К содержанию
РецензированоUZ2024

Frazeologik birliklarni tarjimada berishning nazariy usullari

FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNI TARJIMADA · NAZARIY USULLARI · Yunusova Dilorom · Rustamov Zafar (Samarqand Davlat Chet Tillar instituti, Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o’qituvchisi) · . ASOSIY QISM (Samarqand Davlat Chet Tillar institute talabasi)

Переводоведение и лингвистика в эпоху цифровых технологий: изучение передовых подходов · 452-454 · 2024

Аннотация

— Mazkur maqola tilning leksik birliklariga nisbatan birmuncha murakkab tarkibli lisoniy vositalari bo‘lmish frazeologik birliklarni tarjimada adekvat talqin etish masalasiga bag‘ishlanadi. Chunki frazeologik birliklar nutqning badiiy- tasviriy vositalari sifatida fikrning oddiy, betaraf bayonidan ko‘ra ko‘proq turli-tuman uslubiy vazifalarni ifoda etishda ishtirok etadilarki, ularning ushbu vazifalarini hisobga olgan holda, ularni tarjimada bejirim talqin etishga intilish badiiy asarning obrazli hamda hissiy-tasviriy qiymatini qayta yaratish yo‘lidagi jonbozlik bilan chambarchas bog‘liqdir. Tayanch so’zlar — frazeologik birlik, muvofiqlik, frazeologizmlar, muqobil, mazmun, uslub, kontekstual ma’no, obraz. 1. KIRISH Ma’lum bir tilning leksik birliklariga qaraganda birmuncha murakkab strukturali tilga oid bo‘lgan vositalari hisoblangan frazeologik birliklarni tarjimada adekvat tarzda yaratish tarjima jarayonining o‘ta mushkul va ayni vaqtada, juda mas’uliyatli muammolaridan sanalanadi. Sababi frazeologik birliklar nutqning badiiy-tasviriy xossalari sifatida fikrning betaraf, oddiy bayonidan ko‘ra ko‘proq turli-tuman uslubiy vazifalarni ifoda etishda ishtirok etadilarki, ularning mazkur vazifalarini hisobga olgan holda, ularni tarjimada risoladagidek talqin etishga intilish badiiy asarning obrazli shu bilan birga hissiy-tasviriy ahamiyatini qayta yaratish yo‘lidagi jonbozlik bilan uzviy bog‘liqdir. 2. ASOSIY QISM Frazeologik birliklarni tarjima qilishning ancha qiyin amaliy jarayon ekanligi asosan mazkur birliklar tabiatiga - ularning leksik, semantik va qurilish jihatlaridan murakkabligiga bog‘liqdir. Boz ustiga, talay frazeologizmlar milliy xususiyatga egadirlarki, bu hol ham tarjimonlar oldiga qator amaliy qiyinchiliklarni ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Asl nusxa va tarjima tillari frazeologizmlarining tabiatini qiyosiy o‘rgangan xolda, ular orasidagi mazmuniy-uslubiy muvofiqlik holatlarini aniklash va tarjima jarayonida ularning birini ikkinchisi vositasida talqin etish yo‘l va imkoniyatlarini belgilash to‘laqonli tarjima yaratish uchun zamin hozirlaydi. Tarjima tilida tanlangan muayyan frazeologik birlikning asl nusxa tarkibida uchragan frazeologizmga ma’no va uslubiy vazifa jihatlaridan mos kelishi yoki kelmasligini ilmiy-matniy tahlil asosidagina aniqlash mumkin. Leksik birliklar singari frazeologizmlar ham ko‘p ma’noli va ko‘p vazifali ekanliklari tufayli, mazmun jihatidan mos ikki til birliklari tarjimada har doim ham bir-birlarini almashtiravermaydilar. Muayyan matniy xolatda bir-birlarini almashtira oladigan frazeologik ekvivalentlar yoki muqobil variantlar o‘zga bir matniy holatda ma’no belgilari