Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KURASHCHILAR SHUG ʻULLANISH JARAYONIDA TEXNIK TAYYORGARLIK
Isomiddinova Bonu Sherali qizi
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article provides information on the technical preparation of wrestlers during training. Key words: Fighting types, technical training, training process, types of training. ТЕХНИЧЕСКАЯ ПОДГОТОВКА БОРЦОВ ВО ВРЕМЯ ТРЕНИРОВКИ Аннотация. В данной статье представлена информация о технической подготовке борцов во время тренировок. Ключевые слова: Виды единоборств, техническая подготовка, тренировочный процесс, виды подготовки. Hozirgi kunda kurashchilarning yanada yuqoriroq natijalarga erishish uchun yuqori talablar qoʻyilmoqda. Tayyorgarlik jarayonlarining tuzilishidagi vazifalarni qayta koʻrib chiqish muammolari vujudga kelmoqda. Xususan, hozirgi kunda kurashchilarning texnik tayyorgarligidagi ayrim kamchiliklarni koʻrish mumkin. Kurashchilar musobaqalarida chaqqon harakatlar bilan texnik usullarni ketma-ket amalga oshiruvchi polvonlar kamchilikni tashkil qiladi. Ularda emotsional holatdagi joʻsh urib bellashuvchi ishtiyoqni koʻrish kamdan kam hollarda uchramoqda. Hozirgi kunda texnik usullar arsenalini boyitish, bellashuvlardagi taktik harakatlarni amalga oshirish dolzarb masala hisoblanadi. Kurashning texnik tayyorgarligi sportchi tomonidan yuqori sport natijalariga erishishni ta'minlovchi harakatlar tizimining egallaganlik darajasi bilan tavsiflanadi. Kurashchining umumiy va maxsus texnik tayyorgarligi ajratiladi. Umumiy texnik tayyorgarlik yordamchi sport turlaridagi har xil harakat malakalari hamda ko'nikmalarini egallashga, maxsus texnik tayyorgarlik sport kurashida texnik mahoratga erishishga qaratilgan. Sport kurashida texnik tayyorgarlik bir qator murakkab vazifalarni hal etishga yo'naltirilgan: maksimal kuchlanishdan foydalanish samaradorligini oshirish, ish kuchlanishini tejash, musobaqa faoliyatini o'zgaruvchan holat sharoitlarida harakatlanish tezligi, aniqligini oshirish. Kurash texnikasi – bu musobaqa qoidalarida ruxsat etiladigan usullar va himoyalanishlar yig’indisidir. Sport texnikasini takomillashtirish kurashchilarning ko'p yillik tayyorgarligi davomida amalga oshiriladi va u tanlangan kurash turida texnik mahoratni oshirishga qaratiladi. Texnik mahorat deganda keskin sport kurashi sharoitlarida eng oqilona harakat texnikasini mukammal egallash tushuniladi. Texnik mahoratni takomillashtirishning uchta bosqichi ajratiladi: izlanish, barqarorlashtirish, moslashishni takomillashtirish. Birinchi bosqichda texnik tayyorgarlik musobaqa harakatlarining yangi texnikasini shakllantirishga, uni amaliyotda egallash shart - 1 11 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ sharoitlarini yaxshilashga, musobaqa harakatlari tizimiga kiruvchi ayrim harakatlarni o'rganishga (yoki qayta o'rganishga) qaratilgan. Ikkinchi bosqichda texnik tayyorgarlik musobaqa harakatlarining butun malakalarini chuqur o'zlashtirish va mustahkamlashga qaratilgan. Uchinchi bosqichda texnik tayyorgarlik shakllangan malakalarni takomillashtirish, ularning asosiy musobaqalar sharoitlariga mos holda maqsadga muvofiq variantliligi, barqarorligi, ishonchliligi chegaralarini kengaytirishga qaratilgan. Har bir texnik tayyorgarlik bosqichining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1.Kurash texnikasi asosini tashkil etadigan harakat malakalarining yuqori barqarorligi hamda oqilona variantivligiga erishish, musobaqa sharoitlarida ularning samaradorligini oshirish. 2. Harakat malakalarini qisman qayta qurish, musobaqa faoliyati talablarini hisobga olgan holda usullarning ayrim qismlarini takomillashtirish. Birinchi vazifani hal etish uchun tashqi vaziyatni murakkablashtirish uslubi, organizmning turli holatlarida mashqlarni bajarish uslubi qo'llaniladi. Ikkinchi vazifani hal etish uchun texnik harakatlarni bajarish sharoitlarini yengillashtirish uslubi, birga ta'sir ko'rsatish uslubi qo'llaniladi. Texnik usullarni bajarishda tashqi vaziyatni murakkablashtirish uslubi quyidagi bir qator usullarda amalga oshiriladi: 1.Shartli raqib qarshiligining uslubiy usuli sportchiga texnik harakatni bajarish tuzilmasi va maromini takomillashtirishga, barqarorlik va natijalilikka tezroq erishishga yordam beradi. 2.Qiyin dastlabki holatlar va tayyorgarlik harakatlarining uslubiy usuli. Masalan, egilib tashlashni takomillashtirishda ushlab olish joyi va kurashchilar o'rtasidagi masofani o'zgartirish lozim. 3. Usullarni bajarish uchun joyni cheklash uslubi malakani takomillash-tirishda mo'ljallangan shartlarini murakablashtirishga yordam beradi. Kurashda, kichraytirilgan o'lchamdagi gilamlar qo'llaniladi. Texnik harakatlarning bajarilishini qiyinlashtiruvchi sportchi organizmining turli holatlarida mashqlarni bajarish uslubi ham turli xildagi usullarda amalga oshiriladi: Harakatni ancha toliqqan holda bajarishning uslubiy usuli. Bu holda katta hajm va shiddatdagi jismoniy nagruzkadan keyin sportchiga texnikani rivojlantirishga qaratilgan mashqlar taklif qilinadi. Nazorat o'quv-trenirovka bellashuvlari oʻtkazilgandan so'ng katta emotsional zo'riqish holatida harakat
Доказательный фрагмент
«This article provides information on the technical preparation of wrestlers during training.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information on the technical preparation of wrestlers during training. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Fighting types, technical training, training process, types of training
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026