К содержанию
РецензированоRU2026

СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПОТРЕБНОСТЬ В РАЗВИТИИ ДУХОВНОСТИ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ

RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PEDАGOGIK ZАRURIYАTI · Musayeva Shoxsanam Ravshan qizi

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

Организация дошкольного образования играет несравненную роль в воспитании будущего поколения, обогащении его духовного и духовного мира. В данной статье рассматриваются механизмы развития духовности в дошкольных образовательных организациях, ее социально-педагогическая необходимость. Ключевые слова: духовность, организация школьного образования, педагогика, приоритетные задачи, творчество учёных-энциклопедистов, сила духовно-литературного наследия. Bugungi kunda O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamalakatiga aylanib bormoqda. Aynan mana shu jarayon boshida hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev turibdilar va ularning yangi strategiyalarining mazmun mohiyatini muxtassar ifoda etadigan bo‘lsak, ushbu noyob hujjatda o‘z oldimizga Yangi O‘zbekistonni barpo etish va 34 uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek buyuk vazifalar maqsad qilib qo‘yilgan. Aynan Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, Yangi O‘zbekistonga ilmli, ma’naviyatli yoshlar va salohiyatli kadrlar orqali erishishimiz mumkinligi ta’kidlangan. Sababi bugungi kunda O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar keng imkoniyatlar va amaliy hamnafas bo‘lib yangilanishlar yaratishga bel bog‘lagan davlatlardan biri hisoblanadi. Aynan o‘zbek xalqi Vatan uchun, xalq uchun yonib yashaydi. Birgina bugunni emas, kelajakni o‘ylab yashaydi. Farzandlar baxtu kamoli haqida qayg‘uradi. Bu esa jamiyat va davlat tarqqiyotiga olib keladi. Eng muhimi esa o‘sib kelayotgan yosh avlodning shunday insonlardan ibrat olib, yuksak e’tiqodli, ma’naviy dunyosi boy bo‘lib voyaga yetadi. Jamiyatning zamonaviy talabi ta’limning ijtimoiy o‘rnini yuksaltirish uni sifat jihatdan yangilashni taqozo etmoqda. Pedagogikada bu muammo asosiy jihatlardan biri bo‘lib - ta’lim maqsadi sifatida maktabgacha ta’lim tashkilotida ma’naviyatni rivojlantirishda ko‘rib chiqiladi. Tarbiyachi kasbga tayyorlashning butun tizimini sezilarli darajada o‘zgartirish davr talabi, chunki aynan inson va butun avlodni tarbiyalash orqali madaniyatni saqlash va rivojlantirishda ijtimoiy vositachiligni bajaradi. Maktab yoshdagi bolalarni yuksak ma’naviy- axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxs qilib tarbiyalashda: o‘zbek xalq pedagogikasi va xalq ogzaki ijodi namunalaridan foydalanib, samarali ta’lim texnologiyalariga asoslangan ta’lim dasturlarini takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyoj yanada kuchaymoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq ogzaki ijodi namunalaridan foydalangan holda samarali o‘quv rejasi va o‘qitish strategiyalarini ishlab chiqish, tarbiya tizimini jumladan, aqliy, ma’naviy-axloqiy tarbiyani, maktabgacha ta’lim tashkilotida ma’naviyatni rivojlantirishda o‘tmish tajribasi, xalq pedagogikasining ma’naviy- madaniy an’analarini hisobga olgan holda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Zamonaviy tadqiqotlar insonning ma’naviy madaniyatini ajralmas xususiyat sifatida shakllantirishga kompleks yondashuv bilan ajralib turadi. Ma’naviy, madaniyat inson kuchlari va qobiliyatlarini sifat jihatidan rivojlantirishning doimiy takomillashib borayotgan jarayoni, u yoki bu bosqichda erishilgan natijalar majmuidir. Tarbiyachining umumma’naviy-madaniyati: birinchi navbatda, uning ichki boyligi, ehtiyoj va qobiliyatlarning rivojlanish darajasi (estetik, axloqiy, aqliy, jismoniy va boshqalar), ikkinchidan bu qobiliyatlarning amaliy faoliyatda namoyon bo‘lish intensivligi darajasi namunali bo‘lishi lozim. O.S.Gazman tomonidan shaxsning asosiy madaniyati kontseptsiyasida insonning umumiy qobiliyatlari, uning g’oyalari va fazilatlarining zaruriy qisimlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ularsiz 35 insonning genetik jihatdan berilgan iste’dodlarini ijtimoiylashtirish ham, optimal rivojlanishi ham mumkin emas. Ushbu kontseptsiya insonning o‘zi va uning atrofidagi hayot bilan uyg’unlikka erishish imkoniyatini ochib beradigan faoliyatiga qaratilgan. Darhaqiqat, maktabgacha ta’lim tashkilotida ma’naviyatni rivojlantirish o’zbekona milliy qadriyat va an’analarga bog‘liq va o‘zaro bir-birini to‘ldirib borishda shakllanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ma’naviy muhitni hosil qilishda ijodiy faollik ustivor bo‘lishi darkor. Tarbiyachining ma’naviy-madaniyatini shakllantirish muammosini N.B.Krilova falsafiy-pedagogik jihatlariga to‘xtalib o‘tar ekan, madaniyat nafaqat qadriyatlar yig‘indisi, balki odamlarning ijodiy salohiyati, ma’naviyati va axloqi ham ekanligini ta’kidlaydi. Bu, shuningdek, odamlarning o‘ziga, mahallaga, jamiyatga, o‘z faoliyatiga, tabiatga bo‘lgan munosabatining sifati ekanligi uqtirib o‘tadi. Ma’naviy muhit hamda pedagogik masalalarning nostandart, original yechimlari bo‘yicha shaxsiy, insonning muhim kuchlarini amalga oshirish usulidir. Tarbiyachining ma’naviy madaniyatini ajralmas xususiyat sifatida shakllantirishga umumiy yondashuv zarurligi asoslanadi. Yondashuvlardagi ba’zi farqlar bilan, ma’naviy rivojlanish tarbiyachining kasbiy rivojlanish darajasini oldindan belgilab beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ma’naviy muhitni rivojlantirish ta

Доказательный фрагмент

«Организация дошкольного образования играет несравненную роль в воспитании будущего поколения, обогащении его духовного и духовного мира.»

Образец извлечения

Демо-превью

Организация дошкольного образования играет несравненную роль в воспитании будущего поколения, обогащении его духовного и духовного мира. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
spirituality, school education organization, pedagogy, priority tasks, creativity, сила духовно-литературного наследия., ustivor vazifalar, qomusiy olimlar ijodi, maktabagcha ta’lim tashkiloti, ma’naviyat, power of spiritual-literary heritage., ma’naviy-adabiy merosi qudrati., организация школьного образования, pedagogika, педагогика, приоритетные задачи, творчество учёных-энциклопедистов, creativity of encyclopedic scholars, духовность
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники