К содержанию
РецензированоRU2024

Sinxron tarjima fan s1fatida о q1tilishining nazariy tendensiyalari

NAZARIY TENDENSIYALARI · Daminov Navruz Kudratovich · . ASOSIY QISM (Samarqand davlat chet tillar instituti)

Переводоведение и лингвистика в эпоху цифровых технологий: изучение передовых подходов · 5 · 15-17 · 2024

Аннотация

Mazkur maqola sinxron tarjima usulining jamiyatda keng qo‘llanishini, uning murakkabligini fan sifatida tadqiq qiladi. Sinxron tarjima, ma’ruza va muzokaralarda, diplomatik uchrashuvlarda, savdo-sotiqda va boshqa sohalarda ommaviy nutqni tarjima qilishning maxsus usuli sifatida qo‘llaniladi. Ushbu usul nutq mazmunini boshqa tillarda tarjima shaklida yetkazadi. O‘zbek tilidan chet tiliga va chet tilidan o‘zbek tiliga tezkor, bexato, adekvat tarjima qilish sinxron tarjimaning asosiy maqsadi hisoblanadi. Sinxron tarjima jarayonida tarjimonning har ikkala tilda yuqori bilimga ega bo‘lishi talab qilinadi. Jarayon juda murakkab bo‘lib, alohida qobiliyatlarga ega bo‘lish zarur bo‘ladi. Kalit so‘zlar - konferensiya, muzokaralar, uchrashuvlar, quloqchin, mikrafon, tezkorlik, tarjimonlik qobiliyati, analiz, sintez 1. KIRISH Sinxron tarjima xalqaro konferensiyalarda keng qo‘llanishidan tashqari, yana diplomatik faoliyatlar, muzokara uchrashuvlar, savdo-sotiqqa oid tadbirlar, ommaviy axborot vositalari, tayyorlash va o‘qitish kurslari, televidenie, xalqaro hakamliklar va hokazo ko‘plab sohalarda keng foydalaniladi. Mazkur tarjima turidan farqli izchil tarjima usuli ko‘lami nisbatan kichikroq bo‘lgan faqat ikkita ishchi tildan foydalanadigan tadbirlarda ko‘p foydalaniladi, masalan, diplomatik uchrashuvlar, ikki tomonlama muzokaralar, ekspedisiyalar, kichik sohaviy muhokama kelishuvlar, muxbir intervyulari, sud jarayoni, banket va boshqa yig‘in nutqlarida keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. 2. ASOSIY QISM Shu o‘rinda “sinxron tarjima” tushunchasiga to‘xtalib o‘tsak. Sinxron tarjima - bu og‘zaki tarjima turlari orasida eng murakkabi bo‘lib, mazkur turdagi tarjimada maxsus jihozdan foydalanib tarjima amalga oshiriladi. Bu notiq nutq so‘zlayotgan chog‘ida tarjimonning uni bo‘lmasdan uzluksiz nutq mazmunini tinglovchilarga yetkazib berishning og‘zaki tarjima usulidir. Rivojlangan mamlakatlar qatorida ona tilimizning ham xalqaro tillar safiga qo‘shishga katta umid bog‘lab, boshqa chet tillardan o‘z ona o‘zbek tilimizga va aksincha o‘zbek tilidan chet tiliga bevosita, ya’ni hech bir o‘zga til vosichaligisiz tarjima qilish faoliyati jadal suratlar bilan taraqqiy topmoqda. Xususan, uzoq davrlardan buyon mamlakatimizda asosan yozma tarjima sohasi keng ish olib borar edi. Lekin so‘nggi yillarda davr talabi bilan og‘zaki tarjimaning, jumladan aynan sinxron tarjimaning salmog‘i ortib bormoqda. Xususan “Sinxron tarjima” fanining maqsadi ham talabada o‘zbek tilidan chet tiliga, chet tilidan o‘zbek tiliga tezkor, bexato, adekvat, mantiqiy tarjima qila olish mahoratini shakllantirishdir. Bu yo‘lda fanning vazifalari, avvalo og‘zaki tarjimonlik qobiliyati yuqori bo‘lgan talabalarni sinxron tarjima faoliyati, uning prinsiplari, strategiyalari, nazariy konsepsiyalari bilan tanishtirish, amaliy ko‘rsatmalar berishdan iborat. Fanning predmeti sinxron tarjima va u bilan bog‘liq nazariy, amaliy masalalarda o‘z ifodasini topadi. Vilsonning ta’kidlashicha “Sinxron tarjima faoliyati shuqadar murakkab va xizmati izchil tarjimaga nisbatan shuqadar qimmat ekan, nima sababdan bu tarjima faoliyatidan foydalanadilar?” degan savol tug‘iladi. Bunga javoban, sinxron tarjima vaqtni tejaydi, deyishimiz mumkin. Izchil tarjimada har qanday ma’ruza-chiqishning vaqti kamida ikki baravarga o‘sadi. Shunday ekan, konferensiya o‘tkazish uchun joy ijarasi, mehmonlarning yashashi va ovqatlanishi uchun ketadigan ortiqcha kunning harajati buyurtmachi uchun yanada qimmatga tushadi [11, 112]. Sinxron tarjima tadqiqoti amaliy tilshunoslikdagi boshqa tadqiqotlardan ayro holda olib borilgan. Buning sababi ko‘pgina tillarning va turli vaziyatlarning mavjudligidan kelib chiqqan metodologik muammolar hisoblanadi. Bundan tashqari bu tillarni o‘rgatishning va og‘zaki nutq ko‘nikmalariga ega bo‘lishning yangi metodlariga muxtoj amaliy tilshunoslikning yirik bozori bilan solishtirganda oz miqdordagi foydalanuvchilar uchun zarur tadqiqotlar natijalarining amaliy qo‘llanilishi bilan ta’minlangan. Tarjima faoliyati bo‘yicha dastlabki atroflicha o‘rganilgan ishlar mazkur sohadagi mutaxassislarni tayyorlash uchun nazariy poydevor yaratishga uringan professional tarjimonlar qalami ostida yaratilgan. Lekin sinxron tarjima tahlilini amalga oshirishga ilk urinishlardan so‘ng ellik yillardan oshgan bo‘lsada, ilmiy doiralar mazkur jarayonning qay bir tadqiqot paradigmasi munosibroqligiga aloqador konsensusdan ancha olisda. Sinxron tarjimaning noyob sifatlari tufayli uni tadqiq etishdek murakkab vazifa bilan to‘qnash kelgan amaliyotchi olimlar ko‘plab turli nazariy fikrlarni berishga majbur bo‘lganlar. Birinchidan, dastlabki ishlarda sinxron tarjimani www.samdchti.uz 21 RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy maqolalar to‘plami May – 2024 mavjud modellarga nisbatan qo‘llashga urg‘u berilgan. Ayniqsa tarjima bilan ishni qo‘shimcha murakkablashtirishda tinglash va gapirish jarayonini muvaffaqiyatli sinxronlashtirish imkoniyati ko‘ril

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqola sinxron tarjima usulining jamiyatda keng qo‘llanishini, uning murakkabligini fan sifatida tadqiq qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqola sinxron tarjima usulining jamiyatda keng qo‘llanishini, uning murakkabligini fan sifatida tadqiq qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
синтез, analysis, uchrashuvlar. quloqchin, микрофон, возможность перевода, analiz, microphone, speed, скорость, конференция, synthesis, анализ, tarjimonlik qobiliyati, переговоры, mikrafon, konferensiya, translation ability, conference, sintez, negotiations, встречи. наушник, muzokaralar, meetings. earphone, tezkorlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники