENTOSTAR (Tribenurolmetil), ENTOPIK (klodinafop tefuril) kabi vositalar bilan yo‘qotish choralari keltirilgan. Kalit so‘zlar: geliotrop o‘simliklar, (Trichodesma incanum) kampirchopon, toksik ta’sir. Mavzuning dolzarbligi. Lalmikor maydonlarda ytishtirilayotgan bug‘doy, arpa kabi ozuqabop o‘simliklarning o‘sishi va ytilishiga to‘sqinlik qilib kelayotgan geliotrop o‘simliklarning tarqalishi hozirgi kunda dolzarb masalalardan biridir. Ma’lumki qishloq xo‘jalik hayvonlari va parrandalarning barcha kasalliklari ichki yuqumsiz kasalliklar shu jumladan zaharlanishlar yitakchi o‘rinni egallaydi va chorvachilikka katta iqtisodiy zarar keltiradi. Lalmikor maydonlarda ozuqabop o‘simliklar bilan birgalikda o‘sadigan geliotrop o‘simliklarning tarqalishi avvalgi asrimizning 20-yillarida Silmat va Robertsonlarning birinchi marta Janubiy Afrika aholisi orasida geliotrop toksikozi kasalligini aniqlagan. Kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash natijasida barcha olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilganda, asosan ozuqabop o‘simliklar bilan birgalikda o‘sadigan (kampirchopon, eshakmiya, ko‘kmaraz) kabi begona o‘tlarning urug‘larini iste’mol qilish natijasida ichki zaharlanishlar kelib chiqishi aniqlangan (B.H.Vafaqulov va b. 1981). Geliotrop o‘simliklardan biri kampirchopon kabi o‘simliklar may oyining oxiri iyun oylarining boshida vegetativ davri boshlanadi va sentyabr oyigacha ytilib pishadi. Bu o‘simlik O‘zbekistoning deyarli barcha lalmikor yirlarida tarqalgan bo‘lib poyasi oq tuklar bilan qoplangan, barglari tuxumsimon, gullari sarg‘ish-oqimtir rangli hisoblanadi, yirning gektorida 450 dan 550 tupgacha, ba’zi joylarda 40 ming tupgacha ham o‘sadi. Bir tup kampirchopon 150 dan 2000 tagacha urug‘ tugadi. Urug‘ida 2,7 %, barg va poyasida 1,5 % alkaloid saqlaydi (V.E. Kreysberg 1955). Mavzuning maqsadi. Xususiy fermer xo‘jaliklarida ozuqabob mahsulotlarinig ytilib o‘sishiga to‘sqinlik qilib kelayotgan zaharli geliotrop o‘simliklarining o‘sishi va ushbu ozuqaviy aralashmani hayvonlarning iste’mol qilishi natijasida ularning organizmiga kuchli toksikologik o‘zgarishlarni keltirib chiqishi tufayli iste’molchi qishloq xo‘jalik hayvonlarga amiakli zarari kam bo‘lgan zamonaviy pestitsidlar orqali zaharli o‘simliklarni yuqotish maqsadga muvofiqdir. Madaniy o‘simliklar orasida, shuningdek, yaylov va lalmikor maydonlarda o‘sadigan begona o‘tlar bilan birgalikda zaharli o‘simliklarning o‘sishi xavfli tus olib, dehqonchilik fermer xo‘jaliklariga salbiy ta’sir qilishi bilan birgalikda chorvachilikga katta iqtisodiy zararga sabab bo‘lmoqda. Shulardan biri bu hozirda keng tarqalib kelayotgan kampirchopon zaharli o‘simligi bo‘lib poyasi oq tuklar bilan qoplangan, barglari tuxumsimon, gullari sarg‘ish-oqimtir rangli bo‘yi 50 sm dan to 1 m gacha yitadi (1-rasm). Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra o‘simliklar lalmikor maydonlarda 10-15 foizgacha tarqalmoqda. Respublikamizning g‘alla ekiladigan maydonlarida turli xil zaharli o‘simliklar ham juda ko‘p o‘sadi. Bular jumlasiga 244 28-iyun 2024-yil. Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO‘PLAM – 1/24 kampirchopon, ko‘kmaraz, eshakmiya, kakra, oqquray, mingboshi, oqsanoq, sarigul va boshqalar kiradi. Ko‘rsatilgan o‘simliklarning ko‘pchiligi zaharli ta’siri yitarli darajada o‘rganilmagan. 1-rasm. Kampirchoponning lalmikor maydonlarda, vegitativ davrida tarqalishi. 2-rasm. Kampirchoponning oq-ko‘kish gullari. 245 28-iyun 2024-yil. Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO‘PLAM – 1/24 Ma’lumki zaharli o‘simliklarda alkaloidlar, glyukozoidlar, laktonlar, efir yog‘lari, bo‘yovchi moddalar mavjud. Shuning uchun ularni oz miqdori ham organizmga tushsa og‘ir zaharlanish chaqirmasa ham, ammo immunobiologik xususiyatini keskin pasaytirib yuboradi, yuqumli kasalliklarga qarshi emlash natija bermaydi. Mollarda surunkali tuberkulyoz, brutsellez, pasterellyoz, kolibakterioz singari kasalliklar ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Bu kasalliklarga ayniqsa zotli chetdan keltirilgan qoramollar o‘ta sezuvchan bo‘ladi. Shuning uchun ham g‘allani yaxshi tozalash, zaharli o‘simliklar urug‘lari qo‘shilgan g‘alla chiqindilarini mollar ozuqasiga qo‘shmaslik yoki omuxta yimga qo‘shish me’yorini ishlab chiqish chorvachilik uchun dolzarb masala hisoblanadi. Ammo, don tozalash zavodlarida, xirmonlarda ajratilgan zaharli o‘simliklar urug‘lari, barglari va poyalari, puch g‘alla donlari chiqindi ko‘rinishida yig‘ilib qoladi va keyinchalik hayvonlar uchun tayyorlanadigan omuxta yimga aralashtirib yuboriladi, Bir sezonda chiqindi 10-15 foizgacha yig‘iladi. Bu miqdor g‘alla maydonini ko‘p yo
Доказательный фрагмент
«Maqolada, lalmikor maydonlarda ytishtirilayotgan ozuqabop o‘simliklarining ytilib ko‘payishiga to‘sqinlik qilib kelayotgan geliotrop zaharli (kampirchopon, ko‘kmaraz) o‘simligining toksik ta’sirini vegetativ davridan…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada, lalmikor maydonlarda ytishtirilayotgan ozuqabop o‘simliklarining ytilib ko‘payishiga to‘sqinlik qilib kelayotgan geliotrop zaharli (kampirchopon, ko‘kmaraz) o‘simligining toksik ta’sirini vegetativ davridan… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- toxic effect., (Trichodesma incanum) kampirchopon, токсическое действие., бузина (Trichodesma incanum), toksik ta’sir., (Trichodesma incanum) elderberry, гелиотропные растения, heliotrope plants, geliotrop o‘simliklar
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026