yoki uslubiy vazifalari jixatidan bir- birlaridan farq qilib qolishlari mumkinki, san’atkorning o‘z mas’uliyatiga ilmiy-ijodiy munosabatda bo‘lishigina asl nusxaning tarjimada noto‘g‘ri talqin etib qo‘yilishi xavfini bartaraf etadi. Frazeologik birliklarni tarjima qilishda ular asosida mujassamlashgan obrazning doimiyligini oydinlashtirishning ham tarjima tilida asl nusxadagi lisoniy birliklarga mazmun va uslub jihatlaridan mos til vositalarini tanlashda ahamiyati katta. Obrazliligi ochiq-oydin ko‘zga tashlanib turadigan frazeologizmlarning muqobil lisoniy vositalar yordamida o‘girilishi asl nusxa mazmuniy-uslubiy xususiyatining tarjimada qayta yaratilishini ta’minlaydi, Ammo ba’zan obrazliligi ma’-lum darajada xiralashib qolgan frazeologizmlarning uzidsk xu-susiyatga ega lisoniy vositalar orkali emas, balki obrazliligi to‘la barhayot barqaror birikmalar yordamida yoki, aksincha, obrazliligi ochiq-oydin ko‘zga tashlanib turadigan frazeologizmlarning ushbu xususiyati sunibrok qolgan lisoniy vositalar orkali adskvat talqin etilishining guvoxi bulamizki, bunday lollarda ikki til birliklari urtasidagi pragmatik muvofiqlik moslash-tiruvchi vositalar kushish nuli bilan vujudga keltiriladi. Tarjimada asliyatda qo‘llanilgan frazeologik birlik ma’no va uslubiy vazifasini matn taxlili asosida muayyan qilib, tarjimada unga pragmatik mos lisoniy vosita tanlash ikki til birliklarining kommuiikativ monandligini vujudga keltiradi. Taniqli tarjimashunos olim M. Rasuliy mazkur tarjima variantlarini qiyosiy tahlil qilar ekan, birinchi tarjimani asliyatdagi birlikka xos obrazlilikdan xoliligi, ikkinchisini o‘ta adabiyligi, Xolmat nutqiga xos sho‘xlik oxangini o‘zida mujassamlashtirmagani, uchinchisini esa quvnoqlik bilan yug‘rilgan Xolmatona dag‘al xitobni aynan aks ettiraganini qayd etadi. www.samdchti.uz 187 RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy maqolalar to‘plami May – 2024 Ekvivalentni tanlash tarjima jarayonining asosiy mas’uliyatli qismi hisoblanadi: Poor lamb, he must be as poor as a church mouse [2, 97 b]. Ах ты, ягненочек! Видно, беден, как церковная мышь [1, 101 b]. Kelib chiqadigan xulosa shundan iboratki, ikki til obrazli yoki hissiy-ta’sirchan iboralarini, mazmuniy yakinliklarini hisobga olib, tarjimada o‘zaro almashtiraverish pragmatik adekvatlik

Доказательный фрагмент

«— Mazkur maqola tilning leksik birliklariga nisbatan birmuncha murakkab tarkibli lisoniy vositalari bo‘lmish frazeologik birliklarni tarjimada adekvat talqin etish masalasiga bag‘ishlanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

— Mazkur maqola tilning leksik birliklariga nisbatan birmuncha murakkab tarkibli lisoniy vositalari bo‘lmish frazeologik birliklarni tarjimada adekvat talqin etish masalasiga bag‘ishlanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
frazeologik birlik, контекстуальное значение, kontekstual ma’no, muvofiqlik, alternative, style, связность, фразеологизмы, frazeologizmlar, muqobil, альтернатива, фразеологическое единство, mazmun, image, content, phraseologisms, phraseological unity, содержание, стиль, uslub, contextual meaning, образ, coherence, obraz
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники