Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUAMMOLI KREDITLARNI UNDIRISH CHORA TADBIRLARINI TASHKIL ETISH
Maxmudov Anvarjon Iskandar o'g'li
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda tijorat banklari jalb qilgan mablag’larining asosiy qismini kredit berish sifatida foydalanar ekan, bunda faqatgina daromad olish uchun emas, balki mablag’larni kredit oluvchidan to’liq qaytarib olish masalasini oldindan belgilab olishi zarur. Kalit so‘zlar: tijorat banklari, aktivlar, kredit portfeli, kredit, risk, muddati o’tgan to’lovlar, NPL. Moliyaviy sektorni izchil isloh qilish davomida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi va natijada ilg’or bank biznesini yuritish hamda ushbu sektorda raqobat muhitini kuchaytirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Xususan, xalqaro standartlarga muvofiq keladigan va moliyaviy sohaga xorijiy investitsiyalar kiritish uchun jozibador huquqiy muhitni yaratadigan O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi, «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi hamda «To’lovlar va to’lov tizimlari to’g’risida»gi yangilangan qonunlari qabul qilindi. Shu bilan birga, bank sohasidagi hozirgi holat tahlili bank sektorida davlatning yuqori darajadagi aralashuvi, davlat ishtirokidagi banklarda menejment va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatining yetarli emasligi, iqtisodiyotda moliyaviy vositachilikning past darajasi kabi bank sektorini iqtisodiy yangilanishlar va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirishga to’sqinlik qilayotgan qator tizimli muammolar mavjudligini ko’rsatmoqda. Ayni paytda mamlakatimizda ham ilmiy-nazariy hamda amaliyotchi olimlar tomonidan "muammoli kredit" tushunchasi avvalgiga nisbatan ancha ko’proq bahs va munozaralarga sabab bo’lmoqda. Bu albatta, bejizga emas, chunki bugungi kunda respublikamiz tijorat banklarining kredit portfelida muammoli kreditlarning ulushi, uni kamaytirish choralari ko’rilishiga qaramasdan anchagina yuqori foizni tashkil etmoqda. Bugungi kunda ko’pgina davlatlar bank tizimida umidsiz qarzlarning ko’payishi muammosiga duch kelayotganligi tufayli banklarning muammoli kreditlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari dolzarbligi hozirgacha muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuning 286 uchun kreditorlar bilan bir qatorda mijozlar tomonidan kreditni qaytarish bo’yicha o’z yechimini topmagan muammolar mavjud. Ilmiy adabiyotlarda muammoli kreditlar bo’yicha turli xilma-xil ta‘riflar berilgan. Ayrim adabiyotlarda, muammoli kredit deganda ob‘ekti, sub‘ekti va ta‘minotiga nisbatan bank tomonidan shubha paydo bo’lgan kredit tushunilsa, ayrim adabiyotlarda muammoli kreditlar deganda, ― qarz oluvchi bir yoki bir necha to’lovlarni amalga oshirmaganligi yoki kredit ta‘minoti qiymatining pasayishi kreditni muammoli kreditlar turkumiga o’tishini anglatadi deya ta‘rif berilgan. Mazkur tezisda statistik jadval va grafiklar, analitik taqqoslash, mantiqiy va taqqoslama tahlil, guruhlash usullari hamda mavzuga oid xorijiy va mahalliy olimlarning tadqiqot ishlaridan keng foydalanilgan. Shuningdek maqolaning nazariy va uslubiy asosi sifatida umumiqtisodiy adabiyot hamda ilmiy maqolalar, iqtisodchi olimlarning tijorat banklarida muddati o‘tgan kreditlarni samarali boshqarish masalalari bo’yicha izlanishlari, olimlar va soha vakillari bilan suhbat, ularning yozma va og’zaki fikr-mulohazalarini tahlil qilish, ekspert baholash, jarayonlarni kuzatish, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga tizimli yondashuv, muallif tajribalari bilan qiyosiy tahlil o’tkazish orqali tegishli yo’nalishlarda xulosa, taklif va tavsiyalar berilgan. Mavzuni o’rganish jarayonida umumiqtisodiy usullar bilan bir qatorda ma‘lumotlarni tizimlash bo’yicha maxsus yondashuvlar, ya‘ni taqqoslash, nazariy va amaliy materiallarni jamlash hamda tizimli tahlil kabi usullar qo’llanilgan. Fikrimizcha, muammoli kredit deganda, "qoniqarsiz", "shubhali" va "umidsiz" kreditlar sifatida tasniflangan kreditlar tushuniladi. O’zining iqtisodiy mohiyatiga ko’ra, muammoli kreditlar kredit risklarining amaldagi yaqqol namoyon bo’lishining natijasidir, chunki bu bank tomonidan kredit risklarini to’g’ri boshqara olmaslik oqibati bo’lib hisoblanadi. "Muammoli kredit" tushunchasi "kredit risklari" kategoriyasi bilan bevosita bog’liqdir. Shu sababli muammoli kreditlar mohiyatini ochib berishda bank kredit risklarining iqtisodiy mazmuniga to’xtalib o’tish o’rinli bo’ladi. Bu yuqorida qo’yilgan maqsadga erishishda asos bo’lib xizmat qiladi. Tijorat banklarida vujudga keladigan kredit riskining asosiy qismi mamlakatdagi ayrim bir tarmoqdagi mahsulotga bo’lgan talab va ishlab chiqarishning pasayib ketish ehtimoli bilan uzviy bog’liqdir. Bularga qo’shimcha sifatida bank kredit riski darajasiga quyidagi omillar ta‘sir etadi desak xato bo’lmaydi: -bank kredit faoliyatining iqtisodiyotdagi o’zgarishlarga tez moslashadigan, shuningdek o’z mahsulotiga elastik talabga ega bo’lgan qaysidir bir tarmoq yoki doirada to’planish darajasi. 287 Bu bank mijozlarining ma‘lum tarmoqlarda yoki geografik hududlarda, ayniqsa, bozor o’zgarishlariga ta‘sirchan to’planish darajasi bilan bog’liqdir; - bank faoliyatining kam o’
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda tijorat banklari jalb qilgan mablag’larining asosiy qismini kredit berish sifatida foydalanar ekan, bunda faqatgina daromad olish uchun emas, balki mablag’larni kredit oluvchidan to’liq qaytarib olish ma…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda tijorat banklari jalb qilgan mablag’larining asosiy qismini kredit berish sifatida foydalanar ekan, bunda faqatgina daromad olish uchun emas, balki mablag’larni kredit oluvchidan to’liq qaytarib olish ma… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- muammoli kreditlar, muammoli kredit, adabiyotlarda muammoli, bog liqdir, tijorat banklari, muddati tgan, zbekiston respublikasining
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024