К содержанию
РецензированоRU2026

Меры профилактики и борьбы с бруцеллезом животных

Мухиддин Рузимуродов (Ветеринарный научно-исследовательский институт) · А Улугмурадов (Ветеринарный научно-исследовательский институт) · А Саидов (Ветеринарный научно-исследовательский институт) · Ф Мухтаров (Ветеринарный научно-исследовательский институт) · Н Шарипов (Ветеринарный научно-исследовательский институт)

in Library · 548 · 378-382 · 2026

Аннотация

В данном тезисе представлены соответствующие положения мероприятий по профилактике опасного заболевания животных бруцеллёзом, борьбе с ним при выявлении заболевания и охране здоровья, которые обязательны к осуществлению на практике. Ключевые слова: аборт, бактерии, бруцеллы, термическая обработка, серологические, аллергические, бактериологические, нездоровая точка, эпидемия. Annotation. This thesis presents the relevant provisions of measures to prevent the dangerous animal disease brucellosis, combat it when the disease is detected and protect health, which are mandatory for implementation in practice. Key words: abortion, bacteria, brucella, heat treatment, serological, allergic, bacteriological, unhealthy point, epidemic. Brutsellyoz – turli hil hayvon va odamning yuqumli kasalligi bo‘lib, Brucella avlodidagi bakteriyalar orqali chaqiriladi. Hayvonlarda brutsellyoz ko‘pincha abort (homila tashlash), yashashga qobil bo‘lmagan nasl tug‘ilishi, yo‘ldoshning ushlanib qolinishi va uzoq davom etadigan pushtsizlik bilan kechadi. Brutsellyoz kasalligining qo‘zg‘atuvchisi – Brucella avlodiga mansub bakteriya bo‘lib, uning bir qancha turlari mavjud. O‘zbekiston hududida brutsellalarning B.melitensis, B.abortus, B.suis va B.ovis turlari mavjudligi tasdiqlangan. Insonlarga brutsellyoz kasalligi kasallangan hayvonlardan (to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa oqibatida) yoki ulardan olingan mahsulotlar (ko‘pincha termik ishlov berilmagan sut mahsulotlari – hom sut, qaymoq) orqali yuqadi. Inson uchun qo‘y-echkilar brutsellyozining qo‘zg‘atuvchisi eng xavfli bo‘lib hisoblanadi. Hayvonlar brutsellyozining tashxisi serologik, bakteriologik, allergik va molekular biologik (Polimer-zanjirli reaksiyasi) tekshirishlari hamda epizootologik ma’lumotlar va klinik belgilari asosida qo‘yiladi. Oldini olish va sog‘lomlashtirish kompleks chora-tadbirlarni aniqlash maqsadida chorvachilik fermasi, xususiy fermer va dehqon xo‘jaliklari, aholi punkti va ma’muriy hududlar (tuman, viloyat) hayvonlar podasining epizootik holatiga qarab, sog‘lom va nosog‘lomga bo‘linadi. Brutsellyozga tekshirilganda kasal hayvonlar aniqlanmasa poda, chorvachilik fermasi, xususiy fermer va dehqon xo‘jaliklari, aholi punkt va ma’muriy hudud brutsellyozga sog‘lom deb hisoblanadi. Brutsellyozga tekshirilganda hayvonlarda brutsellyoz kasalligi aniqlansa poda, chorvachilik fermasi, xususiy fermer va dehqon xo‘jaliklari brutsellyozga nosog‘lom bo‘lib hisoblanadi. Xo‘jalik yoki aholi punktlarining brutsellyozga nosog‘lomlik davomiyligi tegishli 35 28-iyun 2024-yil. Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO‘PLAM – 1/24 tuman xokimligi o‘rnatgan karantin muddatiga binoan belgilanadi va ushbu kasallikka qarshi o‘tkazilgan chora-tadbirlar natijalariga asoslanadi. Brutsellyozga nosog‘lomlik darajasi xo‘jalik yoki aholi punktidagi poda orasidagi infeksiyaning kechishiga qarab (o‘tkir, surunkali) va chorva bosh soni orasida brutsellyoz kasalligining tarqalishiga nisbatan aniqlanadi: chegaralangan daraja - agar 12 oy davomida xo‘jalikdagi (qaysi turga tegishliligidan qat’iy nazar) o‘rtacha yillik mavjud bo‘lgan hayvonlar bosh soniga nisbatan 2% gacha kasal bo‘lsa; keng tarqalgan daraja - 10% gacha hayvonlar kasal bo‘lsa; yoppa tarqalgan daraja - 10% dan ko‘p hayvonlar kasal bo‘lsa. Brutsellyozga nosog‘lomlik darajasiga nisbatan tumanlar quyidagi toifalarga bo‘linadi: brutsellyoz kasalligi chegaralangan, ya’ni ushbu tumanda mavjud ayrim brutsellyozga nosog‘lom punktlardagi hayvonlar bosh soni tumandagi hayvon bosh soniga nisbatan 10% gacha bo‘lsa; brutsellyoz kasalligi keng tarqalgan, ya’ni ushbu tumanda mavjud bir nechta brutsellyozga nosog‘lom punktlardagi hayvonlar bosh soni tumandagi hayvon bosh soniga nisbatan 30% gacha bo‘lsa. Viloyat chorvachiligida brutsellyoz bo‘yicha epizootik holat, ushbu viloyatdagi alohida tuman yoki tumanlardagi hayvonlarda kasallik tarqalishi darajasiga nisbatan aniqlanadi va shunga binoan mazkur viloyat brutsellyoz kasalligi bo‘yicha chegaralangan yoki keng tarqalgan toifalariga bo‘linadi. Brutsellyozga nosog‘lom punktlarni sog‘lomlashtirish quyidagi usullar orqali olib boriladi: a) hayvonlarni muntazam ravishda diagnostik tekshirishlardan o‘tkazib turish, kasal hayvonlarni yoki alohida nosog‘lom hayvonlar guruhlarini poda (suruv) dan chiqarish va belgilangan tartibda so‘yish; b) agarda poda (ferma)ni a) bandidagi ko‘rsatilgan tadbirlar bilan sog‘lomlashtirishga erishilmasa, sog‘lom tumanlardagi hayvonlar orasida brutsellyoz kasalligi birinchi marta aniqlanganda va infeksiyaning o‘tkir kechishi yoki podadagi hayvonlarning yoppasiga zararlanishi holatlarida nosog‘lom poda (suruv), fermalarning hayvon bosh sonini sog‘lom hayvonlar bilan bir vaqtning o‘zida to‘liq almashtirish zarur. Ikkala holatlarda ham ushbu tashkiliy-xo‘jalik va veterinariya-sanitariya kompleks chora- tadbirlari amalga oshirilishi va odamlarni brutsellyozdan saqlash chora-tadbirlari o‘tkazilishi shart. Brutsellyozga qarshi kompleks oldini olish

Доказательный фрагмент

«В данном тезисе представлены соответствующие положения мероприятий по профилактике опасного заболевания животных бруцеллёзом, борьбе с ним при выявлении заболевания и охране здоровья, которые обязательны к осуществлен…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данном тезисе представлены соответствующие положения мероприятий по профилактике опасного заболевания животных бруцеллёзом, борьбе с ним при выявлении заболевания и охране здоровья, которые обязательны к осуществлен… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
abortion, bacteria, brucella, heat treatment, serological, allergic, termik ishlov, unhealthy point, serologik, allergik, brutsella, bakteriya, нездоровая точка, бактерии, nosog‘lom punkt, bakteriologik, бруцеллы, эпидемия., Key words: abortion, аллергические, epidemic., бактериологические, серологические, epidemiya., Kalit so‘zlar: abort, термическая обработка, bacteriological, Ключевые слова: аборт
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники