Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QANG’ DAVLATI
QANG’ DAVLATI · Otarbaeva Malika Ongarbaevna · Qovunchi madaniyati
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article presents the opinions of historians about the state of Kang, its territories, information about the state in Chinese sources, the location of the state of Kang and its meaning. Key words: Akkurgan, Aris river, jabgu, Davan, Kashkar, Tusa, Siyovush, Zhang Cyan, S.P. Tolstov, Melon culture, Khorezm. ШТАТ КАН Аннотация. В статье представлены мнения историков о государстве Кан, его территориях, сведения о государстве в китайских источниках, местонахождении государства Кан и его значении. Ключевые слова: Аккурган, река Арис, джабгу, Даван, Кашкар, Туса, Сиёвуш, Чжан Цян, С.П. Толстов, дынная культура, Хорезм. Bilamizki, Osiyo yunon-makedon istilosi va salavkiylar sulolasi hukmronligidan keyin mil. avv. Ill asr boshida hozirgi Toshkent vohasida va Sirdaryoning o'rta va shimoliy oqimi hududlarida Qang' davlati vujudga kelgan. Bu davlatning etnik tarkibini turli qabila, elatlar tashkil etgan. Unda yetakchi qang'arlardan tashqari katarlar, kamarlar, toharlar, apasshaklar, asiylar va boshqa qabila urug'lar ham yonma-yon istiqomat qilganlar. Mil. av. II-l asrlar Qang' davlatining eng kuchaygan davri edi. Shu davrlarda Qang' bir qator viloyatlarni o'ziga bo'ysundirgan edi. Xitoy solnomalarida bu viloyatlarning 5 ta nomi tilga olinadi. Bular — Susye (Kesh-Shahrisabz), Fumu (Zarafshon vodiysi), Yuni (Toshkent viloyati), Gi (Buxoro vohasi), Yuegyan (Urganch shahri va viloyati). Mil. avv. II-I asrlarda Orol dengizining shimoliy sharqidagi Yantsay (Hozirgi Qizil O'rda) va Yan yerlari ham qang'arlar tobeligida bo'lgan.Shunday qilib, o'z davrida Qang' davlati O'rta Osiyoda yirik davlatga aylangan edi. Bu davlatning yirik shaharlari sirasiga Aris daryosi sohilidagi O'tror va hozirgi Toshkent viloyatining Oqqo'rg'on tumani hududida joylashgan Qanqa (Qang'iz) shaharlari kiradi. Bu shaharlar o'sha davr shaharsozligining yuksak namunalarini o'zida mujassamlashtirgan. Qang' davlatini boshqarishda podshohning roli va o'rni katta bo'lgan. Shu bilan birga, davlat va jamiyat hayotiga oid ko'plab muhim masalalarni hal etishda urug' va qabila oqsoqollaridan iborat Oliy Maslahat kengashining mavqeyi ham alohida o'rin tutgan. Binobarin, podshoh o'z ichki va tashqi siyosatini yuritishda kengash bilan maslahatlashgan.Viloyat boshliqlari turkiy maqomda jobg'u yoki yobg'ular deb atalganlar. Ular o'z hududlarini boshqarishda bir muncha mustaqillikka ega bo'lib, markaziy hokimiyatga boj to'lab turganlar. Qang' hukmdorlari 1 45 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ mintaqadagi siyosiy vaziyatga ham faol aralashib, undagi muvozanatni saqlash bobida izchil siyosat olib borganlar. Ayniqsa, ular Xitoyga nisbatan mustaqil siyosat yuritgan.Shuning uchun ham Qang' davlati o'z qo'shnilari - Davan, Qashg'ar, Yorkent singari mustaqil hududlarga nisbatan Xitoyning da’vosi va istilochilik yurishlariga keskin qarshi chiqqan va lozim bo'lganda, o'z harbiy kuchlari bilan ularga yordamga kelgan. Mamlakat aholisining asosiy tarkibini turkiy etnoslar tashkil etgan. Ularning ancha qismi o'troq hayot kechirganlar. Aholining ma'lum qismi ko'chmanchilik bilan shug'ullangan. Daryo va soylarga tutash vohalarda dehqonchilik madaniyati rivojlangan. Shaharlarda savdo-sotiq, hunarmandchilik rivoj topgan. Mahalliy hunarmandlar tayyorlagan urush qurollari (qilich, xanjar, oybolta, o'tkir uchli nayzalar va b.), xo'jalik asbob- uskunalariga talab - ehtiyoj katta bo'lgan. Qoramozor, Qurama va Chotqol tog'larida temirchilik, misgarlik hunarini rivojlantirish uchun kerak miqdordagi mis, temir, singari ma’danlar qazib olingan. Toshkent atrofidagi Oqtepa 1, Oqtepa 2, Choshtepa, Qovunchitepa, shuningdek, O'tror, Sirdaryo havzasida topilgan ko'plab noyob dalillar Qang' davlatida yuksak moddiy va madaniy hayot tarzi mavjud bo'lganligidan dalolat beradi. Qang'aliklar chorvachiligi va yilqichiligi to'g'risida ham alohida fikr aytish mumkin. Xitoyliklarni maftun etgan zotdor, tulpor otlar xuddi mana shu hududda va qo'shni Davan yaylovlarida boqilgan. Xitoy solnomachilari Qang'da chorva mollarining mo'l-ko'lligini, sut- qatiqlarning g'oyatda mazali va to'yimliligini ta'rif etganlar. Qang' davlatining xalqaro karvon savdosidagi mavqeyi ham baland bo'lgan. Bunda Buyuk Ipak yo'li alohida oʻrin tutgan. [1;65-66] Chjan Cyanning yozishicha, Qangʻ 90.000 kishilik qoʻshinga, Cyan Xanshunning yozishicha, 12.000 kishilik qoʻshinga ega boʻlgan. "Avesto"da Qangʻ (Qangxa tarzida) bir marotaba tilga olingan. Yashtlarning beshinchi bobida, Tusa ismli (ikki gildirakli jang aravasida jang qilgan, eronlik) jangchi Ardvi Suradan muqaddas Qangxadagi jangda, (Turon mamlakati bo'lgan) qorqmas Varsakining avlodlarini yengishda yordam so'raydi. [2; 22-23] Qangʻ davlati toʻgʻrisida birmuncha batafsil maʼlumot beruvchi xitoy manbalarida u Qangʻuy deb ataladi.[3] Firdavsiyning "Shahnoma" asarida Qangʼdiz afsonaviy Siyovushning yurti deb ham ataladi.[4;736] Ma'lumki, Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, Siyovush a
Доказательный фрагмент
«This article presents the opinions of historians about the state of Kang, its territories, information about the state in Chinese sources, the location of the state of Kang and its meaning.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents the opinions of historians about the state of Kang, its territories, information about the state in Chinese sources, the location of the state of Kang and its meaning. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Akkurgan, Aris river, jabgu, Davan, Kashkar, Tusa, Siyovush, Zhang Cyan
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026