Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Причины трихофитии красного скота, расположенного в пустынном районе Кашкадарьинской области
Usmonova X.J.
in Library · 120-126 · 2026
Аннотация
Maqola Qashqadaryo viloyatining cho’l xududida joylashgan qizil zotli qoramollarda trixofitiya kasalligini kelib chiqish sabablari va uni bartaraf etish uchun tavsiyalar berishga bag’ishlangan bo’lsa, hayvonlarning 5 foizida zamburug’, 3 foizida tellerioz va ularning tashuvchisi piroplazmoz tarqatishi aniqlangan. Aniqlanishicha, Kasbi tumanidagi “Yurt risqi” MChJ fermer xo‘jaligidagi 400 bosh qoramolning 4,5 foizi trixofitiya, buzoqlarda 2,5 foizi piroplazmoz bilan kasallangan. Undan tashqari qonning biokimyoviy ko’rsatgichlari asosida kasalliklarni erta aniqlash hamda sifatli davolash samarasi ko’zda tutilgan. Kalit so‘zlar: Qashqadaryo viloyati, cho’l xudud, zamburug’, Tr.verricosum, ratsion, kasallik, qonning biokimyoviy ko’rsatgichlari, vaktsina va anteseptik vositalar. Kirish. Inson salomatligini o’ylaydigan shifokorlarimiz bemorning biokimyoviy qon parametrlari natijalarini to’liq tahlil qilmasdan davolashni boshlamaydi. Veterinariya shifokorlari orasida ham mavjud bo’lib, ularning ba’zilari muntazam ravishda, biokimyoviy tadqiqotlar uchun qon yig’adilar. Biroq, aksariyat hollarda, bu tadqiqotlarning barchasi, shuningdek, ularning natijalari faqat qog’oz shaklida qoladi. Amaliyotda joriy etilsa, veterinariya mutaxassislari, balki hayvonlar uchun ratsion tarkibini to’g’ri ishlab chiqishda, zootexnika mutaxassislariga ham katta xizmat qilishi mumkin. Fermer xo’jaligi qanchalik yuksak darajada ko’rinmasin chorvachilik iqtisodiyoti tarmoq sifatida ana shu ma’lumotlarga asoslanishi va qurilishi kerak. Hayvonlarni maxsuldorligini oshirishda infektsion va invazion kasalliklarni kelib chiqish va ular tufayli yuzaga kelgan har xil kasalliklarni ertachi aniqlash va davolashda qonning biokimyoviy ko’rsatgichlari ishonchli fakt bo’la oladi. Organizimdagi har qanday fiziologik norma, patologik o’zgarishlarni olib kelgan sabablarni biokimyoviy ko’rsatgichlar natijasida hayvon sog’lig’ini saqlab qolish, ulardan yuqori sifatli mahsulotlar olish imkonini beradi. Adabiyotlar tahlil qilish. Organizm biosintezini, energiyani, organizmning o'sishini va rivojlanishini, sut, go'sht va boshqa chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ta'minlash jarayonlarda ishtirok etadigan barcha oziq moddalar, istisnosiz, oziq moddalar bilan ta'minlanishi kerak. Hayvonlar organizmi biologik zarur miqdorda va nisbatlarda ratsionga ega. Hayvonlarni saqlash sharoitlari va ularni ekspluatatsiya qilish organizmdagi metabolizmning intensivligiga muhim ta'sir ko'rsatadi [1-3]. Chorvachilik qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining murakkab va juda qimmat tarmog'idir, chunki u odamlar tomonidan to'liq qo'llab-quvvatlanadigan dehqon hayvonlariga kundalik parvarish va e'tibor zarurati bilan bog'liq. Kichik poda yoki yirik chorvachilik majmuasidan maksimal mahsulot olish uchun hayvonlarni sifatli ozuqa bilan uzluksiz ta’minlash va ularni to‘g‘ri oziqlantirish zarur. Ular suvga to'sqinliksiz kirishlari va ularga xizmat ko'rsatish uchun zoogigienik standartlarga javob beradigan binolarda etologik tamoyillarga muvofiq joylashtirilishi kerak. Ularni kundalik parvarishlash, tibbiy va veterinariya yordami bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Hayvonlarni ekspluatatsiya qilish darajasi va texnologik rejimlar tananing biologik imkoniyatlariga mos kelishi, sog'lig'iga putur etkazmasligi va ulardan ishlab chiqarish muddatini qisqartirmasligi kerak. Ushbu shartlardan kamida bittasiga rioya qilmaslik chorvachilikning rentabelligini pasaytiradi [4-6]. 12 28-iyun 2024-yil. Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO‘PLAM – 1/24 Tadqiqot maqsadi. Qashqadaryo viloyatining cho’l xududida trixofitiya kasalligi bilan birga boshqa tur kasalliklarni kelib chiqish sabablari va ushbu kasalliklarni erta aniqlash, bartaraf etish va maxsuldorligini oshirishga qaratilgan. Undan tashqari kasalliklarni kelib chiqishi va bartaraf etishda qondagi biokimyoviy ko’rsatgichlarni ahamiyati. Materiallar va tadqiqot usullari. Tadqiqotlarimiz Qashqadaryo viloyati Kasbi tuman xududda joylashgan qizil zotli qoramollarda amalga oshirildi. Kasallikni erta aniqlash maqsadida hayvonlar saqlanadigan joylardagi to’rtta burchagidan tuproq va gung namunalari Samarqand viloyati oziq-ovqat xavfsizligi bakteriologiya laboratoriyasida. Qon zardobining biokimyoviy ko’rsatkichlari monitoringi Qashqadaryo viloyati Kasbi tuman Mirishkor qishlog’ida joylashgan “Yurti risqi nasilchilik” MChJ hamda Mug’lon qishlog’i aholi chorvalarda amalga oshirildi. Laboratoriya tadqiqotlari Samarqand shahar laborator diagnostika klinik laborator zamonaviy asbob-uskunalar DKTF biokimyoviy analizator, pipetkali dispenser DPOPts-1-20-200; pipetkali dispenser Biohit (100–1000 mkl), spektrofotometr PV1251C, sentrifuga OPN-8. Tadqiqot natijalari. Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani ochiq dala maydonlardan iborat bo’lib, shamol Turkiston bo’ylab esadi. Turkistonning ochiq cho’l tizmalarining etaklari Mirishkor, Kasbi, Beshkent tuman hududlaridan tashkil topgan. Ushbu voha keng tabiiy oc
Доказательный фрагмент
«Maqola Qashqadaryo viloyatining cho’l xududida joylashgan qizil zotli qoramollarda trixofitiya kasalligini kelib chiqish sabablari va uni bartaraf etish uchun tavsiyalar berishga bag’ishlangan bo’lsa, hayvonlarning 5…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqola Qashqadaryo viloyatining cho’l xududida joylashgan qizil zotli qoramollarda trixofitiya kasalligini kelib chiqish sabablari va uni bartaraf etish uchun tavsiyalar berishga bag’ishlangan bo’lsa, hayvonlarning 5… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ratsion, desert region, Tr. verricosum, Kashkadarya region, zamburug’, Tr.verricosum, Qashqadaryo viloyati, ration, биохимические показатели крови, vaktsina va anteseptik vositalar., гриб, болезнь, рацион, vaccine and antiseptics., biochemical indicators of blood, Кашкадарьинская область, fungus, kasallik, qonning biokimyoviy ko’rsatgichlari, вакцина и антисептики., cho’l xudud, пустынный регион, disease
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026