К содержанию
РецензированоUZ2024

XALQARO BAHOLASH DASTURLARI VA “MATEMATIKA” DARSLIKLARIDA MANTIQIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHGA OID MATERIALLAR QIYOSIY TAHLILI

Bozorova Nargiza Shuhratovna

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article presents an analysis of tasks based on the mathematics textbook in the process of preparing students for the TIMSS international assessment program, and this analysis based on the 4th grade textbook was selected in accordance with the requirements of the International Assessment Program. Keywords: international assessment, mathematics, elementary school, research, concept, example, problem, task, solution, opportunity, analysis. СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ МАТЕРИАЛОВ ПО РАЗВИТИЮ ЛОГИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ В МЕЖДУНАРОДНЫХ ОЦЕНОЧНЫХ ПРОГРАММАХ И УЧЕБНИКАХ ПО «МАТЕМАТИКЕ» Аннотация. В данной статье представлен анализ задач на основе учебника математики в процессе подготовки учащихся к программе международного оценивания TIMSS, причем данный анализ на основе учебника для 4 класса был выбран в соответствии с требованиями Международной программы оценивания. Ключевые слова: международное оценивание, математика, начальная школа, исследование, концепция, пример, проблема, задача, решение, возможность, анализ. Boshlang‘ich sinflarda matematika darslar tizimi - o‘quvchilar bilan har bir darsning turli bosqichlarida bir nechta ish turlari va metodlar bilan ish olib borishni taqozo etadi. O‘qitish jarayonida har bir o‘quv materiali o‘zidan keyin o‘qitiladigan materiallarni tushunish uchun poydevor bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarda matematika darslari ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarni bajaradi, bu esa uning ahamiyatini ko‘rsatadi. Shuning uchun har bir dars hozirgi zamon psixologik-pedagogik talablar darajasida qanday o‘tkazilganligi va asosiy didaktik tamoyillar qanday qo‘llanganligini ko‘rsatish kerak. Yangi 1-4 sinflar uchun yaratilgan zamonaviy maktab darsliklari 4K modeliga asoslangan innovatsion yondashuvni taqdim etgan. Ushbu darsliklar bolalarning har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan bo‘lib, quyidagi asosiy kompetensiyalarni o‘z ichiga olgan: kollaboratsiya, 1 59 6 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ kommunikatsiya, kreativ fikrlash va kritik fikrlash. Bular orqali o‘quvchilarda fikrlash, ijodiy yondashuv, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini shakllantiriladi. 4-sinf uchun TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida tuzilgan topshiriqlar matamatika darslariga uyg‘un holda kiritilishi kerak. Ularni yechish yo‘llari o‘quvchilarga o‘rgatib borillishi lozim. Bunday topshiriqlar har bir dars mavsusiga, undagi topshiriqlar mazmuniga mos qilib tanlanadi. “Bilish” kognitiv domeniga doir topshiriq. 1.1.O‘qish va ma’lumotlarni tahlil qilish Sevimli muzqaymoq ta’mi. - 4 nafar bolani anglatadi. Necha nafar bola o‘zlarining sevimli ta’mi sifatida vanilinli muzqaymoqni tanlashdi? Ishni dastlab jadvalda qanday ma’lumotlar borligini aniqlashdan boshlaymiz. Jadval 2 ustundan iborat bo‘lib, 1- ustunda muzqaymoq ta’mlari, ular 4 ta: vanillin, shokolad, qulupnay, limon. 2 – ustunda muzqaymoqlar chizilgan bo‘lib, har biri 4 nafar bolani anglatadi. Vanilin ta’mi qarshisida – 3 ta muzqaymoq, demak, bolalar soni 4·3 ga teng. Shokolad ta’mi qarshisida – 1 ta muzqaymoq, demak, bolalar soni 4·1 ga teng. Qulupnay ta’mi qarshisida – 2 ta muzqaymoq, demak, bolalar soni 4·2 ga teng. Limon ta’mi qarshisida – 4 ta muzqaymoq demak, bolalar soni 4·4 ga teng. Topishimiz kerak: Necha nafar bola o‘zlarining sevimli ta’mini tanlashdi? Vanilin – 4·3=12 (ta) Shokolad – 4·1=4 (ta) Qulupnay – 4·2=8 (ta) Limon – 4·4=16 (ta) 12+8+4+16=40 (ta) Javob: 12 nafar bola o‘zlarining sevimli ta’mi sifatida vanilinli muzqaymoqni, 4 nafar bola o‘zlarining sevimli ta’mi sifatida shokoladli muzqaymoqni, 8 nafar bola o‘zlarining sevimli ta’mi sifatida qulupnayli muzqaymoqni va 16 nafar bola o‘zlarining sevimli ta’mi sifatida limonli muzqaymoqni tanlashdi. So‘rovnomada jami 40 ta bola qatnashdi. Ushbu topshiriqni 4-sinf 1-qism, 4-betdagi, “Takrorlash. Ko‘p xonali sonlar” mavzusidagi 1-topshiriq bilan bog‘lash mumkin. 1 59 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Har bir kub – 1 minglikni, plastinka – 1 yuzlikni, ustun – 1 o‘nlikni va kubikchalar alohida birlikni bildiradi, demak 1-son: 3 minglik + 6 yuzlik + 1 o‘nlik + 4 birlik = 3614 2-son: 4 minglik + 4 yuzlik + 3 o‘nlik = 4430 3-son: 1 minglik + 7 yuzlik + 5 o‘nlik = 1705 “Qo‘llash” kognitiv domeniga doir topshiriqlar. 1.1. Natural sonlar 600 ta kitobni har bir qutiga 15 tadan joylashtirish kerak. Nechta quti kerak bo‘lishini aniqlash uchun quyida keltirilgan qaysi amaldan foydalanish mumkin? A) 15 ga 600 ni qo‘shish B) 600 ni 15 ga ko‘paytirish C) 600 dan 15 ni ayirish D) 600 ni 15 ga bo‘lish Demak, topshiriqni yechish uchun variantlarni tahlil qilib chiqamiz: A) 15 ga 600 ni qo‘shish – bunda kitoblarning umumiy soni 615 ga teng bo‘lib qoladi. B) 600 ni 15 ga ko‘paytirish – bunda kitoblarning umumiy soni 15 barobar ko‘payib ketadi. C) 600 dan 15 ni ayirish – bunda kitoblarning umumiy sonidan 1 marta 15 ni ayirgan

Доказательный фрагмент

«This article presents an analysis of tasks based on the mathematics textbook in the process of preparing students for the TIMSS international assessment program, and this analysis based on the 4th grade textbook was s…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article presents an analysis of tasks based on the mathematics textbook in the process of preparing students for the TIMSS international assessment program, and this analysis based on the 4th grade textbook was s… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
international assessment, mathematics, elementary school, research, concept
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники