К содержанию
РецензированоUZ2024

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TA’LIM TARBIYASIGA ODOB-AXLOQ QOIDALARINING O‘RNI

QOIDALARINING O‘RNI

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article describes the role of etiquette and their importance in the education of preschool children. Reasonable opinions and comments are mentioned throughout the article. Key words and phrases: Pre-school education, education and upbringing, manners, moral education, high spiritual and moral values, cultural-hygienic skills, ability to show independence. ЭТИКЕТ ПРИ ВОСПИТАНИИ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА МЕСТО ПРАВИЛ Аннотация В данной статье описывается роль правил этикета и их значение в воспитании детей дошкольного возраста. Аргументированные мнения и комментарии упоминаются на протяжении всей статьи. Ключевые слова и фразы: Дошкольное образование, образование и воспитание, нравы, нравственное воспитание, высокие духовно-нравственные ценности, культурно- гигиенические навыки, умение проявлять самостоятельность. Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-sonli “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasiga mas’ul kishilar zimmasiga maktabgacha ta'lim tizimida ma'naviy barkamol va intellektual jihatdan rivojlangan shaxsni tarbiyalash vazifasini yuklaydi. Zero, jamiyat taraqqiyotida eng avvalo uning kelajagi bo‘lgan yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va ilmli, o‘z yurtini sevadigan, ota– bobolarining ma’naviy va axloqiy yuksak qadriyatlarini e’zozlaydigan qilib tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda odob va axloq tarbiyasi ma’naviy va ma’rifiy tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida uning umumiy boshlang‘ich tarbiya masalalariga muvofiq ravishda olib boriladi. Zero, maktabgacha yoshda shakllanadigan dastlabki ma’naviy ong, his-tuyg‘u va axloq butun bolalik faoliyatiga, o‘zoro hamda kattalar bilan bo‘ladigan munosabatga u yoki bu tarzda 1 10 6 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ ta’sir etadi. Shunga ko‘ra bolalarda olib boriladigan odob va ahloqqa oid dastlabki tasavvurlar bevosita faoliyat jarayonida oila hamkorligida berilishi va unda quyidagilar hisobga olinishi zarur: -bolalarning ilk yoshidan boshlab, ularga o‘zbek xalqining milliy urf-odatlari, an’analari va insoniy xislatlari asosida tarbiya berish; - Madaniy – gigienik ko‘nikmalarni egallash va o‘z-o‘ziga xizmat qilish asosida tarbiya berish. Tarbiya aniq maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib bolalarning ijobiy-ruhiy kechinmalari, his- tuyg‘ularini uyg‘unlashtirish asosida insonparvarlik, mehribonlik, himmatlilik, o‘zaro g‘amxo‘rlik, o‘rtoqlik, o‘zaro yordam, o‘z faoliyatini mustaqil ravishda idora etish, kattalar topshirig‘ini bajarish, mustaqillikni namoyon qila bilish, batartiblik kabi his tuyg‘ular hisobga olinadi. Bolalikdan madaniy – gigienik ko‘nikmalarni singdirib borish inson salomatligini ta’minlaydi. Bolalarni mustaqil ravishda yuvinishga, qo‘llarning tozaligiga rioya qilishga, tishlarni to‘g‘ri tozalab, taranish, dastro‘moldan foydalanishga, ovqatdan so‘ng og‘izni chayishga o‘rgatilib boriladi. Bolalarda mustaqillikni namoyon qila bilish: batartiblik, hamisha chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lish ishtiyoqi, kiyimlarni tartibli ravishda yechib, ularni joyiga osib qo‘yish, o‘ng va chap oyoq poyafzallarini farqlay bilish, ularni to‘g‘ri kiyish, ko‘zguga qarab kiyimlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish, dastro‘moldan to‘g‘ri foydalana olish, xonada tartib va ozodalikni saqlash, kiyimlarni toza va tartibli kiyishga odatlanishni tarbiyalash. Bolalarga o‘ziga xos gigiena: shamollatilgan xonada toza o‘rin – ko‘rpada uxlash, ertalab badantarbiya mashqlarini bajarish, suv muolajalari bilan mustaqil shug‘ullanish, ichaklarni va qovuqni o‘z vaqtida bo‘shatib, hojatxonadan batartib ravishda foydalanish, burunni toza saqlash, qo‘l, oyoq va badan uchun foydalaniladigan sochiqlarni farqlash, toza dastro‘molchadan foydalanishga o‘rgatish. O‘zbek xalq ertaklari, xalq pedagogikasining xazinasidir. Ertaklarning bosh qahramonlari namunasida bolalarga o‘z o‘lkasi, uyi, ota-onasiga muhabbat singdiriladi, yaqin kishilarga nisbatan mehr-muhabbat, oqko‘ngillik, ezgulik tarbiyalanadi. Shuningdek, ertaklar qahramonlari namunalari orqali bolalarda ezgulik, to‘g‘rilik, kamtarlik kabi tasavvurlar rivojlanadi. Bu manbalar asrlar mobaynida bolalarda eng yaxshi fazilatlarni tarbiyalaydi va shakllantiradi. Misol tariqasida bir nechta asarlarni tahlil qilaylik. Bolalar yozuvchisi Dilfuza Kamoljonovaning “Quloqsiz filcha” ertagida onasining gapiga kirmaydigan to‘palonchi filcha haqida hikoya qilinadi. Garchi quloqlari supradek kelsa-da, ammo bu quloqlarga gap kirmaydigan filcha onasiga bildirmasdan uydan qochib ketadi. Favvorada kechgacha shataloq otib, bolalarga suv purkab, kasal bo‘lib qoladi. Ertakni o‘qigan bolalar kattalarning gapiga quloq tutish kerakligi, aks holda qanday oqibatlarga olib kel

Доказательный фрагмент

«This article describes the role of etiquette and their importance in the education of preschool children.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes the role of etiquette and their importance in the education of preschool children. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
and phrases: Pre-school education, education and upbringing, manners
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники