К содержанию
РецензированоRU2026

Исследование нарушений фосфорно-кальциевого обмена препарата хитозан Bombyx Mori гидроксиапатит у кур-несушек

BUZILISHLARIGA TA`SIRINI O‘RGANISH

in Library · 60- 64 · 2026

Аннотация

В условиях птицефабрик изучено влияние яичной продуктивности и минеральных веществ организма при добавлении в комбикорм цыплятам породы Ломанн Браун Классик полимерного препарата “Гидроксиапатит xитозанa Bombyx mori”. Summary: In the conditions of poultry farms, the influence of egg productivity and mineral substances of the body was studied when the polymer preparation "Chitosan Bombyx mori hydroxyapatite" was added to the compound feed for chickens of the Lohmann Brown Classic breed. Kalit so’zlar: tovuq, tuxum, anomaliya, kalsiy, fosfor, mineral, vitamin, ratsion, tuxum yo’li, tuxum shakli, xitozan, gidroksiapatit, primeks. Mavzuning dolzarbligi. Parrandachilik xalqimizning oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talabni qondirishda muhim manba bo`lib xizmat qilib kelmoqda. Parrandalarning genetik potensial darajasida mahsuldorligini ta`minlashning nazariy asoslari va profilaktik tadbirlarni ishlab chiqish bugungi kunda veterinariya sohasi oldidagi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda malakatimizda yuqori mahsuldor parranda zotlari va krosslari mavjud. Ammo parrandalarni saqlash va oziqlantirishdagi kamchiliklar: sifatsiz ozuqalar, rasion tarkibida vitamin, makro- mikroelemantlar, kalsiy fosfor nisbati, almashinuv energiya miqdori va boshqa biologik faol qo`shimchalarning yetishmasligi ularning mahsuldorligi, kasalliklarga chidamliligining pasayishi, ularda modda almashinuvi buzilishi ayniqsa kalsiy fosfor almashinuviga sabab bo`lib mahsuldorlikning kamayishi orqali xo`jaliklarga katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Tovuqlar organizmida kalsiy, fosfor almashinuvining buzulishi bilan kechadigan kasallik asosiy o`rinni egallaydi. Shuning uchun tuxum yo`nalishidagi tovuqlarda kalsiy, fosfor yetshmovchilik kasallikni o`z vaqtida aniqlash va oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb va o`z yechimini kutayotgan muammolardan biri. Tuxum po’chog`ining asosiy yetishmovchiligi uning yumshoq bo’lishi hisoblanadi. Buning asosiy sababi tarkibda kalsiy va fosfor saqlovchi moddalar yetishmovchiligi yoki uni hazmlanishining buzilishi hisoblanadi. Har bir tuxum tarkibida o`rtacha 1,5-2,5 g kalsiy bo’lishini hisobga oladigan bo’lsak, bir yilda 200 ta tuxum tug`ilsa uning tarkibidagi kalsiy moddasi o’rtacha 400-500 gr ni tashkil etadi. Tovuqlar organizmida tuxum hosil bo’lishidan tashqari boshqa fiziologik jarayonlar uchun ham kalsiy muhim. Masalan suyaklarning qattiqligi va ularning tarkibidagi zahira uchun sarflanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tovuqlar organizmining kalsiyga bo`lgan extiojni qondirishda “Xitozan Bombyx mori gidroksiapatiti” preparatini samarasini o`rganish dolzarb sanaladi [6,8,10]. Tuxum po’chog`ining yumshab qolishini yoki kalsiy fosfor almashinuvi buzilishlarini profilaktika qilishda tovuq organizmiga talab etiladigan miqdorlarni hisobga olish lozim. Masalan: 282 28-iyun 2024-yil. Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO‘PLAM – 1/24 tovuqlarni birinchi marta tuxum berish davrida ularning organizmida kalsiyning miqdori tekshirilganda me’yorlarga nisbatan 20% gacha kamayganligi aniqlangan [6]. Tekshirishlar joyi, ob`kti va uslublari. Ilmiy tekshirish ishlari Samarqand viloyati Pasdarg`om tumanidagi «Darg‘om-parranda fayz» MCHJ da saqlanadigan Lomann Braun Klassik zotga mansub tovuqlarda olib borildi. Laborator tekshirishlar Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Mikrobiologiya va Vetsanitariya va urchitish potologiyasi laboratoriyalarida hamda qonning biokimyoviy ko`rsatkichlari “Samarqand diagnostika” laboratoriyasida bajarildi. Tajriba guruhidagi tovuqlar ratsionga qo’shimcha ravishda “Xitozan-gidroksiapatit” (Xz/Ga) ni 1/4 nisbatlisidan 10 mg/kg dan va 4000 litr suviga 1000 ml dan “Intrirovit-A+BC” preparatidan qo’shib berildi. Nazorat guruhidagi tovuqlar xo’jalik ratsioni bilan oziqlantirildi. Tajribalar 40 kun davomida olib borildi. Tajribalar davomida tovuqlar har 20 kunda bir marta klinik, gematologik va tuxumlarni organoleptik tekshirishlardan o’tkazib turildi. Klinik tekshirishlar orqali umumiy holati, semizlik darajasi, tashqi tasirotlarga javob reaksiyasi aniqlandi. Umumiy qabul qilingan klinik tekshirish usullari bilan tovuqlarda shiliq pardalar, toj va sirg’alarning ranggi, gipodinamiya, tana harorati, patlarni holati, alopetsiya, mahsuldorlik, teri va teri qoplamasi, tuxum po’chog’ining holati va shakli aniqlandi. Tajribalarning boshida tajriba va nazorat guruhlaridagi tovuqlarda klinik-fiziologik ko‘rsatkichlar umumiy holsizlanish, shilliq pardalarning oqarishi (anemiya), tananing bo’yin va kloaka atrofidapatlarning to‘kilishi (alopetsiya), teri qoplamasi va oyoqlar muguz holati yaltiroqligining pasayishi kabi kalsiy fosfor almashinuvi buzilishlariga xos klinik belgilar tajribalarning oxiriga kelib, nazorat guruhidagi tovuqlarda klinik-fiziologik ko‘rsatkichlarning salbiy tomonga o‘zgarishi kuzatildi. Klinik ko‘rsatkichlar “Darg’om Parranda Fayz” fermer xo‘jaligida (1-xo‘jalik) tajriba guruhidagi tovuqla

Доказательный фрагмент

«В условиях птицефабрик изучено влияние яичной продуктивности и минеральных веществ организма при добавлении в комбикорм цыплятам породы Ломанн Браун Классик полимерного препарата “Гидроксиапатит xитозанa Bombyx mori”.»

Образец извлечения

Демо-превью

В условиях птицефабрик изучено влияние яичной продуктивности и минеральных веществ организма при добавлении в комбикорм цыплятам породы Ломанн Браун Классик полимерного препарата “Гидроксиапатит xитозанa Bombyx mori”. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
примекс., ratsion, hydroxyapatite, минерал, форма яйца, egg shape, tuxum yo’li, anomaly, anomaliya, кальций, tuxum shakli, яйцевод, primeks., chicken, phosphorus, яйцо, хитозан, курица, fosfor, egg, kalsiy, рацион, diet, chitosan, calcium, primex., аномалия, vitamin, xitozan, фосфор, витамин, gidroksiapatit, oviduct, гидроксиапатит, mineral, tovuq, tuxum
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники