К содержанию
РецензированоRU2024

YAPON KARAMINING EKISH MUDDATLARI

Davlatov Jo‘shqinbek Shavkat o‘g‘li · O‘rta sho‘rlangan · Sharqiy Osiyo.

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article provides information on planting dates for Japanese cabbage. Key words: Chinese cabbage and Peking cabbage, Japanese cabbage vegetables, yield, agrophysical, average salinity, soil and climatic conditions, East Asia. СРОКИ ПОСАДКИ ЯПОНСКОЙ КАПУСТЫ Аннотация. В данной статье представлена информация о сроках посадки японской капусты. Ключевые слова: капуста китайская и пекинская, овощи капуста японская, урожайность, агрофизические, средняя засоленность, почвенно-климатические условия, Восточная Азия. Oziq-ovqat xavfsizligi keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy, demografik va ekologik omillarga bog‘liq bo‘lib, mamlakat rivojlanishining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Oziq-ovqat xavfsizligining to‘rt tarkibiy qismlari (oziq-ovqatning mavjudligi, uni xarid qilish qobiliyati, undan foydalanish va uning barqarorligi) bo‘yicha oziq-ovqat xavfsizligining davlat siyosati ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Inson o‘simliklar dunyosining oliy o‘simliklarning 350 mingga yaqin turini o‘z ichiga oluvchi boyligining atigi yuzdan bir qismidan foydalanadi. Ayni vaqtda, BMT FAO ekspyertlarining prognozlariga ko‘ra, yer shari aholisi soni 2050 yilga kelib 10 milliardga yetadi. Bu esa hozirgi paytdagi iste’mol darajasi saqlanib qoladigan bo‘lsa, oziq-ovqat resurslarini ishlab chiqarishni kamida 50% oshirishni talab qiladi, garchi BMT keltirayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, yer sharida allaqachon 500 million odam och qolmoqda, 2 milliardi esa to‘yib ovqat yemaydi. Aholi sonining ortishi bilan sifatli ovqatlanish muammosi yanada dolzarb bo‘lib bormoqda. Bu muammoni yechishda nafaqat yuqori mahsuldorlikka, ozuqaviy qiymatga ega bo‘lgan, balki alohida biokimyoviy tarkibga ham ega bo‘lgan, vitaminlar, aminokislotalar, minyeral tuzlar, uglevodlar va boshqa qimmatli moddalarning juda muhim manbai bo‘lgan sabzavotlar katta rol o‘ynaydi. Aholi sonining o‘sishi, yer, suv va enyergiya resurslariga bo‘lgan talabning ortishi, shuningdek, iqlimning keskin o‘zgarishi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga ta’sir etuvchi asosiy omillardir. Dunyo mamlakatlarining sog‘lom ovqatlanish sohasidagi davlat siyosati Konsepsiyalarida sabzavot ekinlarni keng assortimentini keng iste’mol qilish ko‘zda tutilgan. Sabzavotlar – bu ozuqa emas, balki dori ham degan fikr keng tarqalgan. 1 76 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Yapon karamining Botanik nomi. Brassica rapa ssp. Japonica, Karamdosh (butguldosh)lar (Brassicaceae) oilasiga mansub. Geografik tarqalishi. Yaponiya, АQSh, Janubiy Аmyerika, Yangi Zelandiya, Rossiya, Yevropa. Yapon karami navlari: Mizuna Grin Mizuna Red Mibuna Rusalochka Pijon Izumrudny uzor Komatsuma (Komatsuma) Kyona (Kyona) Kioto (Kyoto) Har bir sabzavot organizim uchun zarur bo‘lgan turli xil vitaminlar va mikroelementlarni o‘z ichiga oladi, ammo har xil miqdor va kombinatsiyalarda, shuning uchun iste’mol qiladigan sabzavotlar qancha xilmaxil bo‘lsa, tanamiz shuncha yaxshi ishlaydi. Bu ayniqsa Respublikamizning janubiy viloyatlariga to‘g‘ri keladi bu yerda axoli asosan 6-7 turdagi sabzavotlarni istemol qiladi. Oq karam va boshqa turdagi karamli sabzavotlarning 70 foizini tashkil qiladi hatto undan ko‘proq. Shu nuqtai nazardan Sharqiy Osiyo karam turlariga tobora ko‘proq qiziqish uyg‘otmoqda, ular orasida Xitoy va pekin karamlari eng ko‘p o‘rganilgan va istemol qilinadigan sabzavot ekinlari orasida o‘z o‘rnini egallashga muofaq bo‘lgan. Kam o‘rganilgan noananaviy ekinlardan biri yapon karami bo‘lib u ham Sharqiy Osiyo karam turlariga tegishli bo‘lib uning biokimyoviy tarkibi va Respublikamiz sharoitida yetishtirish agrotexnikasi haqida ma’lumot deyarli yo‘q. Sabzavotlar juda muhim oziq-ovqat mahsulotlari ekanligi ma’lum chunki ular vitaminlar, bir qator aminokislatalar, minyeral tuzlar, mikroelementlar, uglevodlar, oqsillar, yog‘lar, gormonlar, fyermentlar, fitonsidlar, aromatik, achchiq va boshqa qimmatli moddalarning eng muhum manbaidir. Ratatsionga sabzavotlarni kiritish uni uyg‘unlashtradi oshqozon ichak kasalliklari paydo bo‘lishini oldini oladi. Sabzavotlar ortiqcha vazinning oldin olish, yurak qon tomir kasalliklari va saraton kasalliklarining oldini olish va davolashda tobora muhim axamiyat kasb etmoqda. Tabiat yer yuziga turki xil o‘simlik dunyosini bag‘ishlagan. Yer florasida inson istemoli uchun 5 mingga yaqin o‘simlik mavjud. Dunyoning barcha mamlakatlarida 600 ga yaqin sabzavot o‘simliklari yetishtriladi. Yapon karami – qimmatli sabzavot va manzarali ekin hisoblanadi nozik karam ta’mi bo‘lgan barglar istemol qilinadi, yapon karami vitaminlarga boy xisoblanib shu jumladan kaliy, kaltsiy, fosfor vа temirga va Lizin inson qoniga kiradigan begona oqsillarni eritish qobiliyatiga ega va zararli mikroblar va viruslardan asosiy qon tozalovchi hisoblanadi Biroq, yapon karamining biokimyoviy tarkibi to‘g‘risida to‘liq ma'lumotlar yo‘q, shuning uchun bu ham keyingi o‘rganish mavzusi bolishi mumkin. Har bir ekinni yetish

Доказательный фрагмент

«This article provides information on planting dates for Japanese cabbage.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information on planting dates for Japanese cabbage. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Chinese cabbage and Peking cabbage, Japanese cabbage vegetables, yield
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники