Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Yomon niyat gap strukturali frazeologik birliklar
Tursunov Ahmad Amirovich · . ASOSIY QISM (Samarqabd davlat chet tillar instituti, Roman-german tillari fakulteti)
Переводоведение и лингвистика в эпоху цифровых технологий: изучение передовых подходов · 478-481 · 2024
Аннотация
— Ushbu maqolada tarkibiy frazeologik birliklarning bir qator guruhlari ko'rib chiqiladi. Shu bilan birga, ushbu maqolada mavzuga oid jumla tuzilgan frazeologik birliklarga misollar keltirilgan. Bu misollar yordamida nutq jarayonida qo`llangan so`z birikmalari tasniflanadi. Bundan tashqari, mavzu yuzasidan taniqli tilshunos olimlarning fikrlari ham keltiriladi. Kalit so‘zlar: gap strukturali frazeologik birliklar, semantika, modallik, gaplashgan frazeologik birliklar, frazeologik xilma-xillik. 1. KIRISH Gap strukturali frazeologik birliklar nemis tili so‘zlashuv nutqida semantik-modal munosabatlarning mutlaq xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Gaplashgan frazeologik birliklarda haqorat, adovat, so‘kinch, nafrat, qarg‘ish, mensimaslik kabi tuslarni payqash mumkin 2. ASOSIY QISM Shunday qilib, ushbu gap strukturali frazeologik birliklar biror kishiga so‘zlovchi gapirayotgan joydan (xonadan) chiqib ketishga undovchi haqoratlash buyruqlarni ifodalaydi. O‘z struktur tuzilishi bo‘yicha ular ko‘pincha “fe’l + ajraladigan old qo‘shimcha” so‘zusti tuzilmasiga ega bo‘lgan bir qolipdagi [2, 156 b.] undov gaplar hisoblanadi: Hau ab! ‘Ko‘zimga ko‘rinma! Yo‘qol bu yerdan! To‘yog‘ingni shiqillat!’; Schramm ab! ‘Qorangni ko‘rsatma! Bu yerdan jo‘nab qol!’. Bu turdagi frazeologik birliklarga ham kengaytirilgan komponentli variantlari qo‘shiladi, masalan: Mach, daβ du fortkommst! ‘Toshingni ter!’; Ab nach Kassel! ‘To‘rt tomoning qibla!’. Bunday ma’no guruhiga mansub ko‘pgina gap strukturali frazeologik birliklar uchun o‘ta qo‘pollikni ifodalashning yuqori darajasi xarakterlidir: Geh zum Kuckuck! ‘Yo‘qol!’; (Geh/Scher dich/) zum Kuckuck! ‘Yo‘qol, chiqqan joyingga bor-e!’; Fahr zur Hölle! ‘Yo‘qol jahannamga!’; Gleich kratz dich die Mordkommission von der Wand! ‘Yo‘kol, hozir o‘lasan!’; Daβ Pest hole (schlege)! ‘Qirg‘in kelgur!’. Bunda biror harakatni to‘xtatishga undovchi gap strukturali frazeologik birliklar ajralib turadi: Lassen Sie das bleiben! ‘Bo‘ldi! Bas qiling!’; biror kishiga nisbatan nafratni ifodaluvchi gap strukturali frazeologik birliklar: Ich hasse ihn wie die Sünde! ‘Uni ko‘rishga ko‘zim yo‘q!’ ‘Undan ulguday nafratlanaman!’; la’natlashni bildiruvchi gap strukturali frazeologik birliklari: Der Fluch soll ihn treffen! ‘Yer yutgur!’, ‘Qurib ketgur!’. Biror kishini haqoratlovchi, salbiy tavsiflovchi gap strukturali frazeologik birliklar sermahsul hisoblanadi. Ko‘pincha ular adresatni ranjitadigan, xafa qiladigan murojaatlar, laqablardan iborat: So ein blöder Affe! ‘Axmoq, kallavaram!’; So ein Ochse!‘Axmoq, ho‘kiz!’; So ein aufgeblasener Affe! ‘Mag‘rur axmoq!’; Ein ausgemachter Narr ‘Gʻirt (qip-qizil) jinni, axmoq’; Du bist wohl als Kind zu heiβ gebadet worden ‘Yo‘rgakda chalib ketgan’, ‘Kallang ishlamaydi’; Du hast wohl eine weiche Birne! ‘Gʻirt axmoqsan!’; Ist das einmal ein Esel! ‘Eshak, yaramas!’; So eine Flasche! ‘Axmoqligiga qarang!’; Du hast wohl einen Furz gefrühstückt ‘Esingni yedingmi?’; Mensch, du hast wohl einen Bruch! ‘Xayoling kirdi-chiqdi bo‘lib qolibdi!’ ‘Bir qaynovi ichida, kirarli-chiqarli’; Du bist wohl nicht bei dir ‘Aqling joyida emas’; Du kannst mich gern haben! ‘Axmoqsan!’; Dummer Junge! ‘Gʻirt befahm!’; Ein kompletter Dummkopf (Dusse) ‘Gʻirt axmoq’; Eine dumme Kuh ‘Axmoq, tovuq miya (ayol)’; So ein trauriger Mond! ‘Yomon mijg‘ov ekan!’; Du bist (vielleicht) eine doofe Nuβ! ‘Gʻirt tentak! Gʻirt axmoqsan!’. Bunday guruh gap strukturali frazeologik birliklarda qo‘pollik darajasi du olmoshining ishlatilishi orqali urg‘u berib oshiriladi [3, 74 b.]: Du Ekel! ‘Qo‘lansa, jirkanch’; Du alter Esel! ‘Eshak!’. Ushbu turga “sen” eskirgan ma’nosida ishlatilgan er olmoshini o‘z ichiga olgan gap strukturali frazeologik birliklar kiradi: Er Schuft! ‘Yaramas, ablah!’. Bunday qo‘pol murojaatlardan so‘ng keyinchalik haqoratomuz luqmalarga o‘tiladi: Du Hund! ‘Itvachcha!’. Umuman olganda, ko‘plab gap strukturali frazeologik birliklarga suhbatdoshga nisbatan mutlaq qo‘pollik xos. Ba’zi gap strukturali frazeologik birliklarni qiyoslang: Blas’ mir auf den Kopf! ‘Senga tupurdim, menga hech narsa qila olmaysan’. Biror kishini atovchi yoki tavsiflovchi gap strukturali frazeologik birliklar: So ein Igel! ‘Buncha o‘jar, Ali desa, bali deydi’. Bunday baholovchi gap strukturali frazeologik birliklar yengil kinoya, takabburlik, mensimaslik tuslarini o‘z ichiga olishi mumkin: So ein Bürschchen! ‘Shumtaka, shum bola’; Ein sauberer (netter) Bursche! ‘Qo‘lidan har qanday yomon ish keladigan yigit’. www.samdchti.uz 25 RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy maqolalar to‘plami May – 2024 Qahramonni salbiy tarzda tavsiflovchi gap strukturali frazeologik birliklar, xususan, uning biror ishni bajarish imkoniyatlaridan shubhalanishni ifodalaydi: Du kannst dich begraben lassen! Laβ dich begraben ‘Kuching yetmaydi, Qo‘lingdan kelmaydi, keting torlik qiladi’; Du hast den Bogen (die Kurve) noch nicht heraus; Du hast die Kurve noch nicht weg (heraus) ‘Kuching yetmaydi’. Bu
Доказательный фрагмент
«— Ushbu maqolada tarkibiy frazeologik birliklarning bir qator guruhlari ko'rib chiqiladi.»
Образец извлечения
Демо-превью— Ushbu maqolada tarkibiy frazeologik birliklarning bir qator guruhlari ko'rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- phraseological units with sentence structure, семантика, spoken phraseological units, semantics, модальность, modality, фразеологическое разнообразие, фразеологизмы со структурой предложения, phraseological diversity, frazeologik xilma-xillik, gap strukturali frazeologik birliklar, modallik, semantika, разговорные фразеологизмы, gaplashgan frazeologik birliklar
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025