К содержанию
РецензированоRU2024

Types of translation techniques by the example of transformations

EXAMPLE OF TRANSFORMATIONS · Kasimova A.N.

Переводоведение и лингвистика в эпоху цифровых технологий: изучение передовых подходов · 2024

Аннотация

В статье рассматриваются приемы перевода на грамматическом, лексическом, семантическом и структурном уровнях, их применение на примерах как на английском, так и на узбекском языках. Целенаправленное использование методов перевода при переводе каждого примера, их анализы и рекомендаций по проблеме перевода культурно специфичных слов, устойчивых выражений, реалий, понимания их исходного значения в ИТ и ПТ и их трансформации в процессе перевода. Ключевые слова. перевод, трансформация, прием, метод, английский, узбекский язык, реалии, грамматика, семантика, лексика. Annotatsiya. Maqolada tarjima usullarining grammatik, leksik, semantik va strukturaviy darajalari, ularning ingliz va oʻzbek tillaridagi misollarda qoʻllanilishi koʻrib chiqiladi. Madaniyatga xos so‘zlarni, turg’un birikmalarni, realliyani tarjima qilish muammosi bo‘yicha har bir misolni tarjima qilishda tarjima usullaridan maqsadli foydalanish, izoh va tavsiyalar ko’rib chiqiladi. Ularning misolida AM va TM dagi asl ma’nosini anglash va ularni tarjima jarayonida aniqlash masalasi ham tadqiq qilinadi. Kalit so‘zlar. tarjima, transformatsiya, texnika, usul, ingliz tili, o'zbek tili, realiya, grammatika, semantik, leksik. 1. KIRISH Shaklni turli alifbolar bilan bir tildan boshqa tilga oʻtkazish uchun tarjimon shaklni asliyat tilning harflari bilan koʻchiradi yoki oʻzgartirishlar kiritish orqali uni oʻzgartiradi. Asliyat tildagi so‘zlarni ko‘chirish quyidagilarni oʻz ichiga oladi: • transkripsiya yoki asliyat tildagi so ‘zning tovush shaklini tarjima til harflari yordamida ko‘chirish: eau de odekolon – odekolon, Anchorage – Ankorij; Oakland – Oklend, Buxoro - Bukhara, Xoraxm - Khorezm, Xiva - Khiva . • transliteratsiya asliyat tilidagi harflarni boshqa tizimdagi tarjima til harflari bilan transliteratsiya qilish yoki ko‘chirish: London – London, Washington – Vashington, V.Komissarovning fikricha kalkalash (calque) bu muayyan so‘z tarjimasining mexanik nusxa koʻchirishi deb ta’riflaydi: extralinguistic -ekstralingvistik, smart automobile – aqlli avtomashina, AIDS (Acquired Immune Deficiency Syndrome) – OITS (Orttirilgan Immune Tanqislik Sindromi). Ba’zi holatlarda kalkalash turi tarjimonni to‘g‘ri tarjimani amalga oshirishda chalg‘itishi ham mumkin va natijada adekvat bo‘lmagan tarjimaga olib keladi: high school – o‘rta maktab (oliy maktab emas); restroom – xojatxona (dam olish xonasi emas); oromgoh – resort (dam olish uyi emas). Ushbu so‘zlar qandaydir oʻzgarishlarga uchraganligi sababli, bu tur ma'lum darajada shakl oʻzgarishlarini oʻz ichiga olgan haqiqiy tarjimadir. Shuning uchun ham kalkalash transformatsiyaning bir turi hisoblanadi. 2. ASOSIY QISM Tarjima transformatsiyalari - tarjima qilingan soʻz, ibora yoki jumlaning koʻrinishini toʻliq oʻzgartirish. Xorijiy tarjima nazariyasida transformatsiyalar tarjimaning o‘zgarishi deb nomlanadi. Tarjima transformatsiyalari uchta toifaga boʻlinadi: • grammatik transformatsiyalar, • leksik (semantik) transformatsiyalar, www.samdchti.uz 23 RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy maqolalar to‘plami May – 2024 • murakkab (leksik va grammatik) transformatsiyalar. Grammatik transformatsiyalar Grammatik transformatsiyalar tarjima qilingan birliklardagi morfologik yoki sintaktik oʻzgarishlardir. Ular quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Grammatik almashtirish (substitution), tarjima qilingan birlikning grammatik kategoriyasi o‘zgartirilishidir. Majhul nisbatli gapni aniq nisbati fe'l bilan almashtirib tarjima qilish mumkin: Martin Heidegger is generally regarded as one of the most influential founders of existentialism. – Martin Xaydegger odatda ekzistensializmning eng nufuzli asoschilaridan biri hisoblanadi. Ushbu transformatsiyaning bu gapda ishlatilishiga sabab ingliz tilida majhul nisbat nutqda ko‘proq ishlatiladi, o‘zbek tilida esa bu holat rasmiy uslubga xosdir. Ba’zi gaplarda ot son turkumi, birlik koʻplik bilan almashtirilishi yoki aksincha boʻlishi mumkin: Her hair is fair and wavy. – Uning sochlari och va jingalak. Ushbu transformatsiya ingliz va o‘zbek tillari o‘rtasidagi tarkibiy farq bilan bog‘liq: ingliz tilida tahlil qilingan ot Singularia Tantum, o‘zbek tilida u ko‘plikda ishlatiladi. Gap bo ‘laklari gap bo ‘laklari bilan birga o ‘zgartirilishi mumkin: He is a poor swimmer. – U yomon suzadi (U yaxshi suzolmaydi), bu yerda ot fe’l bilan almashtiriladi; bir vaqtda predikativ oddiy fe'l predikati bilan almashtiriladi. Ushbu transformatsiyaning sababini tilni qo‘llash imkoniyatlari bilan izohlash mumkin: ingliz tilida holat ot bilan ifodalansa, o‘zbek tilida esa fe'l yordamida umumiy holatni bildirishi mumkin. 2. So‘z tartibini o‘zgartirish. Bu transformatsiyaning ishlatilishining sababi ingliz va o‘zbek gaplari turli xil axborot tuzilmalariga ega va gapning funksional tushunchasi ham farqlanadi. Masalan, A new press conference was held in Washington yesterday – Kecha Vashingtonda yangi press-konferentsiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur tarjima qilin

Доказательный фрагмент

«В статье рассматриваются приемы перевода на грамматическом, лексическом, семантическом и структурном уровнях, их применение на примерах как на английском, так и на узбекском языках.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматриваются приемы перевода на грамматическом, лексическом, семантическом и структурном уровнях, их применение на примерах как на английском, так и на узбекском языках. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
translation, transformation, technique, method, English, Uzbek, realia, grammar, semantic, lexical, семантика, лексика, грамматика, Icksik, tcxnika, scmantik, перевод, прием, английский, o'zbck tili, tarjima, rcaliya, transformatsiya, узбекский язык, реалии, grammatika, ingliz tili, трансформация, usul, метод
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники