К содержанию
РецензированоRU2024

IJTIMOIY PEDAGOGIKADA ME’YORLARDAN CHEKINISH

Soatova Rayxona Sadriddin qizi

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

In this article, there are opinions about cases of deviation from social and pedagogical norms, forms of work with deviant teenagers. Key words: Deviation from the norm, adolescence, deviance, society, education, school. ОТКЛОНЕНИЕ ОТ НОРМ В СОЦИАЛЬНОЙ ПЕДАГОГИКЕ Аннотация. В данной статье приводятся мнения о случаях отклонения от социальных и педагогических норм, формах работы с девиантными подростками. Ключевые слова: Oтклонение от нормы, подростковый возраст, девиация, общество, образование, школа. Turli fan fan sohalarida, jumladan, tibbiyot, sotsiologiya, psixologiyada “me’yor” tushunchasining o‘z ko‘rsatkich va mezonlari mavjud. Me’yorga zid jihat – “og‘ish”, “chetga chiqish” deyiladi. Aynan ijtimoiy pedagogika uchun “me’yor”, “me’yordan og‘ish” tushunchalari nihoyatda ahamiyatlidir. Ular bola xulq-atvori va rivojlanishi jarayonini tavsiflash uchun qo‘llaniladi. Og‘ish ham salbiy, ham ijobiy tavsifga ega bo‘lishi mumkin. Misol uchun, bolaning rivojlanishida aqliy qoloqlik yoki bo‘lmasa, o‘ta qobiliyatlilik ham me’yordan chetga chiqish hisoblanadi. Bola xulq-atvoridagi jinoyatchilik, giyohvandlik, aroqxo‘rlik kabi salbiy og‘ishlar shaxsning ijtimoiy shakllanishiga, jamiyat rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jamiyatda qabul qilingan me’yorlarga mos kelmaydigan xatti-harakatlar ilmiy adabiyotlarda deviant deb nomlanadi. Deviant xulq ko‘plab olimlar, faylasuflar, psixologlar, pedagoglar orasida doimo katta qiziqish uyg‘otgan. Me’yordan og‘ishganlikni shartli ravishda 4 guruhga ajratish mumkin: 1 23 3 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ jismoniy Me'yordan ijtimoiy og'ishganliknin psixik g turlari pedagogik 1. Jismoniy og‘ishlik. Bu, avvalo, insonning salomatligi bilan bog‘liq bo‘lib, tibbiy ko‘rsatkichlar orqali belgilanadi. Biror faoliyat yuritishda imkoniyati cheklangan, sog‘ligi tufayli qobiliyatlaridan mahrum bo‘lgan, defekti bo‘lgan insonlar hamda nogironlar shular jumlasidandir. Boladagi jismoniy rivojlanishidagi og‘ishlarga kasalliklar, eshitish, ko‘rishdagi turli buzilishlar kiradi. Umumjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 1980-yilda cheklangan imkoniyatlarning uch zvenosi shkalasining britancha variantini qabul qildi:  kasallik, xastalik - ruhiy yoki fiziologik funksiyalar, anatomik struktura elementlarini har qanday yo‘qotish yoki ularning anomaliyasi;  cheklangan imkoniyat - inson uchun norma hisoblangan chegarada biror-bir faoliyatni bajarish qobiliyatini yo‘qotish yoki cheklab qo‘yish;  nogironlik - yosh, jins yoki ijtimoiy omillardan kelib chiqib insonning biron-bir faoliyatini bajarishni cheklovchi yoki unga to‘sqinlik qiluvchi cheklangan imkoniyat. Bunda “kamchilik” tushunchasi qo‘llanadi. Insonlarda jismoniy, psixik, murakkab hamda og‘ir kamchiliklar bo‘lishi mumkin.1 2. Psixik og‘ishlik. Me’yordan psixik og‘ishlik, eng avval, bolaning psixik nuqsonlari, aqliy rivojlanishida namoyon bo‘ladi. Boladagi aqliy qoloqlik nerv sistemasidagi tug‘ma nuqsonlar, turli asoratli jarohatlar asosida paydo bo‘ladi. Bolalardagi aqli zaiflik turli darajada bo‘ladi, yengil aqliy zaiflikdan, chuqur-tentaklikkacha namoyon bo‘ladi. Ruhiy og‘ishlarga nutqdagi buzilishlar, emotsional faoliyatning buzilishi ham kiradi. Psixik og‘ishlikning eng og‘ir shakli deb autizm, suitsid (o‘z joniga qasd qilish)larni misol qilib olishimiz mumkin. 3. Pedagogik og‘ishlik. Pedagogik chekinish deganda, ham ob’yektiv, ham sub’yektiv sabablarga ko‘ra ta’lim-tarbiya ola olmagan o‘quvchilar tushuniladi. 1 Ne’matova F.B. Ijtimoiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma. “Fan va ta’lim” nashriyoti, 2022-y. 1 23 4 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bunga esa DTS talablarida belgilangandek umumiy o‘rta ta’limga ega bo‘la ola olmagan, kelajakdagi faoliyati uchun harakat qilmagan o‘quvchilar kiradi. Bunday holatlarning ko‘plab (ob’yektiv va sub’yektiv) sabablar mavjud. Masalan, o‘quvchilar yoki talabalarning darsdan qochishi, materialni o‘zlashtira olmaslik, o‘qishdan bezishi, dangasalik, oiladagi nosog‘lom muhit, bolalarning pul topish ilinjiga tushib ketishi, ekologik yoki ijtimoiy kataklizmalar natijasida bolalarning ota-onalaridan ayrilishi va h.k. Bunday sabablarni ko‘plab, minglab keltirish mumkin. Ko‘pchilik holatda pedagogik chekinishga bolalarning qanday sharoitda yashashiga bog‘liq: o‘qish bilan qiziqadigan oiladami yoki aksincha o‘qishni ikkinchi darajali deb hisoblaydigan oiladami va h.k.2 4. Ijtimoy og‘ishlik. Ijtimoiy me’yor bu ijtimoiy guruhlar, insonlar faoliyati, ular xulq- atvorining jamiyat rivojlanishining biror-bir bosqichida shakllangan yoki o‘rnatilgan tartib- qoidalar namunasidir. Ijtimoiy me'yor ikkita guruhga ajratiladi: ▪ Universal, ya’ni jamiyatdagi barcha insonlarga xos. ▪ Xususiy, ya’ni jamiyatdagi ma’lum guruh yoki ma’lum kasb egalari xos me’yorlardir. Ijtimoiy me’yorlarni, shuningdek huquqiy, ma’naviy, siyosiy, diniy va h.k

Доказательный фрагмент

«In this article, there are opinions about cases of deviation from social and pedagogical norms, forms of work with deviant teenagers.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, there are opinions about cases of deviation from social and pedagogical norms, forms of work with deviant teenagers. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Deviation from the norm, adolescence, deviance, society, education, school
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники