К содержанию
РецензированоRU2026

Динамика распространения гельминтозов в некоторых районах Галлаорольского района Джизакской области

GELMINTOZLARNI TARQALISHI

in Library · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi ayrim xo‘jaliklarida gelmintlarni tarqalish darajasi o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: Gulchambar, Sovruk, gelmint, gelmintoz, boshqa oshqozon-ichak strongilyatozlar, moniezioz, marshallagioz, gelmintoovoskopiya, fyulleborn ketma-ket yuvish. Kirish. Respublikamizda chorvachilik sohasining asosiy tarmoqlaridan biri bu qo‘ychilik bo‘lib, aholini sifatli go‘sht, sut hamda yog‘ mahsulotlari bilan, sanoatni esa xom-ashyo sifatida teri mahsulotlari bilan ta’minlaydi. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarda chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish, ularni mahsuldorligini oshirish, turli yuqumli, yuqumsiz va invazion kasalliklarga qarshi kurashish va oldini olish choralarini rejali ravishda olib borishdir. Bu sohani rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi qator omillar ham mavjud. Bulardan qishloq xo‘jalik hayvonlari orasida uchrab turadigan ayrim gelmintozlarning tarqalishi va keltiradigan iqtisodiy zarari bo‘yicha muhim o‘rin egallaydi. Respublikamizda ushbu kasalliklarni tarqalishini, epizootologik holatini va ularga qarshi kurashish choralarini izlab topishni talab etadi. Chorvachilikni yanada jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, mahsuldor mollar tuyoq sonini ko‘paytirish va ularning mahsuldoligini oshirishda chorva mollarining turli yuqumli, parazitar va yuqumsiz kasalliklariga qarshi davolash-profilaktika chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish muham ahamiyatga ega. Jumladan mahsuldor mollar orasida uchraydigan turli xil gelmintozlar, ularning tarqalish darajasi, hozirgi chorvachilik yuritish texnologiyasi sharoitida turli xil gel'mintozlarning epizootologik xususiyatlari, bu kasalliklarga qarshi davolash-profilaktika chora-tadbirlarini takomillashtirish va yangi uslub-vositalar ishlab chiqish ma'lum darajadagi muhim va dolzarb muammo bo‘lib hisoblanadi. Ayniqsa mahsuldor mollarning asosiy gelmintozlarining tarqalishi va ular yetkazadigan iqtisodiy zararning oldini olishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar alohida ahamiyatga ega muammo bo‘lib hisoblanadi. Chunki gelmintozlarning qo‘zg‘atuvchilari, ya’ni patogen gelmintlarning biologik xususiyatlari, ularning tarqalish darajasi va hayvon organizmida rivojlanishi tashqi muhit va chorvachilik yuritish texnologiyasiga bog‘liqdir. Shuning uchun gel'mintozlarning tarqalishi va epizootologik jihatlarini chorvachilik yuritishning yangi texnologiyasi shart-sharoitlarda aniqlash va olingan ma’lumotlar asosida bu kasalliklarga qarshi samarali davolash-profilaktika chora-tadbirlarni ishlab chiqish davr talabi bo‘lib hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi. Chorva mollari orasida asosiy gelmintozlarni tarqalishini aniqlash, ularga qarshi chora tadbirlarni takomillashtirish, gelmintozlarni davolsh va profilaktika chora- tadbirlar tizimini ishlab chiqishning ilmiy asoslari va metodologik jihatlarni tadqiq qilish va amaliyotga qo‘llashdan iborat. Material va metodlar. Ilmiy tadqiqot ishlari Jizzax viloyati G’allaorol tumani ayrim hududlarida tekshirish ishlari olib borildi. Gulchambar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 20 bosh qo‘ylardan va Sovruk mahalla fuqarolar yig‘ini hududida esa 20 bosh qo‘ylardan tezak namunalari olinib, tekshiruvdan o‘tkazildi. 235 28-iyun 2024-yil. Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO‘PLAM – 1/24 Tadqiqotlar davomida olingan namunalar veterinariya ilmiy tadqiqot instituti Gelmintologiya laboratoriyasida olib borildi. Gelmintoovoskopik tekshirishlardan fyulleborn va ketma-ket yuvish usulllaridan foydalanib tekshirildi. Natijalar va ularning tahlili. Qo‘ylarda tarqalishini o‘rganish natijalari 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval Qo‘ylardan olingan tezak namunalarini tekshirish natijalari Fulleborn va ketma-ket yuvish usulida tekshirilganda Hudud Hayv s o o n n i b osh z o i z e i n M o z o i g a l l a h s r n o z o q h s o a q - k a h c i r a l z o t a y l i g n n a l i b r a l z o t n i i h s i n a l r a r a z y i a h o mm M s o B r t s l e G u m u n= % n= % n= % n= % Gulchambar 20 - - 7 35 1 5 8 40 m.f.y. Sovruk m.f.y. 20 10 50 - - - - 10 50 Jami: 40 10 25 7 17,5 1 2,5 18 45 Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, G‘allaorol tumanidagi Gulchambar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 20 bosh qo‘ylardan olingan tezak namunalari tekshirilganda ularning 7 boshida marshallagioz va 1 boshida boshqa oshqozon-ichak strongilyatozlari qo‘zg‘atuvchilarining tuxumlari borligi aniqlandi, va qo‘ylarning zararlanish darajasi 40 foizni tashkil etdi. 1-rasm. Qo‘ylardan namunalar olish jarayoni 236 28-iyun 2024-yil. Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO‘PLAM – 1/24 G‘allaorol tumanidagi Sovruk mahalla fuqoralar yig‘ini hududida 20 bosh qo‘ylarning tezak namunalari tekshirilganda 10 boshida monezioz qo‘zg‘atuvchisining tuxumlari borligi aniqlandi, qo‘ylarnning Monezioz bilan zararlanish darajasi esa 50 foizni tashkil etdi. Xulosa. Respublikaning markaziy hududi Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi ay

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi ayrim xo‘jaliklarida gelmintlarni tarqalish darajasi o‘rganilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi ayrim xo‘jaliklarida gelmintlarni tarqalish darajasi o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
гельминтозы, boshqa oshqozon-ichak strongilyatozlar, marshallagioz, Мусор, fyulleborn ketma-ket yuvish., fulleborn washing in a row., Garbage, фуллеборновые промывания подряд., helminthosis, helminthovoscopy, gelmintoovoskopiya, monieziosis, marshallagiosis, other gastrointestinal strongylatosis, мониезиозы, Sovruk, Gulchambar, moniezioz, гельминтовоскопии, gelmintoz, gelmint, маршаллагиозы, helminth, другие желудочно-кишечные стронгилятозы, соврук
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники